O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti biznes moliyasi


Modilyani va Miller dividendlar haqida



Yüklə 0,77 Mb.
səhifə136/216
tarix13.12.2023
ölçüsü0,77 Mb.
#175928
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   216
Toshkent moliya instituti biznes moliyasi-fayllar.org

Modilyani va Miller dividendlar haqida
1961-yilda Modilyani va Miller (MM) dividendlar va ularning aksiyadorlarning farovonligiga ta‘siri haqida muhim maqolani chop etdi (Miller and Modigliani, 1961).
O‘tgan boblarda biz juda sodda misolni ko‘rib chiqdik. U direktorlar dividendlar to‘lash haqida tashvishlanishiga hojat yo‘qligini ko‘rsatgan edi. Agar kompaniyaning barcha investitsion loyihalari kapital qiymati bo‘yicha diskontlangan ijobiy NPV bilan amalga oshiriladigan bo‘lsa, aksiyadorlarning farovonligi maksimum darajaga yetadi. Bundan keyin qolgan mablag‘lar aksiyadorlarga dividendlar shaklida to‘lanishi kerak.
Miller va Modilyani bu fikrni ancha rivojlantirishib, kutilayotgan dividendlarni to‘lov sxemasiga aksiyalar qiymati ta'sir qilmasligini ta'kidlashdi. Aksiyadorlar dividend olishni istasa, o‘zlariga tegishli aksiyalarning bir qismini sotish orqali ularni “yaratishi” mumkin. Agar dividendlar o‘z mablag‘larini mazkur biznesda qoldirish niyatida bo‘lgan aksiyadorlarga to‘lanadigan bo‘lsa, ular olingan naqd mablag‘dan fond bozorida kompaniyaning qo‘shimcha aksiyalarini sotib olish uchun foydalanib, dividendlardan voz kechishi mumkin.
MM taklifini misol orqali ko‘rib chiqamiz.


    1. misol



White plc kompaniyasi NPVsi 5 million f. st.ga teng bo‘lgan sof aktivlariga ega. Bunga summasi 1 million f. st. bo‘lgan pul mablag‘lari ham kirib, menejerlarning hisob-kitoblariga ko‘ra, taxminan keltirilgan qiymat bilan 2 mln f. st. pul oqimi loyihaga investitsiya qilinishi mumkin. Kompaniya 1 mln dona oddiy aksiyadan (qarz mablag‘lari jalb qilinmagan) dan iborat kapital bilan moliyalashtirilib, investitsiyalash amalga oshirilgan va dividendlar to‘lanmagan holatda har bir aksiyaning qiymati (5 + 2 -1) mln f.st./ 1 mln = 6 f.st. ni tashkil etadi. Agar 1 mln f. st. miqdorida mablag‘ investitsiyalash o‘rniga dividendlar to‘lash uchun foydalanilgan bo‘lsa, aksiya qiymati (5-1) mln f.st./ 1 mln. = 4 funt bo‘lardi. Bir aksiya egasining daromadi esa naqd pul bilan ifodalaganda 1 f. st. ga teng.
Ayonki, aksiyadorlar foydasi uchun kompaniya loyihaga investitsiya qilishi kerak va buni amalga oshirish zarur. Agar White plc bir vaqtning o‘zida ham dividendlar to‘lashni istasa (mavjud barcha mablag‘lardan foydalangan holda), ham investitsiya qilmoqchi bo‘lsa, u holda qo‘shimcha kapital jalb qilishi kerak bo‘ladi. Kompaniya avvalgidek qarz kapital jalb qilishni xohlamagan holda, kutilayotgan dividend to‘lovi summasida qo‘shimcha aksiyalar emissiya qilishi talab etiladi. Dividendlar to‘lovi va investitsiyalashdan so‘ng biznesning qiymati taxminan 5 million f. st. bo‘lishi kutilgani uchun, bu yangi aksiyalar uchun 5 f. st.ga teng narx belgilanishiga olib keladi (ulardan 200 ming
dona aksiya talab qilingan 1 million f. st. summani jalb qilish uchun zarur).
Bu shuningdek, oddiy aksiyadorlar dividendlar shaklida bitta aksiya uchun taxminan 1 f. st. olishini va bir vaqtning o‘zida 1 f. st. yo‘qotishini anglatadi, chunki bir aksiyaning qiymati dividend to‘lovi yo‘q bo‘lgan holatdagi kabi 6 f. st. o‘rniga endi 5 f. st. ga teng bo‘ladi. Boshqacha aytganda, dividendlar aksiyadorlar farovonligini
o‘zgartirmaydi. Boshqa tomondan, investitsiyalash ularning
farovonligiga sezilarli darajada ta‘sir qiladi.

Yüklə 0,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   216




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin