O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti byudjet hisobi va g’aznachilik fakulteti


-rasm. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi G‘aznachiligi tarkibiy tuzilmasi tarkibi1



Yüklə 1,02 Mb.
səhifə3/11
tarix06.04.2022
ölçüsü1,02 Mb.
#54807
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
hisobot

1-rasm. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi G‘aznachiligi tarkibiy tuzilmasi tarkibi1

G‘aznachilik o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy majlis palatalari, Prezidenti, Vazirlar Mahkamasining qarorlari, farmoyishlari va O‘zbеkiston Rеspublikasi Moliya vazirligi G‘aznachiligi Nizomi hamda boshqa qonun hujjatlari asosida faoliyat yuritadi.

G‘aznachilik boshlig‘iga o‘z vakolati va shtatlari doirasida mavjud tashkiliy tuzilmani takomillashtirish hamda xodimlarni lavozim pillapoyasida o‘stirish maqsadida tasdiqlangan shtatlar doirasida qonunchilikka asosan tegishli o‘zgartirishlar kiritish bo‘yicha rahbariyatga takliflar berish huquqiga ega.

G‘aznachilik o‘zining hududiy bo‘linmalari bilan birgalikda O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjetining g‘azna ijrosini amalga oshiradigan maxsus vakolatli moliya organi hisoblanadi.Moliya vazirligi G‘aznachiligining hududiy bo‘linmalari to‘g‘ridan-to‘g‘ri Moliya vazirligi hamda Moliya vazirligi G‘aznachiligiga bo‘ysunadi.



G‘aznachilik va uning bo‘linmalarining tuzilmasi G‘aznachilik rahbariyati tomonidan ishlab chiqiladi va O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan tasdiqlanadi. G‘aznachilik rahbariyati o‘z xodimlari uchun ochiq eshiklar siyosatini qo‘llab-quvvatlaydi. Bu har qanday xodim uchun uning bevosita rahbari o‘ziga bo‘ysunuvchini eshitishga va tegishli tarzda munosabat bildirishga majbur ekanligini anglatadi.Agar bevosita boshliq o‘ziga bo‘ysunadiganni tinglashni xohlamasa yoki tinglay olmasa, boshliqqa bo‘ysunuvchi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Kadrlar boshqarmasiga murojaat qilishi mumkin.Jamoada ishlash va barcha xodimlarning sa‘y-harakatlari muvaffaqiyatga erishish sharti hisoblanadi. G‘aznachilik xayrixohli o‘zaro munosabatlarni ma‘qullaydi va jamoada qulay ijtimoiy-siyosiy muhit saqlab qolinishiga ko‘maklashadi.Xodimlar o‘rtasidagi barcha kelishmovchiliklar ularning bevosita rahbari tomonidan yoki O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Kadrlar boshqarmasining mutaxassislari bilan hamkorlikda hal etiladi.
Qanday bo‘lmasin nizo uchinchi shaxslarga ma‘lum bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaslik kerak. G‘aznachilik xodimlari bir-birlari bilan tovush ohangini balandlatmasdan va bir-birining so‘zini bo‘lmasdan xushmuomalalik bilan munosabatda bo‘ladilar.
G‘aznachilik rahbariyati g‘oyalar, mulohazalar va har qanday takliflar va muammolar bilan murojaat qilgan xodimlarni rag‘batlantiradi.

O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2019 yil 22 oktabrdagi 153-sonli “O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi G’aznachiligi tizimini isloh qilish va tashkiliy tuzilmasini yanada takomillashtirish to’g’risida”gi buyrug’iga asosan G’aznachilikning tashkiliy tuzilmasiga o’zgartirishlar kiritildi. O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi G’aznachiligining Davlat byudjeti bosh boshqarmasi hamda Xodimlar bilan ishlash boshqarmasi bilan birgalikda G’aznachilikning tashkiliy tuzilmasiga o’zgartirish kiritish, funksional boshqaruv jarayonlarini takomillashtirish to’g’risidagi takliflari hamda G’aznachilikning tizimini rivojlantirish bo’yicha 2019-2021 yillarga mo’ljallangan Dastur ishlab chiqildi.2

G’aznachilik tashkiliy tuzilmasiga o’zgartirishlar kiritilishi munosabati bilan: Qoraqalpog’iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri bo’yicha G’aznachilik boshqarmalarining Amaliyot bo’limlari Moliyaviy majburiyatlarni ro’yxatga olish va to’lovlarni amalga oshirish guruhlari bittadan, jami 14 ta;

Andijon, Buxoro, Jizzax, Samarqand, Toshkent va Farg’ona viloyatlari G’aznachiliik boshqarmalarinig G’aznachilik operatsiyalarini monitoring qilish bo’limlari bosh mutaxassis lavozimidan bittadan, jami 6 ta shtat birliklari qisqartirildi.

G’aznachilikning yangi tashkiliy tuzilmasi tasdiqlanishi munosabati bilan 54 shtat birligidan iborat Amaliyot boshqarmasi, 18 shtat birligidan iborat Davlat xaridlarini boshqarish va monitoring boshqarmasi, 11 shtat birligidan iborat Moliyaviy resurslar va hisobotlarni boshqarish boshqarmasi tugatildi.

Men amaliyot o'tagan Ellikqal’a tumani G'aznachilik bo'linmasida ham ushbu buyruqga mos ravishda shtatlar belgilangan ekan. Bo'linmada hozirgi kunda jami 8 nafar xodim faoliyat yuritayapti, ya'ni bo'linma boshlig'i, bo'linma boshlig'i o'rinbosari, buxgalter, moliyaviy majburiyatlarning ijrosi va moliyaviy resurslarni boshqarish guruhi rahbari va insepktori hamda yuridik majburiyatlar va shartnomalarni ro'yxatga olish guruhi rahbari va inspektori mavjud.



Ellikqal’a tuman g’aznachilik bo’linmasi boshlig’i To’rabayev Muxtor bo’linmadagi barcha operatsiyalar ustidan nazoratni amalga oshiradi va xodimlarning o’zaro ish faoliyatidagi tartib-intizom qoidalariga rioya etishlarini ta’minlaydi. Bo’linma boshlig’i o’rinbosari – Abdullayev Jasur Davlat xaridlarini rivojlantirish va monitoringi guruhi rahbari vazifasini amalga oshiradi, ya’ni davlat xaridlari guruhi faoliyati va uni monitoringi guruhi ishi faoliyatini nazoratga olishga mas’ul. Men Ellikqal’a tumani Davlat xaridlarini boshqarish va monitoringi guruhida o’z amaliyotimni o’tadim, guruh boshlig’i Kurambayeva Guljamol bitiruvoldi amaliyot bo’yicha menga rahbar etib tayinlandilar, ulardan guruh ish faoliyati: tumanda joylashgan tashkilotlarning yuridik shartnomalarini ro’yxatdan o’tkazish, mol yetkazib beruvchilar va byudjet tashkilotlari o’rtasida tuzilgan shartnomalarni tekshirib ro’yxatdan o’tkazish, O’zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi axborot tizimida ishlash to’g’risidagi nazariy bilimlarimni amaliyot bilan mustahkamlashga muvaffaq bo’ldim.


Yüklə 1,02 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin