O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent viloyati chirchiq davlat pedagogika instituti



Yüklə 5,05 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə325/416
tarix16.09.2023
ölçüsü5,05 Mb.
#144179
1   ...   321   322   323   324   325   326   327   328   ...   416
Lug at ishi: 
a) 
muallim, piyoda 
so‘zlariga 
o‘qituvchi, ustoz (domla 
eskirgan), 
yayov 
so‘zlari ma’nodosh bo‘ladi; 
b) shu so‘zlarning imlosi ustida ishlanadi. 
Avvalo so‘zning talaffuzi bilan aytilishi taqqoslanadi, farqi aniqlanadi. So‘zning 
qaysi o‘rnida xato qilishlari mumkinligi o‘quvchilarga topshiriladi. 
Keyin imlosi o‘rganilayotgan so‘z bo‘g‘in - tovush, tovush - harf jihatdan tahlil 
qilinadi. Masalan, 
piyoda 
so‘zini bo‘g‘inlarga bo‘ling. 1- bo‘g‘inni ayting. 
Tovushlarni ketma-ket ajratib ayting. 2- bo‘g‘inni ham shu tarzda tovushlari 
sanatiladi. Har bir tovushni lfodalovchi harf aniqlatiladi. So‘ng doskaga o‘quvchilar 
diqqati jalb etiladi: 
pi-yo-da.
Lug‘at ishidan so‘ng o‘quvchilarning shu so‘zlardan foydalanishlari uchun 
zarurat, ehtiyoj tug‘dirilishi kerak. Masalan, 
qishloqdasiz, mashinangiz ham, ot-
ulovingiz ham yo‘q. Xolangiznikiga borishingiz kerak. Qanday borasiz? 
(Hech narsa 
yo‘q bo‘lsa, 
piyoda 
boraman.) 
Darsda o`rganilganlar umumlashtirilib, yakunlanadi. 
Uyga vazifa: 
8- mashq uyga vazifa qilib beriladi. O‘quvchilar gap oxiridagi 
tinish belgilariga, ohangiga va bosh harflarga qarab aniqlashlari tushuntiriladi. 
(Topishmoq matni 9 ta gapdan tuzilgan.) Gaplarning 8 tasi darak gapga, 1 tasi so‘roq 
gapga kiradi. 
MAVZU: Uyushiq boiaklarning bog‘lanishi 
1.Ta`limiy maqsad:
o‘quvchilarning uyushiq bo‘lakli gaplarni sanash ohangi 
bilan o‘qishga, uyushiq bo`laklarni bog‘lovchi vositalarni qo`llashga, yozuvda tinish 
belgilarini to‘g‘ri ishlatishga o‘rgatish.
2. Tarbiyaviy maqsad:
bolalarda axloqiy fazilatlarni egallashga intilish hisini 
uyg‘otish, o‘quvchilarda tabiatni sevish, tabiatdagi o‘simliklar-u hayvonlarga 
nisbatan ijobiy munosabat va mehr hisini uyg‘otish. Ularga g‘amxo‘rlik tuyg‘usini 
singdirish. 

Yüklə 5,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   321   322   323   324   325   326   327   328   ...   416




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin