O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent viloyati chirchiq davlat pedagogika instituti


ONA TILIDAN BILIM, KO’NIKMA VA MALAKALARNI NAZORAT



Yüklə 5,05 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə349/416
tarix16.09.2023
ölçüsü5,05 Mb.
#144179
1   ...   345   346   347   348   349   350   351   352   ...   416
 
ONA TILIDAN BILIM, KO’NIKMA VA MALAKALARNI NAZORAT 
QILISH 
 
Bilimlarni o’zlashtirishda didaktik talablardan biri bilimlarni o’quvchilar 
qanday o’zlashtirganini muntazam tekshirib va baholab borish hisoblanadi. 
Tekshirish o’quvchilarning bilim sifatlarini, shakllantirilgan malakalardan 
qanchalik foydalanishini aniqlashni taominlaydi. Bu, o’z navbatida, o’quvchilarning 


566 
yangi materialni o’rganishga tayyorligini aniqlash, shuningdek, qo’llanilgan metod 
va usullarning samaradorligini baholashga, ish metodlariga ayrim o’zgartirishlar 
kiritishga imkon beradi. Tekshirish o’quvchilar uchun, birinchidan, to’g’ri 
shakllantirilgan bilimlarni mustahkamlashga xizmat qiladi, ikkinchidan, ish sifatini 
yaxshilaydi, o’z-o’zini tekshirishni o’stiradi. 
Maktab tajribasida tekshirish og’zaki va yozma shaklda amalga oshiriladi; 
bilimlarni kundalik mavzuga oid va yakuniy tekshirish tatbiq etiladi. 
Boshlang’ich sinflarda ona tilidan bilim, ko’nikma, malakalar og’zaki va 
yozma shaklda tekshirilsa-da, bir umumiy baho qo’yiladi. Bunda o’quvchilarning 
grammatik aniqlik, imlo qoidalarini bilishlari, so’zni va gapni tahlil qila olishlari, 
bilimni yozma nutqqa (diktant, bayon, inshogA.tatbiq eta olishlari hisobga olinadi. 
O’quvchilar yozma ishlarni qanday bajarganliklari muntazam tekshirib boriladi. 
O’qituvchi 1-sinfda o’quvchilarning barcha yozma ishlari (uy va sinf ishlari)ni 
tekshiradi. Boshqa sinflarda yangi mavzu o’rganilgan davrdagi yozma ishlarni 
tekshiradi, boshqa vaqtda tanlab tekshiradi. 
Ona tilidan yozma tekshirish uchun asosan diktant, bayon, insho, shuningdek, 
grammatik, so’z yasashga oid, leksik va imloga oid topshiriqlarni bajarish, tekshiruv 
ko’chirib yozishdan foydalaniladi. Yakunlovchi tekshirish uchun har bir chorakda 
bir marta tekshiruv ishi o’tkaziladi. Bulardan tashqari, o’quv yili davomida bir 
necha martadan diktant, grammatik topshiriqli yozma ishlar, test, bayon va insho 
o’tkaziladi. Tekshirish ishlarining hajmi quyidagicha bo’lishi mumkin: 
1-sinf 
2-sinf 
3-sinf 
4-sinf 

Yüklə 5,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   345   346   347   348   349   350   351   352   ...   416




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin