O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti byudjet hisobi va g’aznachilik fakulteti


G‘aznachilikning asosiy vazifalari3 quyidagilardan iborat



Yüklə 1,02 Mb.
səhifə4/11
tarix06.04.2022
ölçüsü1,02 Mb.
#54807
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
hisobot

G‘aznachilikning asosiy vazifalari3 quyidagilardan iborat:

  • Davlat byudjetining kassa ijrosi, jumladan tushadigan daromadlarni turli darajadagi byudjetlar o‘rtasida taqsimlash, byudjet tashkilotlari va byudjet mablag‘lari oluvchilarning xarajatlar smetalari ijrosi va Davlat byudjeti ijrosi to‘g‘risida hisobotni tuzish;

  • tegishli byudjetlar daromadlari va xarajatlari o‘rtasidagi kassa uzilishlarining oldini olishni ta’minlaydigan, Davlat byudjeti Yagona g‘azna hisobvarag‘idagi mablag‘larni boshqarish;

  • byudjet tashkilotlarining va byudjet mablag‘lari oluvchilarning tovarlarni yetkazib beruvchilar (ishlarni bajaruvchilar, xizmatlar ko‘rsatuvchilar) bilan byudjet tizimi byudjetlari mablag‘lari hisobiga tuzilgan shartnomalarini xarajatlar smetalarida ko‘rsatilgan summalar doirasida hamda belgilangan maqsadlarga muvofiq tuzilganligi ustidan monitoring qilish asosida majburiy ro‘yxatdan o‘tkazish;

  • byudjet tashkilotlarini, shu jumladan, mudofaa va xavfsizlik tuzilmalarini moliyalashtirishga yo‘naltiriladigan byudjet mablag‘laridan foydalanishni maqbullashtirish yuzasidan monitoring olib borish, bunda ular tomonidan tuzilayotgan shartnomalarning sifati ta’minlanishini, ularning maqsadga muvofiqligi davlat haridlari jarayoni ustidan monitoring olib borish hamda qoidaga ko‘ra, vositachilik xizmatlaridan voz kechish;

  • davlat haridlari bo‘yicha axborot bazasini yaratish va doimiy ravishda takomillashtirish bo‘yicha takliflar berib borish,

  • xarajatlar smetalarida va ro‘yxatdan o‘tkazilgan shartnomalarda nazarda tutilgan summalar doirasida byudjet tashkilotlari va byudjet mablag‘lari oluvchilar nomidan hamda ularning topshirig‘i bo‘yicha tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) yetkazib beruvchilarning hisobvaraqlariga to‘lovlarni bevosita amalga oshirish orqali to‘lov intizomiga rioya etilishini ta’minlash;

  • Davlat byudjeti g‘azna ijrosining buxgalteriya hisobi va hisobotini yuritish, Davlat byudjeti ijrosi haqida axborotlarni to‘plash, qayta ishlash va tahlil qilish, shuningdek O‘zbekiston Respublikasining davlat ichki va tashqi qarzlariga xizmat ko‘rsatish, O‘zbekiston Respublikasi kafolatlarini ijro etish;

  • O‘zbekiston Respublikasiga kelayotgan barcha turdagi, shu jumladan nomoddiy shakldagi gumanitar yordamning to‘liq hamda tizimli hisobini yuritish.


Yüklə 1,02 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin