6- mashq.
O`quvchilar uchun quyidagi savol-topshiriqlar doskaga yozib
qo`yiladi. „Alpomish" dostonidan olingan parcha audiodan eshittiriladi.
O`quvchilar tinglaydilar va topshiriqlarni bajaradilar:
-Eshitgan matningiz kim haqida ekan?
-Bu parcha sizda qanday taassurot qoldirdi?
-Doston qahramonlarining nomini bilib oling.
-Qaysi qahramon boshqalardan kuchliligi, ziyrakligi bilan ajralib turibdi?
-Bu haqida 3-sunfda nimalarni bilib olgan edingiz?
-Dostondagi (Boybo‘ri, Hakimbek, Alpinbiy) qahramonlarning kim ekan?
(Alpinbiyning Boybo‘ri va Boysari degan o‘g‘illari bo‘lgan. Boybo‘rining
Hakimbek degan o‘g‘li, Qaldirg‘och ismli qizi va Boysarining Barchinoy degan qizi
bo‘lgan.)
Matndagi gaplarning maqsadga ko‘ra turi va ularning oxiriga qo`yiladigan tinish
belglarilari aniqlanadi.
— Matn qanday mazmundagi gaplardan iborat? (Darak gaplardan tuzilgan.)
— Darak gap qanday mazmun bildiradi? (Xabar mazmunini bildiradi.)
— Gaplar qanday ohang bilan o‘qiladi?
— Gaplar qanday mazmun bildiradi?
— Har bir gapni maqsadga ko‘ra turini ayting.
— So‘roq gapda qaysi so‘z so‘roq ma’nosini bildiryapti?
— Ular o‘zaro nimalariga ko‘ra farqlanadi?
— Gaplar ohangiga ko‘ra va mazmuniga ko‘ra farqlanadi.
— Gaplar oxiriga qaysi tinish belgilari qo`yiladi? Nima uchun?
— Birinchi gap kim haqida ekan? (Boybo‘ri haqida ekan.)
— 2- gap-chi? (Hakimbek haqida.) va hokazo.
— Gaplar oxiriga qanday tinish belgisi qo‘yilgan?
— Gaplarni qanday ohang bilan o‘qidingiz?
Namunani o‘qing. Bu gap mazmuniga ko‘ra qanday gap? (So‘roq gap?)
534
— Uni matndagi 1-gap bilan solishtiring. Darak gapdagi qaysi so‘z so‘roq so‘z
bilan almashtirilganini aniqlang.
(O‘g‘lining
so‘zi
kimning
so‘zi bilan
almashtirilgan.)
— Matndagi gaplarni so‘roq gapga aylantirish uchun nima qilish kerak?
(Gapdagi biror so‘zni so‘roq bildiradigan so‘z bilan almashtirish kerak.)
—
Hakimbek
so‘zi qanday so‘roqqa javob bo‘ladi? (Kim?)
—
Hakimbek
so‘zi o‘rnida (Kim?) so‘roq so‘zini qo‘llab gapni o‘qing. Shu
gapning ifoda maqsadiga ko‘ra turini ayting. (Kim olti yoshga to‘ldi? So‘roq gap.)
Oxirgi gapni o‘quvchilar mustaqil ravishda so‘roq gapga aylantiradilar.
Matnni qayta hikoyalatish uchun tuzgan so‘roq gaplariga javob beradilar.
Alp
so‘zining ma’nosini o‘qib, bilib oladilar.
7- mashq. Matndagi gaplarni o‘quvchilar tugallangan ohang yordamida gaplarga
ajratib o‘qiydilar. Matnning salomlashish odobi haqida ekanligini aytadilar va
matnga „Salomlashish odobi", „Odob salomdan boshlanadi" kabi sarlavhalar
qo‘yadilar. Matndagi gaplarning chegarasi aniqlanadi. O‘quvchilar zarur tinish
belgilarini qo‘yib ko‘chiradilar. Yozganlarini darslikka qarab tekshiradilar.
Savol-javob metodida gaplarning maqsadga ko`ra turlari va ular oxiriga
qo`yiladigan tinish belgilari aniqlanadi:
-Matndagi gaplarning maqsadga ko‘ra turi aniqlanng.
-Har bir gapni qayta o‘qib, turini ayting.
-1-, 2-, 3- gaplar qandayr mazmunni bildiradi?
-Tinch, xabar ohangi bilan aytilyapti. Shuning uchun ular darak gap deb
yuritiladi.
-Ularning oxiriga qaysi tinish belgisi qo`yiladi?
-Nuqta qo`yiladi.
-4- gap qanday ohangi bilan aytiladi?
-4- gap buyruq ohangi bilan aytiladi. U salom berishni unutmaslik haqida buyruq
ma’nosini ifodalagan. Shuning uchun u buyruq gap. Kuchli buyruq ifoda etgani
uchun uning oxiriga undov belgisi qo‘yiladi,
|