O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent viloyati chirchiq davlat pedagogika instituti


  BOSHLANG’ICH SINFLARDA SINTAKTIK TUSHUNCHALAR USTIDA



Yüklə 5,05 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə315/416
tarix16.09.2023
ölçüsü5,05 Mb.
#144179
1   ...   311   312   313   314   315   316   317   318   ...   416
 


513 
BOSHLANG’ICH SINFLARDA SINTAKTIK TUSHUNCHALAR USTIDA 
ISHLASH METODIKASI 
Gap ustida ishlash.
Boshlang’ich sinflarda ona tili darslarining muhim 
vazifalaridan biri o`quvchilarning fikr ifodalashda gapdan ongli foydalanish 
ko’nikmasini shakllantirish hisoblanadi. 
Morfologiya va leksika, fonetika va orfografiya sintaksis asosida 
o’zlashtirilgani uchun tilni o’rganishda gap ustida ishlash markaziy o’rin egallaydi. 
Gap nutqning asosiy birligi bo’lib, boshlang’ich sinf o’quvchilari ot, sifat, son, 
olmosh, fe’l va ularning muhim kategoriyalarining tilimizdagi rolini gap asosida 
bilib oladilar. O’quvchilar ona tili leksikasini ham gap negizida egallaydilar. 
So’zning leksik ma`nosi va uning qo’llanish xususiyatlari so’z birikmasi yoki gapda 
ma`lum bo’ladi. So’z gapda bir ma`noli bo’ladi (gapdan tashqari bir necha ma`no 
ifodalash mumkin). 
Boshlang`ich sinfda gap yuzasidan o`quvchilarga quyidagi bilimlar hosil 
qilinadi: 
1. Gap haqidagi grammatik tushuncha shakllantiradi (til birligi bo’lgan 
gapning muhim belgilari: fikr ifodalashi, kishilar o`zaro gap orqali muloqotga 
kirishishi). 
2. Gap qurilishi haqida tushuncha beriladi (gapda so’zlarning bog’lanishi, 
gapning grammatik asosini, bosh bo`laklar: ega va kesim; ikkinchi darajali 
bo’laklar). 
3. Gapning maqsadga ko`ra turlari (darak gap, so`roq gap, buyruq gap, his-
hayajon gap) 
O`quvchilarda quyidagi ko`nikma va malakalar shakllantiriladi: 
1.Gapni boshqa til birliklarida farqlash (matndan, so`zdan, birikma va 
iboralardan). 
2. Gapni tugallangan ohang bilan o`qish va gap oxirida ovozni pasaytirish, gap 
oxiridagi tinish belgisiga mos ohang tanlab o`qish. 
3.Nutqda gapning maqsadga ko`ra turlarini farqlash va ulardan nutqda 
foydalanish. 


514 
4.Gap bo`laklarini aniqlashda bosh so`zdan ergash so`zga so`roq berish va so`z 
birikmalariga ajratish (atamalarsiz). 
5. Gapning grammatik asosi - ega va kesim ekani, ikkinchi darajali bo`liklar 
gapning mazmunini to`liq ifodalashga xizmat qilishini bilish, ulardan foydalanish. 
6. Gapning kim yoki nima haqida aytilganini bildirgan so`zni so`roqlar 
yordamida aniqlash, ega va kesimni farqlash.
7. Gapni uyushiq bo`laklar qo`shib kengaytirish, ularning qaysi gap bo`lagi 
ekanini aniqlay olish, uyushiq bo`laklar orasida tinish belgisini qo`llash. 
8. Undalmalarni qo`llab gap tuzish va fikrning kimlarga qarata aytiganini 
izohlay olish, undalmali gaplarda tinish belgisini qo`llash. 
9. Gapda so’zlarni aniq qo’llash ko’nikmasini o’stirish. 
10. Yozma nutqda gapni to’g’ri shakllantirish (bosh harf bilan boshlash, 
tegishli tinish belgilarini qo’yish, so`zlarni alohida yozish). 
11. Matnni gaplarga ajrata olish. 
Gapning bu xususiyatlarini bilmasdan turib, so’zlardan gap tuzib bo’lmaydi. 
Agar o’quvchilar gapning bosh bo’laklarini ajrata olmasalar, gap nutqning yaxlit 
birligi ekanini bilmaydilar. Ega va kesim gapning qurilishi va mazmunining asosini 
tashkil etadi. 
Gapni o’rganish va nutqda undan foydalanish ko’nikmasini shakllantirish 
o’quvchilarning aniq bilimlarini doimiy kengaytirib, boyitib borishga asoslanadi. 
O’quvchi qanday yangilikni bilsa, unda bu yangilik haqida xabar berish ehtiyoji 
tug’iladi. U o’z fikrini ifodalash uchun qulayroq shakl qidiradi. Demak, aloqa qilish 
talabidan gapni mukammalroq egallash zaruriyati kelib chiqadi. 

Yüklə 5,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   311   312   313   314   315   316   317   318   ...   416




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin