O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti byudjet hisobi va g’aznachilik fakulteti


Moliya vazirligi G’aznachiligi va uning hududiy (viloyat, shahar, tuman) bo’limlarining o’rni, tashkiliy tuzilishi va vazifalari



Yüklə 1,02 Mb.
səhifə2/11
tarix06.04.2022
ölçüsü1,02 Mb.
#54807
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
hisobot

1. Moliya vazirligi G’aznachiligi va uning hududiy (viloyat, shahar, tuman) bo’limlarining o’rni, tashkiliy tuzilishi va vazifalari

Byudjet tuzilishi mamlakatning davlat byudjeti va byudjet tizimini, uning bo’g’inlari o’rtasidagi o’zaro munosabatlarni tashkil qilish shakllarini, byudjet tasnifini, byudjet tizimiga kiradigan barcha darajadagi byudjetlar faoliyatining huquqiy asoslarini, byudjetlar tarkibi va tuzilmasini, byudjet mablag’larini shakllantirish va sarflashga tartib-qoidalar va boshqalarni belgilab beradi.

Byudjet tuzilishining qanday tuzilganligi mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishiga va hukumat organlarining vakolatlari taqsimotiga bog’liq bo’ladi. Markaziy hukumat bilan mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilmalari (shtatlar, provinsiyalar, oblastlar, o’lkalar kabi) o’rtasida hokimiyat vakolatlarining taqsimlanishiga ko’ra barcha davlatlar unitar va federativ (federativ davlatlarda davlat tuzilishining ikki shakli – federativ va konfederativ davlat tuzilishi mavjud) davlatlarga bo’linadi. O’zbekiston unitar davlat hisoblanadi va byudjet tuzilishi ham unitar davlatlarga xosdir.

Davlat byudjetining g’azna ijrosini tashkil etish, shuningdek, uning davlat daromadlari va xarajatlarini hisobga olish O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi G’aznachiligi tomonidan O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan birgalikda amalga oshiriladi. G’aznachilik tuzilmasi O’zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadi. G’aznachilikni lavozimiga ko’ra O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirining o’rinbosari hisoblanadigan boshliq boshqaradi. G’aznachilik boshlig’i O’zbekiston Respublikasi Prezidenti bilan kelishgan holda, O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirining taqdimiga ko’ra Vazirlar Mahkamasi tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod qilinadi. G’aznachilik boshlig’i o’rinbosarlari G’aznachilik boshlig’ining taqdimiga ko’ra O’zbekiston Respublikasi Moliya vaziri tomonidan lavozimga tayinlanadilar.

G’aznachilikning hududiy bo’linmalari boshliqlari O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan belgilangan tartibda G’aznachilik boshlig’i taqdimiga ko’ra O’zbekiston Respublikasi Moliya vaziri tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod qilinadi.

G’aznachilikning hududiy bo’linmalari to’g’risidagi nizomlar O’zbekiston Respublikasi moliya vaziri tomonidan tasdiqlanadi. G’aznachilik va uning hududiy bo’linmalari yagona markazlashtirilgan tizimni tashkil qiladi hamda quyi boshliqlarning yuqori boshliqlarga va O’zbekiston Respublikasi moliya vaziriga bo’ysunishi va hisobot berishi asosida faoliyat ko’rsatadi.

G‘aznachilik O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi markaziy apparatining tarkibiy bo‘linmasi hisoblanadi. Boshqarmaning davlat tilidagi rasmiy nomlanishi to‘liq – O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi G‘aznachiligidir.

G‘aznachilik O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining tuzilmaviy bo‘linmasi hisoblanadi va uning tuzilmasiga: 




Yüklə 1,02 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin