O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent viloyati chirchiq davlat pedagogika instituti


Imlo qoidasi ustida ishlash metodikasi



Yüklə 5,05 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə332/416
tarix16.09.2023
ölçüsü5,05 Mb.
#144179
1   ...   328   329   330   331   332   333   334   335   ...   416
Imlo qoidasi ustida ishlash metodikasi. 
O’quvchilarda imloviy malakalar 
grammatikaga bog`lab o`rgatiladi. Imlo qoidalari bir so’znigina emas, balki 
umumiylik mavjud bo’lgan butun so’zlar guruhining yozilishini tartibga soladi. Bu 
xususiyati bilan u qoida xat yozuvchini har bir so’zni yodda saqlash, xotirlashdan 
qutqaradi va qoidaga amal qilib, belgilangan meoyorga muvofiq butun so’zlar 
guruhini yozish imkonini yaratadi. 
 
Imlo qoidasi grammatik umumiylik asosida birlashgan so’zlarning yozilishini 
bir xillashtiradi. Bu yozma ravishdagi aloqani yengillashtiradi va imlo qoidalarining 
ijtimoiy ahamiyatini ta`kidlaydi. 
Imlo qoidalarini grammatik, fonetik, so’z yasalishiga oid materiallarni ma`lum 
darajada bilmasdan turib o’zlashtirish mumkin emas. Grammatik nazariya imlo 
qoidalari uchun poydevor hisoblanadi. SHuning uchun boshlang’ich sinflarda imlo 
qoidasi shu qoidaga asos bo’ladigan grammatik nazariyaga bog’liq holda 
o’rganiladi. Masalan, shakl yasovchi qo’shimchalarning yozilishi haqidagi qoidalar 
“Ot”, “Sifat”, “Son”, “Kishilik olmoshlari”, “Fe’l” mavzulari ichiga kiritilgan. 
Materialning bunday joylashtirilishi grammatika bilan orfografiyani bir-biriga 
bog’liq holda o’rganishni ta`minlaydi. 
Fonetik tamoyil asosidagi asos va qo`shimchalar imlosidagi ayrim qoidalar 3-
4- sinfda fe`l yasovchi qoshimchalar o`rganilganda, 
son
so`ziga fe`l yasovchi 
-a
qo`shimchasi qo`shish bilan yasalgan so`zning 
sona
emas, 
sana
tarzida talaffuz 
qilinishi va shunday yozilishi,
–a, -la
fe`l yasovchi qo`shimchasi o`rganilganda, 
yuqoridagi so`zlar kabi yosh, ot so`zlarining talaffuziga muvofiq 
yasha, ata
tarzida 
yozilishi o`rgatiladi. 
Ong
so`ziga fe`l yasovchi 
-la
qo`shimchasini qo`shish bilan 
yasalgan so`z 
ongla
emas, 
angla
tarzida talaffuz qilinadi va yoziladi.
O`yin –o`yna 

sariq- sarg`ay, ulug`-ulg`ay
so`zlari fe`l yasovchi –a, 
–ay
qo`shimchasi qo`shilishi bilan yuzaga kelishi, 
tara, bo`ya
so`zlariga ot yasovchi 
–q
qo`shimchasini qo`shish bilan yasalgan so`z 
taroq, bo`yoq
tarzida talaffuz qilinishi 
va shunday yozilishini o`rganadilar. 


544 
4-sinfda egalik qo`shimchalri bilan qo`llangan otlarning imlosi o`rganilganda 
og`iz, qorin, o`rin, singil, ko`ngil, burun, shahar
kabi so`zlar o`zagidagi 
i, u, a
unlilari talaffuzda tushib qoladi va shunday yozilishi o`rgatilganda, yuqoridagi 
fonetik tamoyil asosidadi o`zak-negiz va qo`shimchalar imlosiga asoslaniladi 
(
og`iz+im=og`zim, qorin+im=qornim, o`rin+im=o`rnim, singil+im=singlim, 
ko`ngil+im=ko`nglim, burun+im=burnim, shahar+im=shahrim) 
Adabiy tilda jo`nalish kelishigining 
–ga
qo`shimchasi shakli qabul qilingan. 
Ba`zan bu shakl 
–ka, -qa
tarzida eshitiladi. Masalan: 
bilakka, go`dakka, qishloqqa
kabi. Ko`rinib turibdiki, so`z
q
yoki
k
undoshi bilan tugaganda jo`nalish kelishigi 
–qa, -ka
shaklini olyapti. Og`zaki talaffuzda so`z qanday tovushlardan tashkil 
topgan bo`lsa, bu tovushlar yozuvda ham shu tovushlarga mos harflar bilan aks 
ettiriladi.

Yüklə 5,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   328   329   330   331   332   333   334   335   ...   416




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin