O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent viloyati chirchiq davlat pedagogika instituti


O’quvchilar tilida kam qo’llanadigan so’zlar ma`nosi ustida ishlash



Yüklə 5,05 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə347/416
tarix16.09.2023
ölçüsü5,05 Mb.
#144179
1   ...   343   344   345   346   347   348   349   350   ...   416
3. O’quvchilar tilida kam qo’llanadigan so’zlar ma`nosi ustida ishlash

Adabiy tilga oid baozi so’zlar o’quvchilar nutqida kam qo’llanadi. Bu so’zning 
ma`nosini o’quvchi yetarli darajada tushunmaydi. Uning o’rnida oddiy so’zlashuvga 
doir, eskirgan yoki shevaga oid so’zlarni qo’llaydi. O’qituvchi ularni kitobiy so’zlar 
bilan almashtirish uchun nutqda qo’llashga majbur etadigan vaziyat yaratishi, 
ehtiyojni yuzaga keltirishi zarur. Masalan, 
jim – tinch – osuda – osoyishta, yurakdan 
– dildan, soat strelkasi – soat millari, garmdori – qalampir, minut – daqiqa, rayon 
– tuman
kabi. 
So’zlarning qo’llanishini faollashtirish uchun yozma ishlar o’tkazilayotganda 
ham o’quvchilar eotiborini ayrim so’zlarni boshqasi bilan almashtirishlari 
ta`kidlanadi. 1-sinfda rasmlar asosida og’zaki hikoya tuzayotgan o’quvchilarning 
nutq elementlari bir-biridan farqli bo’lishi, biri ikkinchisining so’zini qaytarmasligi 
talab qilinadi. Masalan, 
“SHirinsuxan”
– 
shirinso’z,
nasim – tonggi yel
(shamol), 
tanbeh berdi – dashnom berdi, zilol suv – tiniq suv, kichik – mo’ojaz, tik – adil, nafis 
– nozik 
kabi. 
Yozma bayon yozishga tayyorlanish jarayonida ham (2-sinf) so’zlarni boshqasi 
bilan almashtirishga, kitobiy so’zlar tanlashga eotibor berish lozim. 


564 
Darsliklarda bola hissiyotiga ta`sir qiluvchi ko’chma ma`nodagi badiiy ifodalar 
ko’p qo’llangan, ular ustida maqsadga muvofiq ishlash o’quvchi nutqini jozibador 
qiladi, ularning nutqini adabiy tilga yaqinlashtiradi. 
4. Yangi paydo bo’lgan so’z ma`nolari ustida ishlash
. Bunday so’zlar 
darslikda kam qo’llanadi. Bunday so’zlarning bolalar hayoti bilan bog’liq 
bo’lganlarini ajratib olib “Bilib qo’ygan yaxshi” rubrikasi ostida ishlansa,
o’quvchining nutqi zamon bilan baravar rivojlanib boradi. 

Yüklə 5,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   343   344   345   346   347   348   349   350   ...   416




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin