565
bilan bog’liq. So’zlarni guruhlash uchun avvalo ular kuzatiladi, so’ng taqqoslanadi.
Bu jarayonda ularning o’xshash va farqli tomonlari ajratiladi: Masalan, qavm-
qarindoshlik bo’yicha guruhlash quyidagicha bo’lishi mumkin:
1. Ota urug’i:
ota, amaki, amma, dada, buvi, buva.
2. Ona urug’i:
ona, xola, tog’a, buvi, buva.
Sifatlarda xususiyat bildiruvchi sifatlar
(sho’x, og’ir, bosiq, aqlli, aqlsiz, hissiz,
andishali, dangasa, tanbal, ishchan, mehnatsevar va hok.),
taom bildiruvchi sifatlar
(shirin, achchiq, nordon, taxir, sho’r, mazali, bemaza, chuchmal va hok.)
va shu
kabilar guruhlash musobaqasi tarzida uyushtirilishi mumkin.
Ma`lum bir guruhdagi so’zlar ro’yxatini tuzish ishini alifbo asosida yozdirish
ham mumkin. Bu jarayonda guruhlash uchun quyidagi topshiriqlardan foydalanish
mumkin:
1. Bolalar o’yinlari nomining lug’atini tuzing.
2. O’zingiz bilgan shoir nomlari ro’yxatini tuzing.
3. Ertak nomlari ro’yxatini tuzing.
4. Joy nomlari ro’yxatini tuzing.
5. Ma`nodosh so’zlar ro’yxatini tuzing va boshq.
Bular o’rganilayotgan mavzularga, mashq matnlariga bog’liq
holda tashkil
etiladi. So’zlarning izohli lug’atini sinf yoki maktab miqyosida tuzib, osib qo’yilib,
umumisteomolga kiritish mumkin. Bunda
“O’quvchilar pochtasi”
tashkil
etilishi
ham mumkin. O’quvchilar qaysi so’zning ma`nosini bilib olishda qiynalsalar, shu
so’zni yozib yashikka tashlaydilar. Hafta oxiridagi darsda shu so’zlar ma`nosi,
imlosi, izohi ustida ishlanadi.
Dostları ilə paylaş: