520
bayonning hayot haqiqatiga mos kelishi taqozo qilinadi. O’qituvchi o’quvchilarning
voqea-hodisalarni haqiqatga yaqin ifodalashlari haqida qayg’urmasdan ulardan
chiroyli so’zlar bilan ifodalashni talab qilishi metodik jihatdan noto’g’ri hisoblanadi.
O’quvchi ko’rgan-kechirganlarini, yaxshi bilganlarini, his qilganlarinigina
mazmunli va ishonarli hikoya qilishlari mumkin. Bunga erishish uchun o’quvchilar
tomonidan tabiat va insonlar mehnati chuqur o’rganilishi, kuzatish ishlari amalga
oshirilishi lozim.
Fikr va taassurotning aniq, to’g’ri, tushunarli va ta’sirchan
ifodalanishi tuzilgan gaplardagi so’zlarning qo’llanishiga bog’liq. O’quvchi gapda
so’zlarning o’zaro munosabatini, ularning mazmunan bog’liqligini, muayyan
mavzuning mazmunini aniq yoritib berish uchun ma’nosi bir-biriga yaqin so’zlarni
o’zaro qiyoslab, ular ichidan maqbulini tanlab, o’rnida qo’llay bilish ko’nikmalarini
egallashlari, ma’nodosh so’zlar, antonimlar, ko’p ma’noli so’zlar ustida ishlash gap
tuzish ishlari bilan bevosita bog’liq. Ma’lumki, o’zbek tili lug’atidagi ko’pgina
so’zlar ko’p ma’nolidir. Ularning ma’nolari faqat gap tarkibida aniqlanadi.
O’quvchi gapda so’zlarni ma’no jihatdan bog’lash jarayonida yaqin ma’noli va
ma’nodosh so’zlarni taqqoslaydi, ulardan birini tanlaydi
va aniq xulosaga kelib
gapda qo’llaydi.
Gap ustida olib borilgan ishlar o’quvchini sintetik ishlarga o’rgatadi. O’quvchi
turli ma’nodagi so’zlarni muayyan tartibda joylashtirib butun bir gapni tuzadi.
Bunda o’qituvchi, avvalo, so’z tanlashga, ularni muayyan tartibda joylashtirish
ustida ishlashga e’tibor qaratishi, berilgan bir xil so’zlarning gapda turli o’ringa
joylashtirilishi gap mazmuniga ta’sir qilishini o’quvchilarga anglatishi lozim.
Boshlang’ich sinf ona tili darsliklarida berilgan namuna asosida gap tuzish, gap
tuzishga doir ijodiy va konstruktiv mashqlar so’zlarning o’rnini aniqlab,
gapni
shakllantirish o’quvchilarni o’ylashga majbur qiladi.
Alohida berilgan so’zlarni o’z o’rniga qo’yib, qo’shimchalar bilan biriktirib
gap tuzdirish kabi konstruktiv mashqlarni bajartirish o’quvchilar nutqida kam
qo’llaydigan, umuman qo’llamaydigan so’zlarni ularning nutqiga kiritish, bu
so’zlarning ma’nosiga diqqatini tortishi bilan ta’limiy ahamiyat kasb etadi. So’zlarni
o’zaro bog’lab, o’z o’rniga qo’yib gap tuzdirish o’quvchilarni
bayon va inshoda
521
so’zlarni o’z o’rniga to’g’ri qo’yib fikrini bayon qilishga tayyorlaydi. O’quvchilarga
bir xil so’zlardan tuzilgan gaplarning mazmunidagi farqlarni izohlashga o’rgatish
gapda so’zlarning o’z o’rni borligini, so’zlarning tartibini o’zgartirish aytilayotgan
fikrning o’zgarishiga olib kelishini fahmlash ko’nikmasini o’stiradi. Masalan:
1. Ertaga o’quvchilar Abdulla Qodiriy bog’iga dam olish uchun borishadi.
2. Dam olish uchun o’quvchilar Abdulla Qodiriy bog’iga borishadi.
3. Dam olish uchun o’quvchilar Abdulla Qodiriy bog’iga ertaga borishadi.
So’zlarning tartibini belgilash va ulardan birini tanlash mazkur gapning boshqa
gap bilan bog’lanishiga bog’liq. So’zlarni turli xil tartibda qo’llash orqali gap
tuzdirish o’quvchidan aqliy faoliyatni talab etadi. Bunday mantiqiy fikrlashni
rivojlantirishga qaratilgan mashqlarni bajarish orqali o’quvchilar gapda so’zlarning
o’rni so’zlovchining maqsadiga bog’liq bo’lishini anglaydilar.
O`qituvchi darsda o’quvchilarga darak gaplar tuzdirishdan tashqari, ko`proq
so’roq va undov gaplar tuzdirishi ma`qul. Doim bir turdagi darak gaplarni tuzdirish
o’quvchilarning tafakkuri va nutqini o’stirishga xizmat qilmaydi.
Vaholonki,
o`quvchi so’roq va undov gaplar tuzsa, voqelikka bo’lgan munosabatlarini ham
ifodalaydilar.
Ona tili va o’qish darslarida gap tuzish va uning tahlili, ifodali o’qish mashqlari
mantiqiy tafakkur va nutqni rivojlantiruvchi vositalardandir.
Gap ustida ishlash o’quvchilarning bayon, insho yozish va og’zaki
hikoyalashlarida maqbul usullardan hisoblanadi.
O`quvcilar tahlil davomida grammatik tushunchalarini tartib bilan aytib
bersalar-da, biror uyushtirilgan ekskursiyadan olgan taassurotlari so’zlab berishda
bir voqeadan ikkinchi voqeaga sakrab o’tib ketadilar va yana oldingi voqea haqida
gapirishga o’tib ketadilar. Izchillik talabini buzyaptilar. Ko’rinib
turibdiki,
grammatik tahlilda hech narsani dalillanmaydi.
O’qituvchining vazifasi o’quvchilar yo’l qo’ygan xatolarni aniqlash va ularning
diqqatini yo’l qo’ygan xatolarga tortib, xatosini to’g’rilashni talab qilishdir.
Grammatika va o’qish darslari bu borada katta imkoniyatlarga ega. O’qituvchi
o’quvchilarning chalkashishlaridan, noaniq javoblaridan,
hodisani esidan
522
chiqarishidagi, taxminiy javoblaridan qoniqish hosil qilmasligi, aniq shakllantirilgan
javob va tushuntirishlarini talab qilishi lozim.
Boshlang’ich sinf o’quvchilari narsa va hodisalarni to’g’ri kuzatishlari va
ulardan ishonarli xulosalar chiqarishi, ular nima haqada gapirsalar tushuntirish va
asoslashni bilishlari kerak. O’qituvchi “Nima uchun sen bunday deb o’ylayapsan?
Bu nima ekanligini isbotlab ber. Nima uchun shunday yozilishini asoslab ber” kabi
savollarni berib, gap tuzishga qo`yiladigan talablarni har bir ona tili darsida eslatib
turishi lozim.
Quyida gapning bosh bo’laklarini o’rganishga tayyorlovchi dars namunasini
keltiramiz:
Dostları ilə paylaş: