O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti byudjet hisobi va g’aznachilik fakulteti


Ellikqal’a tuman g’aznachilik bo’linmasi faoliyatini tartibga soluvchi me’yoriy-huquqiy hujjatlarni o’rganish



Yüklə 1,02 Mb.
səhifə6/11
tarix06.04.2022
ölçüsü1,02 Mb.
#54807
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
hisobot

2. Ellikqal’a tuman g’aznachilik bo’linmasi faoliyatini tartibga soluvchi me’yoriy-huquqiy hujjatlarni o’rganish

O‘zbekiston mustaqillikka erishgandan so‘ng, hukumat oldida davlat boshqaruv institutlarini tubdan isloh qilish masalalari ko‘tarila boshlandi. Bu islohotlarda eng asosiy vaziflardan biri Davlat moliyasi va byudjet tizimini isloh etish edi. Xo‘jalik yuritishni bozor tizimiga o‘tilishi, iqtisodiyotning bozor infratuzulmasini shakllanishi va rivojlanishi mamlakat xo‘jalik jarayonlarini amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan huquqiy asosni yaratishni talab etadi. Undan tashqari, jahondagi glaballashuv jarayonlarida faol qatnashayotgan O‘zbekiston uchun davlat boshqaruv institutlarini shakllantirish muhim ahamiyat kasb etadi.

Davlat byudjetining g‘azna ijrosi davlat byudjetining barcha daromadlarini yagona g‘azna hisobvarag‘iga kiritishdan, shuningdek davlat byudjetining xarajatlarini shu hisobvaraqdan to‘lashdan iborat.

G‘aznachilikni tashkil etish ishlari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Davlat moliyasini boshqarishni isloh qilish” loyihasini amalga oshirishga tayyorlanish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2002 yil 26 apreldagi 144-son qarori qabul qilinishi bilan boshlandi.O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan 2004-yil 26-avgustda “Davlat byudjetining g‘azna ijrosi to‘g‘risida”gi Qonun qabul qilinishi G‘aznachilikning tashkil etilishida va Davlat byudetining g‘azna ijrosi joriy etilishida muhim bosqichlardan biri bo‘ldi. Qonun 2006 yil 1 yanvardan boshlab kuchga kirdi.Davlat budjeti g‘azna ijrosining ayrim elementlarini tajriba shaklida joriy etish 2005 yil 1 iyundan boshlab Toshkent shahrida va Samarqand viloyatida boshlandi.Byudjetning g‘azna ijrosi elementlarini bosqichma-bosqich kengaytirish 6 mintaqada (Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Buxoro, Namangan, Surxondaryo, Sirdaryo va Xorazm viloyatlari) 2006 yilda, qolgan mintaqalarda (Andijon, Farg‘ona, Toshkent, Jizzax, Qashqadaryo va Navoiy viloyatlarida) 2007 yildan amalga oshirildi.

G‘aznachilik o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Мajlis Palatalarining qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga va o‘z faoliyatiga tegishli bo‘lgan boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga amal qiladi.

G‘aznachilik o‘z faoliyatini davlat boshqaruvining boshqa organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki, tijorat banklari, boshqa tashkilotlar bilan o‘zaro hamkorlikda bevosita va o‘zining hududiy bo‘linmalari orqali amalga oshiradi. G‘aznachilik faoliyatini moliyalashtirish respublika byudjeti mablag‘lari hisobiga amalga oshiriladi.

Davlat byudjetining kassa ijrosining g‘aznachilikka o‘tilishi O‘zbekiston Respublikasi moliya tizimidagi eng yirik islohotlardan biridir.Jahon amaliyotida rivojlangan davlatlarning byudjet ijrosi aynan g‘aznachilik tizimi orqali amalga oshiriladi. G‘aznachilik uzoq rivojlanish bosqichiga ega bo‘lgan tizim bo‘lib, uning bir necha ijobiy tomonlari borki, bu Davlat byudjeti ijrosining aniqliligi, maqsadliligi va byudjet mablag‘larining samarali boshqarilishini ta’minlaydi. Davlat byudjetining har bir so‘m mablag‘ining maqsadli sarflanishiga zamin yaratib beradi.

Hozirgi davrga kelib g‘aznachilik rivojlanib, axborot texnologiyalari va dasturlarni qo‘llagan holda Davlat byudjetining daromadlari va xarajatlarini kassa ijrosini amalga oshirmoqda. Davlat byudjetining holati va monitoringini olib borishda g‘aznachilik tizimidan foydalanilmoqda. Bu boradagi islohotlar davlat moliyasi, davlat byudjeti va byudjet jarayonini boshqarish va tartibga solish organlari faoliyatining samaradorligini oshirishni ko‘zda tutadi. Shu sababli ular faoliyatini amalga oshirilayotgan iqtisodiy va demokratik islohotlar talablariga moslashtirish, so‘nggi ijobiy natijalarni ko‘zlagan holda muvofiqlashtirish, shaklan va mazmunan yangi sifat pog‘onasiga ko‘tarish talab etilmoqda4.

Nafaqat, Yunusobod tumani g’aznachilik bo’linmasi, balki O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi G’aznachiligining faoliyatini tartibga soluvchi me’yoriy-huquqiy hujjatlar quyidagilardir:

1. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi.

2. Byudjet tizimidagi islohotlar doirasida 2014-yildan boshlab O‘zbekiston Respublikasida amalga kiritilayotgan yangi Byudjet Kodeksi davlat moliyasini boshqarishning huquqiy asoslarini yanada mustahkamlash, byudjet siyosatining ustuvorliklarini belgilab olish, byudjet mablag‘laridan foydalanish samaradorligini oshirish va davlat xizmatlarini taqdim etish sifatini oshirishga qaratilgan. Ushbu kodeks O‘zbekiston Respublikasining byudjet tizimi byudjetlarini shakllantirish, tuzish, ko‘rib chiqish, qabul qilish, tasdiqlash, ijro etish, davlat tomonidan mablag‘ jalb qilish va byudjet to‘g‘risidagi qonun hujjatlari ijrosini nazorat qilish sohasidagi munosabatlarni tartibga soladi.Byudjet Kodeksi byudjet jarayonini xalqaro amaliyot tajribalaridan kelib chiqqan holda tartibga solish, byudjet amaliyotida mavjud bo‘lgan ziddiyatlarni bartaraf etish, eskirgan tartib-qoidalarni bekor qilish, byudjet jarayonini tashkil etishdagi me’yorlar, nizomlar va byudjet jarayoni ishtirokchilarining vakolatlarini tizimlashtirish maqsadida ishlab chiqildi. Byudjet Kodeksining g‘aznachilik faoliyati bilan bog‘liq alohida qismi 109-131 moddalari davlat byudjeti g‘azna ijrosini tashkil etish, yuridik va moliyaviy majburiyatlarni ro‘yxatga olish, byudjetdan mablag‘ oluvchilar xarajatlari to‘lovini amalga oshirish, davlat xaridlarini tashkil qilish, G‘aznachilikning yagona g‘azna hisobraqamini yuritish kabi masalalarni tartibga solishga qaratilgan.

3. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirining 88-sonli (22.11.2016) buyrug‘i bilan tasdiqlangan va O‘zbekiston Respublikasi Adliya Vazirligi tomonidan 2850-son (22.12.2016) bilan ro‘yxatga olingan “Byudjet tizimi byudjetlarining g‘azna ijrosi qoidalari”ning qabul qilinishi muhim qadam bo‘lib xizmat qildi. Mazkur “Qoidalar” O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi G‘aznachiligi va uning hududiy bo‘linmalari tomonidan respublika va hududiy g‘azna hisobvaraqlarini qo‘llash sharoitida respublika byudjeti, Qoraqalpog‘iston Respublikasi byudjeti va mahalliy byudjetlarning g‘azna ijrosini amalga oshirish tartibini belgilab berdi.“Byudjet tizimi byudjetlarining g‘azna ijrosi qoidalari”quyidagilarni belgilab berdi:


  • G‘aznachilik va uning hududiy bo‘linmalari tomonidan respublika va hududiy g‘azna hisobraqamlarini qo‘llash sharoitida respublika byudjeti, Qoraqalpog‘iston Respublikasi byudjeti va mahalliy byudjetlarning g‘azna ijrosini amalga oshirish tartibini;

  • respublika g‘azna hisobraqami va hududiy g‘azna hisobraqamlarini yuritish tartiblarini,

  • Respublika byudjeti, Qoraqalpog‘iston Respublikasi byudjeti va mahalliy byudjetlar daromadlari va xarajatlarining yoyilmasi,

  • byudjetdan mablag‘ oluvchilarning xarajatlar smetalarini va ularga o‘zgartirishlarni g‘aznachilik bo‘linmalariga taqdim etish tartiblarini,

  • yuridik majburiyatlarni ro‘yxatga olishning umumiy qoidalarini,

  • byudjetdan mablag‘ oluvchilarning byudjetdan tashqari mablag‘lari hisobiga xarajatlarni amalga oshirish tartiblarini va boshqalar.

“Byudjet tizimi byudjetlarining g‘azna ijrosi Qoidalari”da belgilanishiga ko‘ra:

– Byudjetdan mablag‘ oluvchilarning tovar (ish, xizmat)lar yetkazib beruvchilar (keyingi o‘rinlarda – mahsulot yetkazib beruvchilar) bilan shartnoma, jumladan kapital qurilish bo‘yicha buyurtmachilarning shartnomalarini ro‘yxatga olish, O‘zbekiston Respublikasining kafolatlarini ijro etish, tegishli byudjetlar xarajatlarining to‘lanishi, shu jumladan g‘azna hisobvaraqlaridan byudjet ssudalari, subvensiya va dotatsiyalar g‘aznachilik bo‘linmalari tomonidan amalga oshiriladi;

– G‘azna hisobvaraqlaridan foydalanib, g‘azna ijrosi bilan qamrab olinadigan byudjetlar, xarajat guruhlari, byudjetdan mablag‘ oluvchilar, shu jumladan kapital qurilish buyurtmachilarining ro‘yxati O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan belgilanadi;

– Naqd pul mablag‘larini olish uchun, shu jumladan byudjetdan mablag‘ oluvchilarning xodimlariga ish haqi to‘lash, xizmat safari va qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa naqd pul shaklidagi xarajatlarni to‘lash uchun g‘aznachilik bo‘linmalari tomonidan tijorat banklarda 23212 “Moliya vazirligi G‘aznachiligi mablag‘lari” va 23214 “G‘aznachilikning hududiy bo‘linmalari mablag‘lari” hisobvaraqlari ochiladi;

– Davlat byudjeti g‘azna ijrosining hisobini yuritish, hisobotini tuzish vataqdim etish qonunchilikda o‘rnatilgan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan belgilangan shakllar va muddatlar bo‘yicha amalga oshiriladi.

Davlat byudjeti g‘azna ijrosi Qoidalarida byudjetdan mablag‘ oluvchilar tomonidan byudjet mablag‘larining maqsadli ishlatilishi ustidan nazorat qonunchilikka muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Davlat moliyaviy nazorati bosh boshqarmasi va uning hududiy bo‘linmalari tomonidan amalga oshirilishi tartibi belgilangan.

4. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 63-son (05.05.2005) buyrug‘i bilan tasdiqlangan va O‘zbekiston Respublikasi Adliya Vazirligi tomonidan 1475-raqam (21.05.2005) bilan ro‘yxatga olingan “Moliya organlarida byudjetdan mablag‘ oluvchilar bilan tovar (ishlar, xizmatlar) yetkazib beruvchilar o‘rtasidagi shartnomalarni ro‘yxatdan o‘tkazish va ularning xarajatlari to‘lovini nazorat qilish tartibi haqida Vaqtinchalik nizom” qabul qilindi. Ushbu Nizom tajriba tariqasida Samarqand viloyatida, shu jumladan respublika byudjetidan moliyalashtiriladigan ayrim byudjet tashkilotlarida byudjetdan mablag‘ oluvchilar bilan mol yetkazib beruvchilar o‘rtasidagi shartnomalarni tegishli moliya organlarida ro‘yxatdan o‘tkazish va byudjet mablag‘larini ularning xarajatlarini to‘lashga o‘tkazish ustidan nazorat qilish tartibini belgilab berdi.

5. Davlat byudjetining g‘azna ijrosini tatbiq etish hisobiga byudjet tizimini yanada isloh etish, zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalangan holda byudjet mablag‘larining maqsadli sarflanishi ustidan nazoratni kuchaytirish, barcha darajalardagi byudjetlar daromadlari va xarajatlarini boshqarish samaradorligini oshirish maqsadida 2007-yil 28-fevralda “Davlat byudjeti g‘azna ijrosi tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-594 sonli Qarori qabul qilindi. Ushbu qarorga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Davlat byudjetining g‘azna ijrosini tatbiq etish va uslubiyot boshqarmasi hamda mahalliy moliya organlarining g‘aznachilik bo‘linmalari negizida O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi G‘aznachiligi va uning hududiy bo‘linmalari tashkil etildi. Shuningdek, mazkur Qaror bilan G‘aznachilikning asosiy vazifalari belgilab berildiki, ular “Davlat byudjetining g‘azna ijrosi to‘g‘risida”gi Qonunda aks etgan G‘aznachilikning vazifalariga yanada aniqlik kiritdi. Davlat byudjetining g‘azna ijrosini tatbiq etish hisobiga byudjet tizimini yanada isloh qilish, zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalangan holda byudjet mablag‘larining maqsadli sarflanishi ustidan nazoratni kuchaytirish, barcha darajalardagi byudjet daromadlari va xarajatlarini boshqarish samaradorligini oshirish maqsadida qarorda qator vazifalar belgilandi:

- O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Moliya vazirligi Davlat byudjetining g‘azna ijrosini tatbiq etish va uslubiyoti boshqarmasi hamda mahalliy moliya organlarining g‘aznachilik bo‘linmalari negizida O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi G‘aznachiligini va uning hududiy bo‘linmalarini moliya organlari bo‘yicha belgilangan boshqaruv xodimlari soni doirasida tashkil etish;

- G‘aznachilik tomonidan davlat byudjetinining kassa ijrosi, jumladan, tushadigan daromadlarni turli darajadagi byudjetlar o‘rtasida taqsimlash, byudjetdan mablag‘ oluvchilarning xarajatlar smetalari ijrosi va Davlat byudjeti ijrosi to‘g‘risida hisobot tuzish;

- Davlat byudjeti mablag‘larini yagona g‘aznachilik hisobraqami, shuningdek tegishli byudjetlar daromadlari va xarajatlari o‘rtasidagi kassa uzilishlarining oldini olishni ta’minlaydigan hududiy g‘aznachilik hisobraqamlarini joriy etish orqali boshqarish;

- byudjet tashkilotlarining tovar (ish, xizmat)lar yetkazib beruvchilar bilan shartnomalarini, shuningdek Davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan kapital qurilish bo‘yicha buyurtmachilarning shartnomalari xarajatlar smetasida ko‘rsatilgan summalar va maqsadlarga qat’i muvofiq ravishda tuzilishi ustidan qattiq nazorat o‘rnatish asosida mazkur shartnomalarni majburiy ro‘yxatdan o‘tkazish tartibini joriy etish orqali byudjet tashkilotlarining maqsadga nomuvofiq, asossiz xarajatlarining oldini olish;

- byudjet tashkilotlarini, shu jumladan mudofaa va xavfsizlik tuzilmalarini moliyalashga yo‘naltiriladigan byudjet mablag‘laridan foydalanishni maqbullashtirish ustidan monitoringni amalga oshirish, bunda ular tomonidan tuzilayotgan shartnomalarning sifati ta’minlanishini, ularning maqsadga muvofiqligi va narx-navo yechimini nazarda tutish hamda vositachilik xizmatlaridan voz kechish;

- xarajatlar smetasi va ro‘yxatga olingan shartnomalarda nazarda tutilgan qat’i summalar doirasida tovar (ish, xizmat)lar yetkazib beruvchilarning bevosita hisobraqamlariga byudjet mablag‘lari oluvchilar nomidan va ularning topshirig‘i bo‘yicha to‘lovlarni amalga oshirish orqali to‘lov intizomiga so‘zsiz rioya etilishi ustidan ta’sirchan nazoratni ta’minlash;

- Davlat byudjeti g‘azna ijrosining buxgalterlik hisobi va hisobotini yuritish, Davlat byudjeti ijrosi haqida axborot yig‘ish, qayta ishlash va tahlil qilish, shuningdek O‘zbekiston Respublikasining davlat ichki va tashqi qarzlariga xizmat ko‘rsatish, O‘zbekiston Respublikasi kafolatlarini ijro etish.

Shuningdek, ushbu qaror asosida Osiyo taraqqiyot banki (OTB) va boshqa xalqaro moliya tashkilotlarining qarz mablag‘larini jalb etgan holda Davlat byudjetining barcha daromadlarini yagona g‘azna hisobraqamiga jamlash va undan xarajatlar to‘lovini amalga oshirish imkonini beruvchi Davlat byudjeti g‘azna ijrosining yagona integratsiyalashgan axborot tizimini tashkil etish bo‘yicha chora-tadbirlar kompleksining qabul qilinishi belgilandi.

O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki bilan birgalikda belgilangan tartibda respublikaning barcha shahar va tumanlarini qamrab olgan holda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tizimining ma’lumotlar tarmog‘ini tashkil etish uchun yer usti raqamli aloqa kanallarini berish choralari belgilandi.

Moliya organlarining byudjet mablag‘lari oluvchilarning xarajatlar smetasini bajarish funksiyalari G‘aznachilikka berilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki va tijorat banklariga byudjet mablag‘lari oluvchilarga xizmat ko‘rsatish bilan band bo‘lgan bank xodimlari sonini maqbullashtirish va qisqartirish choralari ishlab chiqildi.

6. 2007- yil 20- martda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 53-sonli Qarori bilan “O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining G‘aznachiligi to‘g‘risida Nizom” qabul qilindi. Mazkur Nizom “Davlat byudjeti g‘azna ijrosi tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-594 sonli (27.02.2007) qaroriga muvofiq ishlab chiqildi hamda G‘aznachilikning asosiy vazifalari, funksiyalari, vakolatlari va javobgarligini belgilab berdi.

7. O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2019 yil 22 oktabrdagi 153-sonli “O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi G’aznachiligi tizimini isloh qilish va tashkiliy tuzilmasini yanada takomillashtirish to’g’risida”gi buyrug’iga asosan G’aznachilikning tashkiliy tuzilmasiga o’zgartirishlar kiritildi.

G’aznachilik tashkiliy tuzilmasiga o’zgartirishlar kiritilishi munosabati bilan: Qoraqalpog’iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri bo’yicha G’aznachilik boshqarmalarining Amaliyot bo’limlari Moliyaviy majburiyatlarni ro’yxatga olish va to’lovlarni amalga oshirish guruhlari bittadan, jami 14 ta;

Andijon, Buxoro, Jizzax, Samarqand, Toshkent va Farg’ona viloyatlari G’aznachiliik boshqarmalarinig G’aznachilik operatsiyalarini monitoring qilish bo’limlari bosh mutaxassis lavozimidan bittadan, jami 6 ta shtat birliklari qisqartirildi.

G’aznachilikning yangi tashkiliy tuzilmasi tasdiqlanishi munosabati bilan 54 shtat birligidan iborat Amaliyot boshqarmasi, 18 shtat birligidan iborat Davlat xaridlarini boshqarish va monitoring boshqarmasi, 11 shtat birligidan iborat Moliyaviy resurslar va hisobotlarni boshqarish boshqarmasi tugatildi.

Shuni alohida ta’kidlash zarurki, byudjet qonunchiligini yanada rivojlantirish va takomillashtirish asosida byudjet faoliyatini rivojlantirish davlat moliyasini boshqarish tizimini isloh qilishning asosiy yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Ma’lumki, 2000-yil 14-dekabrda “Byudjet tizimi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining qabul qilinganidan beri o‘tgan davr mobaynida byudjet amaliyotida bir qator o‘zgarishlar sodir bo‘ldi, ular:



  • davlat byudjeti g‘azna ijrosining joriy etilishi;

  • bir qator davlat maqsadli jamg‘armalari va boshqa nobyudjet fondlarining tuzilishi va amal qilishi;

  • byudjet tashkilotlarining byudjetdan tashqari qo‘shimcha mablag‘larni jalb qilish manbalarining kengayishi va ular ustidan nazoratni yaxshilash zarurligi;

  • byudjet tasnifi, byudjet hisobi va hisoboti tizimining takomillashuvi;

  • yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi Soliq Kodeksining qabul qilinishi va amalga kiritilishi va boshqa holatlar bilan bog‘liq bo‘lib, byudjet qonunchiligini yanada takomillashtirish zarurligini taqozo etdi.




Yüklə 1,02 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin