539
1.Ta`limiy maqsad:
undalma haqida tushuncha berish orqali o‘quvchilarni
undalmali gaplarni ohangiga rioya qilib o‘qishga, ularni o‘zgalarga to‘g‘ri murojaat
qilishga, o‘zgalarning esa o‘zlariga qaratilgan fikriga e’tibor
bilan qarashga
o‘rgatish, undalmali gaplarda tinish belgilarini to‘g‘ri ishlatish ko‘nikmasini
shakllantirish;
2. Tarbiyaviy maqsad:
o‘quvchilarda
kamtarlik,
muloyim gapirish,
shirinsuxanlik, rostgo‘ylik fazilatlarini tarbiyalash.
3. Rivojlantiruvchi maqsad:
O`quvchilarning uyushiq, undalmali gaplar tuzish
ko`nikmasini rivojlantirish.
TK:
Nutqiy komp. O`qituvchining savollariga og`zaki va yozma to`g`ri hamda
savodli nutq bilan javob beradi.
Lingvistik komp.
Gap, so`z, ohang, tinish belgi, nuqta, so`roq belgisi, so`roq
gap, uyushiq bo`lak, undalma
kabi lisoniy tushunchalarni farqlaydi.
Darsning turi:
yangi bilim beruvchi dars.
Darsning metodi:
suhbat metodi.
Darsning borishi:
I. Dars yangi mavzuni tushuntirish
. O‘qituvchi doskaga oldindan undalmali
gaplar yozib qo‘yadi. Bu gaplar darslikdagi mashq matnidan olinishi ham mumkin.
Gaplarni o‘qituvchi ohangga rioya qilgan holda o‘qib, namuna ko‘rsatadi. So‘ng 1-
2 o‘quvchiga o‘qitadi, qayerda biroz to‘xtam (pauza) qilingani o‘quvchilardan
so‘raladi: 1.
Bolam, bobong yaratgan bog‘lar, bobong ekkan tutlar hozir ham
yashnab turibdi. 2. O‘quvchilar! Berilgan topshiriqlarni o‘ylab bajaring.
So‘ng matn ustida quyidagicha ishlanadi:
O‘qituvchining savollari:
1.1- gapni o‘qing. Maqsadga ko‘ra turini ayting.
2. So‘roqlar yordamida gapning bosh bo‘laklarini aniqlab, tagiga chizing.
3. So‘zlovchi kishi fikrini o‘zi uchun aytadimi yoki
boshqa kishilarga qarata
aytadimi?
4. O‘ylang, shu 1- gapda fikr kimga qarata aytilgan? Shu so‘ zning tagiga chizing.
(O‘qituvchi yana
bir pauza qilib,
bolam
so‘ziga urg‘u berib, gapni o‘qiydi.)
540
5. Fikr qaratilgan so‘z qaysi so‘z turkumiga kiradi?
O‘quvchining javoblari:
1.1-gap maqsadga ko‘ra darak gap. U xabar mazmunini bildiryapti.
2. Nima? yashnab turibdi.
bog‘lar, tut yashnab turibdi.
3.Boshqalarga qarata aytadi.
4. Fikr bolaga qaratilgan:
.
Bolam, bobong yaratgan bog‘lar, bobong ekkan tutlar
hozir ham yashnab turibdi.
5. ”Bolam” so`zi k i m? so‘rog‘iga javob bo‘lyapti, ot so‘z turkumiga kiradi.
Ikkinchi gap ham shu tarzda tahlil qilinadi. Unda undov belgisining qo‘yilishi,
buyruq gap ekaniga o‘quvchilar diqqati tortiladi.
Fikr qaratilgan shaxsni bildirgan so‘zdan so‘ng qanday tinish belgisi qo‘yilgan?
Nima uchun?, Bu so‘zni nima deyish mumkin? Tarzida muammoli savol o`quvchilar
diqqatiga havola qilinadi. O‘quvchilar
ularning nima ekanini bilmaydi,
lekin
o‘ylaydi. Butun diqqatini o‘qituvchiga qaratadi.
O`qituvchi: Bu so`zlar –
Dostları ilə paylaş: