O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti hisob va audit fakulteti


III BOB. KORXONALARDA MOLIYAVIY INVESTITSIYALAR



Yüklə 455,92 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə16/20
tarix24.10.2023
ölçüsü455,92 Kb.
#160430
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20
investitsiyalar hisobini buxgalteriya hisobining milliy standartlari

III BOB. KORXONALARDA MOLIYAVIY INVESTITSIYALAR 
HISOBINI TAKOMILLASHTIRISH YO’NALISHLARI 
3.1. Milliy standartlar asosida moliyaviy investitsiyalar hisobini 
takomillashtirish masalalari 
Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida investitsiyalarning xo’jalik 
yurituvchi sub’ektlar faoliyatidagi roli ayniqsa oshib bormoqda. Ushbu jarayon 
bozor iqtisodiyotining shakllanish va taraqqiy etish xususiyatlari va 
qonuniyatlari bilan shartlanadi. 
12-sonli «Moliyaviy investitsiyalar hisobi» Buxgalteriya hisobining milliy 
standartining 9-bandiga ko’ra pulga sotib olingan qimmatli qog’ozlarning 
boshlang’ich qiymati o’z ichiga ushbu qimmatli qog’ozlarni sotib olishga ketgan 
xaqiqiy xarajatlarni oladi. Bunday qo’yilmalarni amalga oshirishdagi xaqiqiy 
xarajatlar bo’lib quyidagilar hisoblanadi: 
-Shartnoma asosida sotuvchiga to’lanadigan summa; 
-Brokerlar xizmati, bank xizmatlari uchun to’lovlar, bojlar va boshqa 
xarajatlar. 
Albatta qimmatli qog’ozlarni sotib olish xarajatlari ro’yxati kengayishi va 
o’xshash turdagi xarajatlar kiritilishi mumkin, ammo ular bevosita ushbu aktivni 
sotib olish bilan bog’liq bo’lishi lozim. 12 BHMS da bunday qo’shimcha 
xarajatlarning me’yori keltirilmagan. Umuman, fikrimizcha bunday xarajatlarni 
moddiylik nuqtai nazaridan kelib chiqib hisobda aks ettirish lozim. Bu borada 
xo’jalik yurituvchi sub’ektlarga qo’shimcha xarajatlarning moddiylik darajasini 
aniqlashda mustaqillik berilishi xam variantlardan biri hisoblanadi. Agar 
qo’shimcha xarajatlar summasi shartnoma asosida sotuvchiga to’lanadigan 
summaga nisbatan sezilarsiz summani tashkil qilsa, bu xarajatlarni «Boshqa 
operatsion xarajatlar» tarkibida aks ettirish xam to’g’riroq bo’ladi. Albatta 
moddiylik darajasi hisob siyosatida belgilangan bo’lishi lozim. Ushbu 
darajaning hozirgi davrga mos foizlardagi miqdorda beligilanishi maqsadga 
muvofiq bo’ladi. 


42 
Amaliyotda shunday xol xam bo’lishi mumkinki, korxona moliyaviy 
investitsiyalarni sotib olish to’g’risida qaror qabul qilish maqsadida informatsion 
va maslaxat agentlarining xizmatidan foydalandi, lekin ushbu moliyaviy 
investitsiyalar oxir-oqibat sotib olinmadi. Bunday xolda xam ushbu xarajatlarni 
«Boshqa operatsion xarajatlar»ga olib borish maqsadga muvofiq bo’ladi.
Agar moliyaviy investitsiyalar qarz mablag’lar hisobiga xarid qilinsa 
ularning hisobda aks ettirilishi xam o’ziga xos bo’ladi. Afsuski bu xol xam 12 
sonli BHMS da ochib berilmagan. Bu borada xalqaro standartlar bo’yicha qarz 
mablag’lari hisobiga olingan moliyaviy investitsiyalar boshlang’ich qiymatiga 
ularni kirimga olish davrigacha bo’lgan qarz bo’yicha foizlar summalari ham 
qo’shiladi. Masalan, moliyaviy qo’yilmalarni pulini to’lash vaqtida qarz 
mablag’lardan foydalanilsa, debitorlik qarzining summasi foiz summasiga 
oshiriladi. Moliyaviy investitsiyalarni kirimga olingandan keyingi hisoblangan 
foizlar operatsion xarajat sifatida moliyaviy natijalarga olib boriladi. 
Investitsiyalarni kirimga olishdagi bahosini to’g’ri aniqlanishi moliyaviy 
hisobotdan foydalanuvchilar uchun qanchalik muhim bo’lsa, moliyaviy 
investitsiyalarning tugatilishi, ya’ni qimmatli qog’ozlarni sotilishidagi qiymatini 
aniqlash xam muxim masalalardan biri bo’lib hisoblanadi. Qimmatli 
qog’ozlarning chiqib ketishi ularning qoplanishi, sotilishi, tekinga berilishi, 
boshqa kompaniyalarning ustav kapitaliga qo’yilishi va shu kabilar ko’rinishida 
amalga oshishi mumkin. Moliyaviy investitsiyalarni chiqib ketish sanasi bo’lib 
moliyaviy investitsiyalarning yangi soxibiga mulkchilik huquqi, qo’yilma bilan 
bog’liq risklarni o’tish sanasi hisoblanishi kerak.
Chiqib ketayotgan moliyaviy qo’yilmalar qiymatini aniqlash tartibi 
kotirovkaga ega va ega bo’lmagan qo’yilmalar uchun turlicha bo’lishi darkor. 
Agar chiqib ketayotgan qo’yilma bo’yicha joriy bozor bahosi aniqlanadigan 
bo’lsa, tashkilot tomonidan uning qiymati so’ngi bahoda baholanadi. 
Nazariy jihatdan qimmatli qog’ozlar chiqib ketayotganida xuddi TMZlar 
singari o’rtacha boshlang’ich qiymati yoki FIFO usulida baholanishi mumkin. 
BHMS ga ko’ra moliyaviy investitsiyalar, albatta kotirovkaga ega bo’lgalari, xar 


43 
bir hisobot sanasiga qayta baholanib turishi lozim. Bunday xolda eng xavfsiz 
yul, fikrmizcha FIFO usulini qo’llash bo’lishi mumkin, buni o’ziga xos 
“sirpanuvchi” FIFO usuli deb atash mumkin. Bunda usul qimmatli qog’oz 
chikib ketgan xar bir sanaga qo’llaniladi. 
Agar joriy bozor bahosi aniqlanmaydigan, ya’ni kotirovkaga ega bo’lmagan 
investitsiyalar chiqib ketayotgan bo’lsa, ularning bahosini quyidagi usullardan 
birida aniqlash maksadga muvofiq bo’ladi: 

Investitsiyalar baxgalteriya hisobining xar bir birligining boshlang’ich 
qiymati bo’yicha; 

O’rtacha boshlang’ich qiymati bo’yicha; 

Dastlabki qabul qilingan moliyaviy qo’yilmalarning boshlang’ich qiymati 
bo’yicha, ya’ni FIFO usuli. 
Yuqoridagi usullardan birining qo’llanilishi moliyaviy investitsiyalar 
aloxida guruhlariga nisbatan qo’llanilib, korxonaning hisob siyosatida aloxida 
element sifatida aks ettirilgan bo’lishi lozim. 
Shuni xam ta’kidlab o’tish lozimki, FIFO va AVECO usullarining BHMS 
larda faqat TMZ larga nisbatan qo’llanilishi mumkinligi nazarda tutilgan. Buni 
e’tiborga olgan xolda, FIFO va o’rtacha boshlang’ich qiymat usullarini 
qo’llashda ikkita variant bo’lishi mumkin: tortilgan va sirpanuvchi baholash. 
Sirpanuvchi baholash variantini operatsiya sodir bo’lgan xar bir sanaga nisbatan 
qo’llash imkoniyatini tug’diradi, bu ayniksa kompyuter dasturlaridan 
foydalanilganda eng yuqori samara berishi mumkin. Bu usullar albatta ilgari 
xam mavjud bo’lgan, lekin rasmiy ravishda izoxlanmagan. Sirpanuvchi usulning 
qo’llanilishi nisbatan ishonchlirok natijalarni beradi. Haqiqatdan xam ko’pchilik 
buxgalteriya dasturiy ta’minoti tizimlarida alohida qimmatli qog’oz bo’yicha 
tahliliy ma’lumotlar chiqarilganda ularning aniq mulkdori va ma’lum kundagi 
umumiy qiymatini olish imkoniyati mavjud. Umumiy summani qimmatli 
qog’ozlar soniga bo’lish orqali chiqib ketgan moliyaviy qo’yilma qiymatini 
aniqlash ancha qulay. Bu buxgalteriya dasturlarida xar bir sanada xar bir 


44 
qimmatli qog’ozni chiqib ketishi bilan bog’liq moliyaviy operatsiyaning 
natijasini olish imkoniyatini beradi. 
Umuman olganda mamlakatimiz hisob amaliyoti uchun moliyaviy 
investitsiyalar yangi ob’ekt bo’lganligi bois, ularning hisobini takomillashtirish 
masalalari o’z dolzarbligini namoyon qilmoqda. Bu borada xorijiy mamlakatlar 
tajribasini o’rganish va ular ichidan eng maqbullarini mamlakat hisob tizimiga 
joriy etish foydadan xoli bo’lmaydi degan umiddamiz. 

Yüklə 455,92 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin