O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti a. A. Karimov


 Ish haqi va boshqa to‘lovlarni hisoblash



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə119/194
tarix21.10.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#158432
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   194
Бухгалтерия ҳисоби 1 қисм (1)

12.5. Ish haqi va boshqa to‘lovlarni hisoblash 
Ishchi va xizmatchilarga ish haqi bo‘yicha hisoblashishlarni olib borish 
buxgalteriya hisobining schyotlar rejasida quyidagi schyotlardan foydalanish 
ko‘zda tutilgan: 
6710-“Mehnat haqi bo‘yicha xodim bilan hisoblashishlar”; 
6720-“Deponentlangan ish haqi”. 
6710-“Mehnat haqi bo‘yicha xodim bilan hisoblashishlar” hisobvarag‘ining 
kredit tomonida mehnat haqi, davlat ijtimoiy sug‘urtasi bo‘yicha nafaqalar
pensiyalar va boshqa shu kabi summalarning hisoblab yozilishi aks ettiriladi. 6710-
“Mehnat haqi bo’yicha xodim bilan hisoblashishlar” hisobvarag‘ining debet 
tomonida hisoblangan mehnat haqini to‘lash va undan ushlanmalar aks ettiriladi.
6720-“Deponentlangan ish haqi” hisobvarag‘ida olinmagan ish haqi 
bo‘yicha xodimlarga bo‘lgan qarzlar aks ettiriladi. 
Mehnat shartnomalariga yoki ishlar bajarish va xizmatlar ko‘rsatish 
predmeti bo‘lgan fuqarolik-huquqiy tusdagi shartnomalarga muvofiq jismoniy 
shaxslarga hisoblanadigan va to‘lanadigan barcha to‘lovlar mehnatga haq to‘lash 
tarzidagi daromadlar deb e’tirof etiladi (Soliq kodeksining 172-moddasi). Ya’ni bu 
holatda daromadlarga mehnat shartnomasiga ko‘ra majburiyatlarni bajarganlik 
uchun haq sifatida olingan daromadlar (ish haqi, mukofotlar va boshqa to‘lovlar), 
shuningdek fuqarolik-huquqiy majburiyatlar – pudrat, o‘zaro xizmat ko‘rsatish, 
topshiriq shartnomalari bo‘yicha to‘lov sifatida olingan haq va boshqalar kiradi. 
Mehnat haqining miqdori ish beruvchi bilan xodim o‘rtasidagi kelishuvga 
binoan belgilanadi (Mehnat kodeksining 153-moddasi). Bunda mehnat haqi qonun 
hujjatlari bilan belgilangan eng kam miqdordan oz bo‘lishi mumkin emas va uning 
eng ko‘p miqdori biron bir tarzda cheklanmaydi. 
Bayram va dam olish kunlarida
ishlaganlik
 
uchun 
ikki baravar
miqdorda 
haq to‘lanadi. Agar xodim buning hisobiga boshqa kuni otgul olsa, bir baravar haq 
to‘lanadi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   194




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin