526
—
Tarvuz
so‘zi necha bo‘g‘inli? (2 bo‘g‘inli,
tar-vuz)
—
Nima uchun 2 ta bo‘g‘inga ajratdik? (Chunki bu so‘zda 2 ta unli ishtirok
etgan.)
— Topishmoqda yana nechta 2 bo‘g‘inli so‘zlar qatnashgan? (To‘-ni, sil-liq,
tu-ki, po‘-ki, i-chi, qi-zil, ko‘-ki, u-ni, chumchuq, ni-ma, qi-zim, Qun-duz, bu-mi,
tar-vuz.)
— Topishmoqdagi qofiyadosh so‘zlarni toping. (
Tuki, po‘ki, ko‘ki; Qunduz,
tarvuz
so‘zlari o‘zaro qofiyadosh so‘zlar.)
II.O`tilgan ma`vuni mustahkamlash.
1.Darslik bilan ishlash.
9- mashq. Matn kim haqida ekanligi so‘raladi. (Ibn Sino haqida.) Abu Ali ibn
Sino haqida qisqacha ma’lumot beriladi. (Abu Ali ibn Sino X - XI asrlarda Buxoroda
yashagan buyuk olim. Ibn Sino astronomiya, tibbiyot, matematika kabi fanlar bilan
shug‘ullangan. Uning „Tib qonunlari" asari hozirgi tibbiyotimiz
asosini tashkil
etadi.)
Matnga „Bilim g‘ori", „Bilimga tashna olim" , „Ibn Sinoning irodasi" kabi
sarlavha qo‘yiladi va zarur tinish belgilari qo‘yib ko‘chiriladi.
— Matndagi 3- gapni so‘roq gapga aylantiring. (Corning og‘zi bir yilda necha
marta ochilib, yana berkilar ekan?)
—
Gapdagi
og‘iz
so‘ziga e’tibor bering-chi. Og‘iz o‘zi nima? (Odamlar va
hayvonlardagi ovqat yeyish va gapirish a’zosi.)
—
Corning og‘zi
deganda ham shu ma’no tushuniladimi? (Yo‘q.
G‘orning
og‘zi
bu
g‘orning boshlanish qismidir.)
— Demak, g‘orning og‘zi birikmasidagi og‘iz so‘zi o‘z ma’nosida emas, balki
ko‘chma ma’noda qo‘llangan ekan.
Odamning yana boshqa tana a’zolari ham ko‘chma ma’noda qo‘llanadimi?
Misollar keltiring. (Stolning oyog‘i, derazaning ko‘zi va hokazo.)
Yozgan matnni darslikka qarab tekshirib chiqiladi.
10- mashq shartiga ko‘ra bajariladi. Ajratib ko‘rsatilgan so‘z bilan boshlab, gap
tuziladi.
527
1. Odob aqlning tashqi suratidir.
Gapning nima haqida ekanligi so‘raladi. (Gap inson odobi haqida ekan. Odob
kishining aqli qay darajada ekanligini ko‘rsatadi.)
—
Surat
so‘zini yana qanday so‘zlar bilan almashtirish mumkin?
(Rasm,
ko‘rinish
so‘zlari bilan almashtirish mumkin.)
Aqldan ortiq boylik yo‘q.
— Gap nima haqda ekan? (Gap aql haqida ekan.)
Aqlli bo‘lish uchun nima qilishingiz kerak? (Kitob o‘qishimiz,
sport bilan
shug‘ullanishimiz kerak.)
— Vaqtini bekor o‘tkazgan odam qanday odam bo‘ladi? (Aqlsiz odam bo‘lar
ekan.)
— Bu gap ifoda maqsadiga ko‘ra qanday gap? (Darak gap.)
— Nima uchun? (Bu gap xabar mazmunini anglatadi.)
Mehnat baxt keltiradi
gapi qanday mazmun bildiryapti? (Bu gap ham xabar mazmunini bildiryapti.)
Uchta gap ham qanday ohang bilan aytilyapti? (Gaplar tugallangan ohang bilan
aytilyapti. Xabar ohangi bilan aytilyapti. Bu gaplar tinch ohang bilan aytilyapti.)
Tahlil qilinadi.
3- gap so‘roq gapga aylantiriladi. (Nima baxt keltiradi?)
— So‘roq
gapdagi
nima
so‘zi qaysi so‘zi bilan almashtirilgan? (
Nima
so‘zi
mehnat
so‘zi bilan almashtirildi.)
— Bu gap yuqoridagi darak gapdan nimasi bilan farq qiladi? (Bu gap ohangi
bilan farq qiladi. Bu gapda nima? degan so‘roq so‘zi ishtirok etgan.)
O‘quvchilarning
diqqati
aql, baxt, odob, mehnat
so‘zlarining
yozilishiga
qaratiladi.
Bu gaplar nutqda naql, maqol deb yuritilishi aytib o‘tiladi.
Gaplar
husnixat bilan yozdirilgach, darslikka qarab tekshirtiriladi.
Dostları ilə paylaş: