O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent viloyati chirchiq davlat pedagogika instituti



Yüklə 5,05 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə343/416
tarix16.09.2023
ölçüsü5,05 Mb.
#144179
1   ...   339   340   341   342   343   344   345   346   ...   416
Tekshirish diktanti
dasturning biror bo`limi o`rganilib, xilma-xil ta`iimiy 
mashqlar bilan mustahkamlangach, ular o`quvchilar tomonidan qay darajada 
o`zlashtirilganini aniqlash maqsadida o`tkaziladi. Tekshiruv diktanti yozadigan 
darsda yordam ko`rsatilmaydi.
Tekshiruv diktanti o`quv yili davomida 5-6 marta o`tkaziladi. Masalan, ot 
turkumi o`rganilib bo`lingach yo diktant yoki bayon yozdirish o`quvchilarning 
egalik qo`shimchali, kelishik bilan turlangan so`zlarni imloviy to`g`ri yozishni 
egallab olganliklarini namoyish qiladi. Sifat turkumi o`rganilib bo`lingach, 
olinadigan diktant sifatlardagi daraja ifodalovchi 
–roq
qo`shimchasinining 
yozilishini,
biroz, to`q, liqqa, nim
so`zlari bilan keladigan sifatlarni
ko`m-ko`k, 
oppoq
kabi sifatlarning imlosiga doir ko`nikmalarini aniqlashga yordam beradi. Fe`l 
turkumi o`rganilib bo`lingach, diktant orqali zamon, shaxs-son q`oshimchalari bilan 
tuslangan, bo`lishsizlik qo`shimchalari bilan qo`llangan fe`llarning imlosini 
qaydaraja xotirada olib qolganliklarini aniqlashviy ko`nikmalarini aniqlash mumkin 
bo`ladi.


559 
Diktantning bu turida yo`l qo`yilgan xatolar chuqur tahlil qilinadi, ularni 
bartaraf qilish usullari belgilanadi. SHu jihatdan tekshiruv diktantining ta`limiy 
ahamiyati katta.
O`quvchilarga tekshiruv diktanti yozishlari bir hafta oldin e`lon qilinadi. 
Qaysi mavzularni takrorlshlari aytiladi. Diktant yozish tartib-qoidalari
tushuntiriladi: 
- Diktant adabiy-orfoepik talaffuz me`yorlariga, tinish belgilariga rioya 
qilingan holda bir marta o`qib beriladi, diqqat bilan tinglshlari aytiladi. 
- Diktant matnidagi imlosi qiyin va o`rganilmagan qoidalar asosida yoziladigan 
so`zlar doskaga yozilib, imlosi tushutiriladi. 
- Diktant yozib bo`lingach, matn bir marta o`qib beriladi, o`quvchilar 
yozganlarini tekshirib oladilar. 
- Diktant yozdirilayotganda, bitta gap bir butun holda o`qib berildi, o`quvchilar 
gap chegarasini aniqlab oldilar. 
- Diktant aytib turib yozdirilayotganda ichda bo`g`inlab aytib yozish eslatiladi. 
-Husnixat bilan yozishlari ta`kidlanadi. 
-Diktant yozib bo`lingach, ichda bo`g`nlab o`qishlari, tekshirib, xatolarini 
to`grilashlari uchun vaqt beriladi. 
Tekshiruv diktant matni namunasi: 

Yüklə 5,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   339   340   341   342   343   344   345   346   ...   416




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin