511
C) So’z turkumlari: ot, sifat, son, fe’l, ravish haqida tushuncha berish, bu so’z
turkumlariga oid so’zlardan nutqda to’g’ri
foydalana olish, ko’rgazmadan
foydalanish
D) Evristik metod, yarim
izlanishli muammoli metod, tarmoqlash metodi,
mustaqil ish metodi, induktiv va deduktik metodlar
2. Otni o’rganishga tayyorlov bosqichi qaysi davrga to’g’ri keladi?
A.3-sinf davriga
B) 2-sinf davriga
C) savod o’rgatish davriga
D) A, V, S
3. Sifatni o’rganishning 4-bosqichi qaysi davrga to’g’ri keladi va uning vazifalari
nimalardan iborat?
A.Sifatni o’rganishning 4-bosqichi 3-sinfga to’g’ri keladi.
Sifat darajalari,
ko’m-ko’k, sap-sariq sifatlarining imlosi o’rgatiladi
B) Sifatni o’rganishning 4-bosqichi 4-sinfga to’g’ri keladi. Sifat haqidagi
bilimlarni
takomillashtiriladi, ozaytirma va kuchaytirma sifatlar haqida ma`lumot
beriladi, juft sifatlarning imlosi o’rgatiladi
C) Sifatni o’rganish hozirgi kunda bosqichlarga bo’linmaydi
D) 4-bosqich 4-sinfga to’g’ri keladi, bu bosqichda sifatlarning ma`no turlari
o’rganiladi, sifat yasovchi qo’shimchalar
bilan tanishtiriladi
4. Sonni o’rganishning 1-bosqichi qaysi vaqtga to’g’ri keladi va unda son qanday
o’rgatiladi?
A.1-sinfning 2-yarim yilligiga to’g’ri keladi, elementar nazariy tushuncha
beriladi
B) Savod o’rgatish va 1-sinfning 2-yarim yilligiga to’g’ri keladi,
amaliy
o’rganiladi
C) Savod o’rgatish jarayoniga to’g’ri keladi, nazariy tushunchalarsiz amaliy
o’rganiladi
D) 1-bosqich savod o’rgatishning tayyorlov bosqichiga to’g’ri keladi, amaliy
o’rganiladi