536
TK: Nutqiy komp. O`qituvchining savollariga og`zaki va yozma to`g`ri hamda
savodli nutq bilan javob beradi.
Lingvistik komp.
Gap, so`z, ohang, tinish belgi, nuqta, so`roq belgisi, so`roq
gap, uyushiq bo`lak
kabi lisoniy tushunchalarni farqlaydi.
Darsning turi:
yangi bilim beruvchi dars.
Darsning metodi:
til materiallarini kuzatish, suhbat metodi.
Darsning jihozlari:
uyushiq bo‘lakli gaplar yozilgan ko‘rgazma.
Darsning borishi.
1.
Uyga berilgan 53- mashq topshirig‘iga ko‘ra, o‘quvchilar tuzib kelgan gaplar
o‘qitiladi:
— Uyushiq bo‘laklarni ayting. Ular qanday so‘roqlarga javob boigari?
— Gapda qaysi bo‘laklar uyushib kelgan?
—
va
so‘zi bilan bog‘langan uyushiq bo‘laklar orasiga biror tinish belgi
qo‘ydingizmi? kabi savol-topshiriqlar asosida o‘quvchilarning uyushiq bo‘laklar
haqidagi bilimi aniqlanadi.
2. Doskaga yoki kartonga 54- mashqdagi gaplar yozib qo‘yiladi. Gaplar ustida
o‘quvchilar bilan quyidagicha ishlanadi:
O‘qituvchining vazifasi: O‘qituvchi o‘quvchilarni izlanishga majbur qiluvchi
savollar bilan yangi mavzuni ularning o‘ziga bayon qildiradi.
— Gaplarni ohangiga e’tibor berib o‘qing.
— Uyushiq bo‘laklarni so‘roq berib aniqlang.
— O‘ylang. Uyushiq bo‘laklar orasida kelayotgan so‘zlar qanday vazifa
bajaryapti?
— Qaysi so‘zlar uyushiq bo‘laklarni bog‘lasa, vergul ishlatilishini ayting.
Vergul qayerga qo‘yiladi?
O‘quvchining vazifasi (o‘quvchi oldingi darslarda egallagan bilimlarini eslaydi,
fikrlaydi va xulosa chiqaradi.) Ifodali o‘qiydilar:
Dostları ilə paylaş: