1. O’quvchilarni notanish so’z va iboralar bilan tanishtirish.
O’quvchilar
darslikdagi so’z va iboralarga birinchi marta duch kelayotgan bo’lishi mumkin. Bu
so’z yangi paydo bo’lgan so’z bo’lmasa ham, o’quvchi uning ma`nosini bilmaydi,
demak, o’quvchi uchun yangi so’z hisoblanadi. Masalan, 1-sinf “Ona tili” darsligida
xabib
(do’st),
darparda
(oyna o’rniga shaffof qog’oz
yopishtirilgan deraza parda),
mag’rur
(kekkaygan, mag’rur-kamtar),
kamol
(har tomonlama yetuk, to’kis, kamol
topmoq - xazon bo’lmoq)
, xaroba
(qarovsiz qolgan vayrona),
qardosh
(do’st,
birodar, qarindosh-urug’),
safdosh
(harbiy xizmatda birga, tashkilotda birga),
sarkarda
(qo’mondan, lashkarboshi),
zeb
(bezak, ko’rk, husn),
qasr
(hashamatli
saroy, ko’shk)
kabi so’zlarga duch keladilar. Bunday so’zlarning ma`nosini
sinonimlar keltirib kengaytirish yo’li bilan, qarama-qarshi ma`noli so’zlar bilan izoh
berish yo’li bilan, gap tuzish orqali ma`nosini yechish, rasmlar orqali tushuncha
hosil qilish yo’li bilan tushuntirish mumkin. Bunday ishlash o’quvchilarda so’z
ma`nolariga nisbatan sezgirlikni yuzaga keltiradi.
2. O’quvchilarni so’zning yangi ma`nolari bilan tanishtirish
. O’quvchilar
ko’p ma`noli so’zlarning bir ma`nosini tushunsa, boshqa ma`nosini bilmasliklari
mumkin. Bolalar so’zlarning hamma ma`nolarini birdaniga o’zlashtirib
ololmaydilar. Ularning ma`nosini o’zlashtirish bosqichma-bosqich amalga
oshiriladi. 1-2-sinfda o’quvchilar ko’p ma`noli so’zning bir-ikki ma`nosi bilan
tanishsa, 3-4-sinflarda yana boshqa ma`nolarini bilib oladi. Tilning barcha sathlari:
fonetika, leksika, so’z tarkibi, morfologiya, sintaksis (boshlang’ich sinfda bu
bo’limlar “Tovushlar va harflar”, “So’z”, “Gap”, “Bog’lanishli nutq” deb
nomlanadi)ni o’rganish jarayonida tasviriy ifodalar, iboralar, ma`nodosh, shakldosh,
zid ma`noli so’zlarning ma`nolari turli ish turlari asosida tushuntirib boriladi.
Masalan, “
fikri buzuq
” iborasini tushuntirishda quyidagicha savol va topshiriqlardan
foydalaniladi:
– Bu iborani “
soat buzuq”
birikmasi bilan taqqoslang.
– Qaysi biri o’z ma`nosida qo’llanyapti? (soat buzuq)
563
– Qaysi birikma boshqa ma`noda qo’llanyapti? (fikri buzuq)
–
“Fikri buzuq”
birikmasi qanday ma`noni ifodalayapti? (O’quvchilar o’ylab,
niyati yomon kishilarni “fikri buzuq” deyishadi, deb izoh beradilar)
Ko’rinadiki, taqqoslash usuli so’z ma`nolarini izohlashda samarali usul
sanaladi.
“Quloch otib”, “tanbeh yedi”, “ko’zi o’ynar”, “qalbi olov”, “til topishdi”
kabi iboralarning ma`nosi ustida ham shu tarzda ishlanadi.
1-sinf darsligida
“Xiva ona tarix tilmochi”, “urush yo’lini taqqa bekitdik”,
“biz ma`nosiga zeb bersak”, “rediskaga akaman”, “karvon bo’lib kelamiz”
(“Turnalar”),
“chehrasiga tabassum yugurdi”, “bahor oq bulutni yetaklab ketdi”,
2-sinf darsligida
“dov-daraxtning soch-soqolin qirishdi”, “Biz oqlagan daraxtlar
oppoq paypoq kiyishdi”
kabi badiiy-tasviriy til vositalari ustida ishlash o’quvchini
so’z va iboralardan nutqda to’g’ri va o’rinli foydalanishga undaydi.
Dostları ilə paylaş: |