III.Uyga vazifa.
11 - mashq.
Uyda rasmga qarab 4—5 ta gap tuzish kerakligi, unda „Yoz o‘tdi soz", „Sog‘
tanda—sog‘lom aql" kabi iboralarni qatnashtirish mumkinligi tushuntiriladi.
IV. Darsda o‘tilganlarni umumlashtirish va yakunlash:
528
— Gaplar tugallangan ohang bilan aytilib, xabar mazmunini bildirsa, qanday
gap bo‘ladi? (Darak gap.)
— Bunday gaplar oxiriga qanday tinish belgisi qo‘yiladi? (Nuqta qo‘yiladi.)
— So‘roq gaplar darak gaplardan qanday farq qiladi? (So‘roq gaplar so‘rash
ohangida aytiladi va unda so‘roq so‘zlari ishtirok etadi.)
— So‘zlashish odobi haqida maqollar topib keling.
V.O`quvchilarni rag`batlantirish.
O‘quvchilar olgan baholar e’lon qilinadi
va rasm diktantga tayyorgarlik ko‘rish topshiriladi.
BOSHLANG’ICH SINF O’QUVCHILARINI TINISH BELGILARINING
ISHLATILISHI BILAN TANISHTIRISH
Ma`lumki, punktuatsiya tinish belgilarining ishlatilishi haqidagi qoidalar
yig’indisidir.
“Punktuatsiya ham yozuv kabi kishilar orasidagi aloqaning muhim
vositalaridan biri sanaladi”
33
. Boshlang’ich sinflarda to’rtta tinish belgisi: gap oxirida
nuqta, so’roq, undov belgisi hamda uyushiq bo’lakli gaplarda vergulning ishlatilishi
haqidagi qoidalar o’rgatiladi. Boshlang’ich sinflarda o’rgatiladigan tinish belgilari
kam bo’lishiga qaramay, o’qituvchi har bir sinfda tinish belgilari ustida muntazam ish
olib borishi zarur.
Kichik yoshdagi o’quvchilarni tinish belgilari bilan tanishtirishda o’qituvchi,
avvalo, ularning yozma nutqda ishlatilishi va o’rnini ko’rsatadi. Tinish belgisi fikrni
to’g’ri, boshqalarga tushunarli qilib ifodalash uchun muhim ekanini tushuntiradi.
Masalan, nuqtaning roli bilan elementar tarzda tanishtirish uchun gaplarga
ajratilmagan (tinish belgilari qo’yilmagan) yaxlit matn o’qitiladi; o’quvchilar bunday
matnni o’qish va mazmuniga tushunish qiyin ekanligiga ishonch hosil qiladilar.
Punktuatsiya semantik, sintaktik va intonatsion qoidaga asoslanadi. Bu uch asos
bir-biriga o’zaro ta`sir qiladi. Xat yozuvchi tinish belgisini qo’yishda, avvalo, bayon
etadigan fikrining mazmuniga asoslanadi. Nutqning mazmun tomoni gapning
33
Шоабдураҳмонов Ш. Ўзбек тилида пунктуация. – Тошкент: ЎзФАН, 1951.
529
qurilishiga ham ta`sir qiladi. SHuning uchun o’quvchilarga tinish belgilarining
qo’llanilishini o’rgatishda biror gapda tinish belgilarini qo’llashni belgilaydigan
semantik-sintaktik tamoyilga asoslaniladi.
1-sinf o’quvchilariga savod o’rgatish davridayoq nuqta, so’roq belgisi va undov
belgisi bilan amaliy tanishtiriladi. Bolalar “Alifbe” o’qimasalar ham, rasmga qarab gap
tuzadilar.
O’qituvchi ularga talaffuzda bir gap boshqasidan to’xtam (pauzA.bilan
ajratilishini, gapning oxirida ovoz pasayishini tushuntiradi. Bolalar, o’qituvchi
topshirig’iga ko’ra, 3-5 gapli kichik matnni gaplarga ajratadilar va ular o’rtasidagi
to’xtam (pauza qilish hikoya mazmunini yaxshi tushunishga yordam berishiga ishonch
hosil qiladilar. Ular gapni to’g’ri talaffuz qilishini o’rgana boshlaydilar. Bu gap oxiriga
nuqta qo’yilishi bilan tanishtirish uchun mazmuniy va intonatsion asos yaratadi.
Bolalarni gapni o’qishga oldindan tayyorlash uchun chizmadan foydalaniladi.
Masalan, bolalar gap tuzadilar, undagi so’zlarni sanaydilar va o’qituvchi rahbarligida
chiziqlar bilan belgilaydilar:
Biz ertakni sevamiz.
_____ _____ ______ .
Ovqat pishdi.
____ _____ .
O’qituvchi quyidagi mazmunda tushuntiradi:
–
Og’zaki nutqda bir gapni ikkinchisidan pauza (to’xtam) bilan ajratamiz (Har
bir gapni talaffuz qilib ko’rsatadi). Kitoblarda, gazetalarda gapning tugaganini,
ovozni pasaytirish va pauza qilish kerakligini ko’rsatish uchun alohida belgi – nuqta
ishlatiladi.
Bir necha darsdan so’ng o’quvchilar gaplarni o’qiy boshlaydilar. Ular
nuqta pasaytirish, pauza qilishga belgi ekanini tushunadilar. Kesma harflardan gap
tuzishda albatta nuqtali kartochkalardan foydalaniladi. O’quvchilar gapni yozganda
o’qituvchi nuqta qo’yishni eslatadi, ishni tekshiradi. Gapning oxiriga nuqta
qo’yilmasa, xato hisoblanadi. O’quvchilar o’qituvchi yordamida nima uchun nuqta
530
qo’yish lozimligini tushuntiradilar. SHunday yo’l bilan gapning oxiriga nuqta qo’yish
ko’nikmasi shakllantiriladi.
So’roq va undov belgilari bilan ham savod o’rgatish davridayoq tanishtiriladi.
Bolalar so’rash mazmunini bildirgan gaplarni o’qiydilar. O’quvchilar bunday
gaplarni ohangga rioya qilgan holda, yaoni gapning oxirida ovozni ko’tarish bilan
o’qishga o’rgatiladi. Gapning mazmuni va intonatsiyasi so’roq belgisini qo’yishni talab
etadi. Undov belgisini qo’yishni o’quvchilar gapning his-hayajon ifodalashi va alohida
ohangda o’qilishi bilan bog’laydilar.
O’quvchilar 2-sinfda “Gap” bo’limi mavzularini o’rganish jarayonida nuqta,
so’roq va undov belgisi haqida nazariy tushunchalar oladilar.
3-sinfda
esa
tinish
belgilari
haqidagi
nazariy
tushunchalar
chuqurlashtiriladi. SHu vaqtdan boshlab o’quvchilar gap oxiriga tinish belgilari
sintaktik asosda qo’yilishini anglay boshlaydilar.
“Darak gap” mavzusini o’rganish bilan bog’liq holda nuqta qo’yilishi, “So’roq
gap” mavzusi bilan bog’liq holda so’roq belgisi va “Undov gap” mavzusini o’rganish
bilan bog’liq holda undov belgisining qo’yilishi o’rgatiladi.
4-sinfda o’quvchilar “Gapning uyushiq bo’laklari” mavzusi o’rganilganda
sanash ohangi bilan bog’langan bo’laklarda vergulning vazifasi bilan
tanishadilar.O’qituvchi ikki gapni o’qib taqqoslash bilan nuqta va vergulda
ohangning qanday berilishini ko’rsatadi. Masalan,
Biz ona tilimizni sevib o’rganamiz
(Gap oxirida ovoz pasayadi, pauza qilinadi).
Men, Raono, Alisher boshqa tillarni ham
sevib o’rganyapmiz
(Men, Raono, Alisher so’zlaridan so’ng ovoz bir oz pasayadi,
xabarning davom etishi seziladi).
O’quvchilar uyushiq bo’lakli gap tarkibidagi uyushiq bo’laklarning
ammo, lekin,
biroq
so’zlari bilan bog’langanda vergulning ishlatilishini ham amaliy o’rganadilar.
Boshlang’ich sinflarda o’quvchilar har xil mashqlarni ishlash orqali tire va ikki
nuqtaning ishlatilishi bilan amaliy tanishadilar. Savod o’rgatish davridayoq
o’qituvchi o’quvchilar eotiborini vergul, tire, ikki nuqtaning ishlatilishiga qaratadi,
matnni o’qiganda bu tinish belgilariga rioya qilishni o’rgatadi. Masalan,
Olma, olcha,
nok – meva. Kitob – bilim bulog’i.
531
Ona tili darslarida so’zlarni guruhlash mashqlarini bajarganda, o’qituvchi I
sinf o’quvchilarini
tire
va
ikki nuqta
ning qo’yilishi bilan amaliy tanishtiradi.
O’qituvchi aniq misollar bilan sanab ko’rsatilgan so’zlardan oldin ikki nuqta
qo’yilishini, har bir so’zning vergul bilan ajratilishini ko’rsatadi. Bunda o’quvchilar
tinish belgining nomini aytadilar, o’qituvchi eslatmasa ham, ulardan asta-sekin
foydalana boshlaydilar. Matnni yozishdan oldin punktuatsion xatoning ham oldi
olinadi. SHunday qilib, o’qituvchi o’quvchilarda punktuatsion ziyraklikni o’stirib
boradi.
O’quvchilarga tinish belgilarini ishlatish qoidalarini to’la singdirish, ularni
tinish belgilarini o’z o’rnida ongli ishlatishga o’rgatish maqsadida sintaktik-
punktuatsion tahlil, tinish belgilari tushirib berilgan matnning tegishli tinish
belgilarini qo’yish, ta`kidiy eslatish diktanti, bayon va inshoda tinish belgilarining
ishlatilishini izohlash kabi mashqlardan foydalaniladi.
Ona tili darslarini o’qish darslari bilan bog’lash sintaksis va punktuatsiya
elementlari ustida ishlashning metodik
shartlaridan biri hisoblanadi. O’quvchilar bu
darslarda sintaksis sohasidagi bilimlariga asoslangan holda ifodali o’qish, so’zni
aniq ishlatish, o’z fikrlarini grammatik to’g’ri shakllantirishga o’rganadilar.
SHunday qilib, boshlang’ich sinf o’quvchilarining gap haqidagi elementar bilimlari
og’zaki va yozma nutqda gapdan ongli foydalanishni ta`minlaydi.r
Quyida sintaktik bilim va ko`nikmalar shakllantiriladigan darslarda tinish
belgilarining qo`llanishi o`rgatiladigan dars namunalsrini keltiramiz (4-sinf).
Dostları ilə paylaş: |