Ierarxiya nazariyasi Menejerlar yangi aksiyalar chiqarishni xohlamaydilar, chunki:
emissiya xarajatlari yuqori;
ko‘plab menejerlar bozorda o‘z kompaniyasining aksiyalari munosib darajada baholanmayapti degan fikrda bo‘ladi;
ba‘zi menejerlar bozor aksiyalar emissiyasini umidsizlik alomati sifatida ko‘radi, deb o‘ylaydi.
Pul mablag‘larini jalb qilishning ketma-ketligi (ierarxiyasi) quyidagicha:
taqsimlanmagan foyda;
qarz mablag‘lari;
oxirgi variant sifatida aksiyalar chiqarish.
Ierarxiya nazariyasini murosa nazariyasiga qat‘i muqobil sifatida emas, ko‘proq sekinlashtiruvchi muqobil sifatida ko‘rib chiqish mumkin.
lerarxiya nazariyasi bo‘yicha mavjud tadqiqotlar uning aniq tasdig‘ini bermaydi.
Amaliy masalalar
Aksariyat kompaniyalar leverejni ishlatishadi, lekin u juda ham yuqori darajada bo‘lmaydi.
Yuqori operatsion leverejga ega kompaniyalar yuqori moliyaviy imkoniyatlardan foydalana olmaydi.
Menejerlar tomonidan yuqori darajadagi leverej kerak emas, lekin aksiyadorlar uchun foydali (agentlik muammosi).
Kompaniyalar o‘zlarining sheriklik darajasi (mijozlar ta‘siri) tufayli sheriklarni jalb qilishi mumkin.
Yuqori soliq stavkalari yuqori leverejga imkon beradi.
Soliq to‘lovlarining miqdori (agar foiz stavkasining soliq chegirmasidan qoniqarli foyda olish imkoni bo‘lsa) leverej darajasiga ijobiy ta‘sir ko‘rsatishi mumkin.
Kompaniya yangi aksiyalarni chiqarishni xohlamasligi mumkin, bu mavjud aksiyadorlarni foydasiz holatga tushirib qo‘yadi.
Mablag‘ jalb qilish bilan bog‘liq nisbiy xarajatlar (emissiya xarajatlari):
Taqsimlanmagan foyda hisobiga o‘z mablag‘larini jalb qilish deyarli hech narsaga arzimaydi.
Huquqlar emissiyasi yoki ommaviy emissiya hisobiga o‘z mablag‘larini jalb qilish juda qimmat.