O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent viloyati chirchiq davlat pedagogika instituti



Yüklə 5,05 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə345/416
tarix16.09.2023
ölçüsü5,05 Mb.
#144179
1   ...   341   342   343   344   345   346   347   348   ...   416
 
o’tkaziladi. Bayon
 
yozganda o’rganilgan 
imlo qoidalarini to’g’ri tatbiq
 
etish ularning ongli
 
o’zlashtirilganligini ko’rsatadi. 
ONA TILI DARSLARIDA LUG’AT USTIDA ISHLASH VA
NUTQ O’STIRISH 
Boshlang’ich sinflar o’quv dasturida “ona tili, o’qish bolalarning lug’atini 
boyitish, bog’lanishli nutqni o’stirish, adabiy-estetik tafakkurini kamol toptirish, 
nutq madaniyatini shakllantirish, nutq ta`sirchanligini taominlashning muhim 
omilidir”, deyiladi. Bu vazifalar grammatik mavzularni o’rganish, mashq matnlarini 
kuzatish va tahlil qilish, maxsus lug’aviy -grammatik mashqlar orqali bajariladi. 
Ona tili o’qitishning bosh maqsadi ham tilning jamiyatda tutgan o’rni, vazifasi 
bilan belgilanadi. Til – aloqa vositasi, chunki so’zlovchi fikr-mulohazalarini til 
orqali bayon qiladi, tinglovchi esa til vositalari orqali ro’yobga chiqqan fikrni 
anglaydi. 
Ona tili fani o’quvchilarni fikr bayon qilish va uni uqib olish faoliyatiga 
tayyorlaydi. Fikr til vositasida ro’yobga chiqadi, shu sababli
 
har bir kishi tilni va 
undan foydalanishni bilishi zarur. Tilni bilish uning grammatik qonun-qoidalarini, 
taorifini o’zlashtirishgina emas, balki ona tilining boy imkoniyatlaridan amaliy 
foydalana bilish hamdir, yaoni fikrni og’zaki va yozma shaklda to’g’ri, tushunarli 
va savodli ifodalay bilishdir. Bunga erishish uchun ona tili darslarida lug’at ustida 
ishlashga alohida eotibor qaratish lozim. 
Lug’at ishida so’zning ma`nosi, talaffuzi va imlosi eotiborda tutiladi. Bular 
ustida ishlashdan asosiy maqsad ehtiyoj sezilgan paytda o’quvchilarning ulardan 
nutqda foydalanishlariga erishish, o’zgalar nutqini anglashlarini taominlashdir. 
Buning uchun o’qituvchi ona tili darslarida qo’llangan har bir so’zning va ta`limiy 
jarayonlarda: ekskursiya, o’zaro suhbat, turli tadbirlarda ishlatilgan so’zlarning 
ma`nosiga eotibor bilan qarashi, ularning qaysilari maxsus ishlashni taqozo etishini 
belgilab olishi kerak. 


562 
Tilning lug’at boyligini o’quvchilar tomonidan o’zlashtirilishi uchun ona tili 
darslarida so’zlar va ularning ma`nolari quyidagicha tanishtiriladi: 

Yüklə 5,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   341   342   343   344   345   346   347   348   ...   416




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin