O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti biznes moliyasi



Yüklə 0,77 Mb.
səhifə138/216
tarix13.12.2023
ölçüsü0,77 Mb.
#175928
1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   216
Toshkent moliya instituti biznes moliyasi-fayllar.org

MM nima haqda aytmagan
MMning dividendlar va ularning an‘anaviy yondashuvlar hamda real hayotdan farqlari bo‘yicha qarashlarini muhokama qilishni davom ettirishdan oldin aynan nima haqda gapirishganini oydinlashtirib olish maqsadga muvofiq bo‘lar edi.
Ular kompaniya qiymati uchun dividendlarning to‘lanishi yoki to‘lanmasligi ahamiyatsiz ekanligini aytishmagan. Agar aksiyadorlar o‘z aksiyalari uchun hech qachon dividend yoki boshqa pul to‘lovlari olmasa, bunday aksiyalarning qiymati nolgacha tushib ketishi lozim.
Ular to‘lov sxemasi kompaniya qiymatiga ta'sir qilmasligini aytishdi. Kompaniya barcha loyihalarga kapitalning muqobil qiymati bo‘yicha diskontlashdan keyin olingan ijobiy NPV bilan investitsiya qiladi (va salbiy NPV ga ega barcha loyihalarni rad etadi), shuningdek, ertami-kechmi investitsiyadan barcha daromadlar aksiyadorlarga pul shaklida to‘lanadi, to‘lovlar amalga oshirilgan vaqt bu yerda muhim emas. “Ertami-kechmi” ko‘p vaqt talab qilishi mumkin, ammo bu prinsipial jihatdan muhim emas. Hatto biznes likvidatsiyasiga qadar hech qanday pul mablag‘i kelib tushishi kutilmasa, bu o‘z-o‘zidan aksiyalar ularga muntazam dividend to‘lab turilgandagiga nisbatan kamroq qiymatga ega bo‘lishining sababi sanaladi. Shunday qilib, MM biz oldingi bobda muhokama qilgan o‘z kapitali qiymatini baholashda dividend modeli asoslanganligini shubha ostiga qo‘ymaydi.
Amalda, oxirgi dividend avvalgisiga qaraganda (1 + r) n marta ko‘proq ekanligi bois aksiyador uchun muayyan dividend olingan vaqt aslida ahamiyatsiz, bu yerda r - aksiyador uchun kutilgan daromadlilik, n esa - oldingi va keyingi dividendlar o‘rtasidagi kechikish vaqti.
Faraz qilaylik, hozir kompaniya D miqdorda dividend to‘lashi mumkin. U muqobil sifatida ushbu summani loyihaga investitsiya qilishi mumkin, undan n yildan keyin pul oqimi kelib tushadi va o‘shanda dividend sifatida to‘lanadi.
Aksiyadorlar uchun dividend hozir yoki n yildan keyin to‘lanishi muhim emas, chunki eng oxirgi dividend to‘lovi D (1 + r) n bo‘ladi. Bu D (1 + r) n ning D ga teng joriy qiymatga ega ekanligi bilan izohlanadi [ya‘ni, D (1 +r) n / (1 + r) n]. Shunday qilib, hozirgi D dividend yoki n yildan keyingi D (1 + r) n dividend aksiyalar qiymati va aksiyadorlar farovonligi uchun bir xil ta‘sirga ega bo‘ladi.
Agar kompaniyada D (1 + r) n dan ortiq miqdorda unum bilan loyihaga investitsiya qilish imkoniyati bor bo‘lsa edi (ya‘ni, ijobiy NPV li loyihaga), aksiyalar narxi o‘sgan bo‘lardi.
Albatta, MM ta‘kidlaganidek, agar dividendlar to‘lovi bo‘yicha kechikish o‘z xarajatlari dasturiga mos kelmasa, aksiyadorlarda har doim o‘z aksiyalarining bir qismini sotish bilan mustaqil dividend “yaratish”imkoniyati mavjud.
Bu yerda asosiy jihat kompaniyaning aksiyadorlarga tegishli mablag‘larni boshqarishidir. Agar ushbu mablag‘larni u aksiyadorlar nomidan ular o‘z mablag‘larini mustaqil joylashtirgan holatdagiga nisbatan samaraliroq investitsiyalash imkoniga ega bo‘lsa, u holda investitsiyalar o‘zini oqlagan bo‘ladi. Agar bunday imkoniyat bo‘lmasa, kompaniya bu mablag‘larni aksiyadorlarga qaytarib berishi va ular o‘z xohishiga ko‘ra investitsiyalashiga yo‘l qo‘yishi kerak. Aynan shuning uchun investitsiya qarorlarini qabul qilishda kompaniya investitsiyaning muqobil qiymatini diskontlash stavkasi sifatida qo‘llashi kerak. Agar potensial investitsiyalar daromadliligi shu stavkaga yetmasa, mablag‘lar shuni ta‘minlay oladigan aksiyadorlarga qaytarilishi kerak.



    1. Yüklə 0,77 Mb.

      Dostları ilə paylaş:
1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   216




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin