O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent viloyati chirchiq davlat pedagogika instituti



Yüklə 5,05 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə340/416
tarix16.09.2023
ölçüsü5,05 Mb.
#144179
1   ...   336   337   338   339   340   341   342   343   ...   416
Javdar non 
Risolat buvimlar Xumson qishlog`ida yashaydilar. Xumson - juda chiroyli 
qishloq. Bir tomoni baland tog`, tog` tomonida Ugom daryosi shovullab oqadi.
Qishki ta`tilda onam bilan buvimlarni borib ko`rdik. Men o`rtoqlarim bilan 
tepalikda sirpanchiq uchishga shoshildim. Chanamiz ham ”qo`lbola”. Uni Rahmon 
bobom yasab berganlar. Biz maza qilib chanada uchdik, qo`bo`ron o`ynadik. 
-Dilshodjon, kelaqol, bolam, non pishdi. Choy ichib olgin,-dedilar. Buvim bir 
savat non ko`tarib kirdilar. Xona yoqimli non isiga to`ldi
36

Diktant tahlili jarayonida o`quvchilar otlar nina uchun bosh harf bilan 
yozilganini izohlab berdilar. Xatolarini ”Imlo lug`ati”dan foydalanib to`g`rilash 
tavsiya etilsa (h va x, b-p kabi), ularda mustaqil ishlash ko`nikmalari rivojlanadi.
Erkin diktant uchun
hikoya tarzidagi uncha katta bo`lmagan matn tanlanadi. 
Tanlangan matnning har bir bo`limida ikkitadan uchtagacha gap bo`lishi kerak. 
Matnda o`quvchilar yozishda qiynaladigan yoki imlosi o`rganilmagan so`zlar 
ishtirok etgan bo`lsa, matn mazmuniga xalal yetkazmagan holda, boshqa so`zlar 
bilan almashtirish yoki tushirib qoldirish mumkin. Bu diktantda o`quvchilarga 
mazmunni buzmay, gap tuzilishini o`zgartirish, bir so`zni unga yaqin ma`noli so`z 
bilan almashtirish erkinligi beriladi. Diktant uchun 3-5 qismli matn tanlanadi. 
O`qituvchi avval matnni bir marta ifodali o`qib beradi, so`ngra matn mazmuni 
yuzasidan suhbat o`tkazadi. Ayrim qoidalarni eslatadi. Keyin matnning bir qismi 
qayta o`qib beriladi, o`quvchilar uning mazmunini yozadilar.
Masalan, 28-mashqda “Bog`chada“ matni berilgan, uni o`quvchi o`qib diktant 
yozishga tayyorlanadi. Bu erkin diktantni
 
o`quvchilar matnning mazmunini 
36
Q.Abdullayeva, S.Rahmonbekova. Diktantlar to`plami. –T.: ”Niso poligraf” nashriyoti. 2012. 135-bet. 


555 
saqlagan holda yozadilar. Bu ham o`quvchilarning imloviy savodxonligini 
oshirishga xizmat qiladi.
Bog`chada 
Anvar hali yosh. Opasi Yulduz uni bog`chaga olib boradi. Bog`chada uning 
o`rtoqlari ko`p. Bu ahil bolalar bir-biri bilan birga o`ynaydi. 
Tarbiyachi Sevara Yunusova ularni doim maqtaydi. 
O`quvchilar diktantidan namuna:
Anvar yaxshi bola 
Anvar hali kichkina bola. SHuning uchun Anvarni opasi bog`chaga olib boradi. 
Anvar opasi Yulduzni yaxshi ko`radi.
Anvar bog`chada o`rtog`lari bilan o`ynaydi. Ular bilan qo`shig` aytadi. 
O`rtog`lari bilan urishmaydi.
Sevara Yunusova Anvarning bog`cha opasi. Sevara opa bog`chadagi hamma 
bolalarni yaxshi ko`radi, ularni erkalatadi. Bolalarga ovqat beradi. Ularni o`ynatadi. 
Erkin diktant imlo qoidalarini mustahkamlashga xizmat qilishi bilan birga, 
o`quvchilar nutqini o`stiradi, fikrlash qobiliyatini rivojlantiradi, bayon yozishga 
tayyorlaydi. 

Yüklə 5,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   336   337   338   339   340   341   342   343   ...   416




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin