O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti byudjet hisobi va g’aznachilik fakulteti


Davlat budjeti ijrosi bo’yicha davriy hisobotlarni shakllantirish



Yüklə 1,02 Mb.
səhifə9/11
tarix06.04.2022
ölçüsü1,02 Mb.
#54807
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
hisobot

Davlat budjeti ijrosi bo’yicha davriy hisobotlarni shakllantirish.

Moliya organlari belgilangan tartibda buxgalteriya hisobi ma’lumotlari asosida Davlat byudjeti ijrosi to’g’risidagi hisobotlar tuziladi. Bunda O’zbekiston Respublikasi moliya vazirligi buyrug’i bilan tasdiqlangan shakllarda va muddatlarda Davlat byudjeti ijrosi to’g’risidagi hisobotlar tuzadi va taqdim etadi.

Belgilangan tartibda moliya organlari byudjet ijrosi bo’yicha oylik, choraklik va yillik buxgalteriya hisobotlarini tuzadi.

Qoraqalpog’iston Respublikasi va mahalliy byudjetlar ijrosi bo’yicha oylik hisobot shaklida byudjetning daromadlari va xarajatlari ijrosi to’g’risidagi asosiy ko’rsatkichlar beriladi. Hisobotda byudjet xarajatlari ham byudjet tasnifi bo’yicha aks ettirilib, unda aniqlangan reja, kassa xarajatlari, qabul qilingan yuridik majburiyatlar, moliyaviy majburiyatlar hamda bajarilishi foizda ko’rsatiladi va farqi aks ettiriladi. Ushbu hisobotda byudjet Davlat maqsadli jamg’armalari, boshqa byudjetdan tashqari jamg’armalar mablag’larning hududiy g’azna schyotlaridagi, g’azna tranzit schyotlaridagi qoldiqlari aks ettiriladi.

Byudjet ijrosi to’g’risidagi yig’ma oylik hisobotlar tegishli moliya organlari tomonidan o’zlari ijro etayotgan byudjet ijrosi to’g’risidagi hisobot ma’lumotlariga quyi byudjetlarning ijrosi to’g’risidagi hisobot ma’lumotlarini ham qo’shish yo’li bilan tuziladi.

Moliya organlari choraklik hisobotni tegishli shakllarda o’sib boruvchi yakun bo’yicha tuzadi. Moliya organlarida byudjet ijrosi to’g’risidagi choraklik hisoboti tarkibiga quyidagilar kiradi:

1. Byudjet ijrosi to’g’risidagi balans;

2. Daromadlar;

3. Xarajatlar;

4. O’zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti xarajatlarning byudjet tasnifi bo’yicha kassa va haqiqiy xarajatlarning taqsimlanishi;

5. Byudjet tashkilotlarining tarmoqlari bo’yicha shtatlar va kontingentlari rejasining bajarilishi to’g’risida hisobot;

6. Maqsadli mablag’lar hisobidan amalga oshirilgan xarajatlar to’g’risida ma’lumot.

Moliya organlari choraklik hisobotlar tarkibida yuqoridagilardan tashqari tasarrufidagi byudjet tashkilotlari bo’yicha quyidagi yig’ma hisobotlarni ham taqdim etadi:



  1. Balans;

  2. Xarajatldar smetasining ijrosi haqida hisobot;

  3. Debitorlik va kreditorlik qarzdorlik xaqida ma’lumot;

  4. Byudjetdan tashqari rivojlantirish jamg’armasi pul mablag’lari harakati to’g’risida hisobot;

  5. Tibbiyot muassasalarini moddiy rag’batlantirish va rivojlantirish jamg’armasi pul mablag’lari harakati to’g’risida hisobot;

  6. Ta’lim muassasalarini o’qitishni to’lov-kontrakt shaklidan tushgan mablag’lari harakati to’g’risida hisobot;

  7. Boshqa byudjetdan tashqari mablag’lar harakati to’g’risida hisobot.

Byudjet ijrosi to’g’risidagi balans moliya organlari tomonidan Bosh-jurnal daftari va aylanma qaydnomalar asosida tuziladi. Byudjet ijrosi to’g’risidagi balansning aktiv qismi 5 - bo’limdan iborat bo’lib, pul mablag’lari, xarajatlar, berilgan ssudalar, hisob-kitoblar va o’tkazilgan mablag’lar bo’limlari tashkil etadi. Byudjet ijrosi to’g’risidagi balansning passiv qismi 5 - bo’limdan iborat bo’lib, daromadlar, olingan ssudalar, hisob-kitoblar, olingan mablag’lar va natijalar bo’limlari tashkil etadi.

Bosh-jurnal daftaridagi sintetik schyotlar qoldig’i balansdagi ko’rsatkichlar bilan bir xil bo’ladi.

Byudjet ijrosi to’g’risidagi choraklik hisobotning Daromadlar qismida byudjet tasnifi bo’yicha rejalashtirilgan daromadlar summalari hamda ularni bajarilishi aks ettiriladi.

Daromadlar haqida hisobot


Daromad nomi

Bo’lim

Paragraf

Daromad turi

Reja

Bajarilishi





































Jami
















Byudjet ijrosi to’g’risidagi choraklik hisobotning Xarajatlar qismida byudjet tasnifi xarajatlar bo’yicha aniqlangan reja, moliyalashtirilgan hamda bajarilgan kassa xarajati, haqiqiy xarajat summalari aks ettiriladi. Shuningdek bu hisobotda qabul qilingan yuridik majburiyatlar, moliyaviy majburiyatlar summalari aks ettiriladi.

Byudjet ijrosi to’g’risidagi choraklik hisobotning O’zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti xarajatlarning byudjet tasnifi bo’yicha kassa va haqiqiy xarajatlarning taqsimlanishi qismida xarajatlarning turlari bo’yicha, aniqlangan, moliyalashtirilgan hamda bajarilgan xarajatlarkassa xarajati, haqiqiy xarajatlar, qabul qilingan yuridik majburiyatlar, moliyaviy majburiyatlar summalari aks ettiriladi.

Xarajatlar haqida hisobot



Xarajat nomi

Bo’lim

Kichik bo’lim

Bob

Aniqlangan reja

Moliyalash

tirish


Bajarilishi

qabul qilingan yuridik majburiyat

qabul qilingan moliyaviy majburiyat

kassa

haqiqiy





























































Jami




























Byudjet tashkilotlarining tarmoqlari bo’yicha shtatlar va kontingentlar rejasining bajarilishi to’g’risida hisobotda byudjet tasnifining har bir bo’limini boblari, paragraflari va turkumlari bo’yicha hisobot davri boshiga va oxiriga shtatlarning miqdori keltiriladi. Shuningdek, o’rtacha miqdorda yillik reja va bajarilishi aks ettiriladi.

Byudjet ijrosi to’g’risidagi choraklik hisobotning Maqsadli mablag’lar hisobidan amalga oshirilgan xarajatlar to’g’risida ma’lumotda byudjet tasnifi bo’yicha rezerv fondi mablag’lari sarflanishi va mablag’lar qoldig’i aks ettiriladi.

Moliya organlari tomonidan tuziladigan Respublika byudjeti va mahalliy byudjetlar ijrosi to’g’risida yillik buxgalteriya hisobotlari tarkibiga quyidagilar kiradi:

1. Byudjet ijrosi to’g’risidagi balans;

2. Daromadlar;

3. Xarajatlar;

4. O’zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti xarajatlarning byudjet tasnifi bo’yicha kassa va haqiqiy xarajatlarning taqsimlanishi;

5. Byudjet tashkilotlarining tarmoqlari bo’yicha shtatlar va kontingentlari rejasining bajarilishi to’g’risida hisobot;

6. Maqsadli mablag’lar hisobidan amalga oshirilgan xarajatlar to’g’risida ma’lumot.

Moliya organlari yillik hisobotlar tarkibida yuqoridagilardan tashqari tasarrufidagi byudjet tashkilotlari bo’yicha quyidagi yig’ma hisobotlarni ham taqdim etadi:



  1. Balans;

  2. Xarajatldar smetasining ijrosi haqida hisobot;

  3. Debitorlik va kreditorlik qarzdorlik haqida ma’lumot;

  4. Byudjetdan tashqari rivojlantirish jamg’armasi pul mablag’lari harakati to’g’risida hisobot;

  5. Tibbiyot muassasalarini moddiy rag’batlantirish va rivojlantirish jamg’armasi pul mablag’lari harakati to’g’risida hisobot;

  6. Ta’lim muassasalarini o’qitishni to’lov-kontrakt shaklidan tushgan mablag’lari harakati to’g’risida hisobot;

  7. Boshqa byudjetdan tashqari mablag’lar harakati to’g’risida hisobot.

8. Joriy yilning moliyaviy natijalar to’g’risida hisobot;

9. Nomoliyaviy aktivlarni harakati to’g’risida ma’lumot;



O’zbekiston Respublikasi G’aznachiligi va uning hududiy bo’linmalari tomonidan Davlati byudjeti kassa ijrosi to’g’risidagi hisobotlarni O’zbekiston Respublikasi moliya vazirligi Davlat byudjeti bosh boshqarmasiga tegishli hududiy moliya organlariga quyidagi muddatda taqdim etadi



Hisobot nomi

Davriyligi

Taqdim etish muddati

Davlat byudjeti Bosh boshqarmasiga taqdim etiladigan hisobotlar

1.

Hududiy g’azna tarnzit schyotlarida mablag’lar qoldig’i va daromadlar tushumi xaqida axborot

Kunlik




2.

Hududiy g’azna tarnzit schyotlaridagi mablag’lar hisobidan amalga oshirilgan xarajatlar haqida axborot

Kunlik




3.

O’zbekiston Respublikasi Respublika byudjeti xarajatlari ijrosi bo’yicha hisobot

Choraklik

Hisobot choragidan keyingi oyning 10 sanasigacha (dekabr oyidan tashqari)

Yillik

Keyingi yilning 1 fevraligacha

Tegishli hududiy moliya organlariga taqdim etiladigan hisobotlar

1

Hududiy g’azna tarnzit schyotlarida mablag’lar qoldig’i va daromadlar tushumi haqida axborot

Kunlik




2

Hududiy g’azna tarnzit schyotlaridagi mablag’lar hisobidan amalga oshirilgan xarajatlar haqida axborot

Kunlik




3

Qoraqalpog’iston Respublikasi va mahalliy byudjetlar daromadlari ijrosi to’g’risida hisobot

Choraklik

Hisobot choragidan keyingi oyning 10 sanasigacha (dekabr oyidan tashqari)

Yillik

Keyingi yilning 1 fevraligacha

Choraklik

Hisobot choragidan keyingi oyning 10 sanasigacha (dekabr oyidan tashqari)

Yillik

Keyingi yilning 1 fevraligacha

Yunusobod tumani g’aznachilik bo’linmasida bo’lib o’tgan amaliyotim davomida tumanda joylashgan tashkilotlar hisobotlarini o’rganib chiqishga muvaffaq bo’ldim. Amaliyot rahbarim tomonidan hisobot shakllari ko’rsatildi va hisobot shakli haqida batafsil ma’lumot berib o’tildi. Shuningdek, 2020-yil uchun byudjetdan tashqari mablag’lar bo’yicha hisobot shaklini o’rganish uchun menga taqdim etishdi.


Yüklə 1,02 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin