Biznes moliyasi va buxgalteriya hisobining
bog‘liqligi
Biznes moliyasi va buxgalteriya hisobi (accounting) - bir xil narsalar emas. Buxgalteriya hisobi moliyaviy hujjatlarni yuritish, hisobotlarni muntazam tayyorlash, buxgalteriya balansini tuzish va tahlil qilish, shuningdek, menejerlarga, u yoki bu darajada investorlarga va keng jamoatchilikka axborot yetkazish bilan bog‘liq. U taqdim qiladigan ma‘lumotlarning sifatliligini, informativligini va o‘z vaqtidaligini ta‘minlashi lozim. Shubhasiz, insonlar moliyaviy qarorlarni qabul qilishda, qoidaga ko‘ra, asosan moliyaviy hisobotlarga va buxgalteriyaning bazaviy ma‘lumotlariga tayanadilar. O‘tgan vaziyatlarni o‘rganish kelajakdagi qarorlarni qabul qilish uchun yaxshi qo‘llanma bo‘lishi mumkin. Shuning uchun ham o‘tgan zamonga doir ishonchli axborotning qiymati beqiyos. Biroq, moliyaviy menejerning vazifasi moliyaviy axbortni yetkazishda emas, balki moliyaviy masalalar bo‘yicha qarorlar qabul qilishdan iborat.
Cheklangan boshqaruv lozim bo‘lgan kichik biznesda, buxgalter va moliyaviy menejer vazifalari bir kishi tomonidan amalga oshirilishi mumkin. Yirik kompaniyalarda ular har xil insonlar yoki xodimlar guruhi tomonidan amalga oishriladi. Ajablanarli emas, ko‘pchilik (garchi hammasi emas) moliyaviy menejerlar sobiq buxgalter yoki buxgalterlik ma‘lumotiga ega. Oliy ta‘lim muassasalari va biznes maktablarning o‘quv rejalarida —Biznes moliyasi” fanining roli oshishi munosabati bilan, umuman, moliyaviy menejerlarning chuqur ixtisoslashuvi tendensiyasi kuzatilmoqda.
Mas’uliyati cheklangan kompaniyalar biznesni
yuritish shakli sifatida
Ushbu kitob birinchi navbatda biznes moliyasining Buyuk Britaniya iqtisodiyotidagi xususiy sektor kompaniyalariga ta‘siriga bag‘ishlangan. Ko‘p holatlarda bizning muhokamamiz markazida qimmatli qog‘ozlar ikkilamchi kapital bozorida, masalan, London fond birjasi (London Stock Exchange)da muomalada bo‘ladigan va xususiy (jismoniy) shaxslar hamda moliyaviy institutlar (sug‘urta kompaniyalari, pensiya fondlari va b.)ning keng doirasi tasarrufidagi yirik kompaniyalar bo‘ladi. Kitobning oxirgi boblarida biz ularni mulk egalari boshqaradigan kichik firmalarga murojaat qilamiz, hamda, yirik kompaniyalar kontekstida muhokama qilinadigan savollar kichik biznes kabi iqtisodiyotning muhim sektoriga nisbatan taalluqliligini ko‘ramiz.
Biz yirik yoki kichik firmani ko‘ramizmi - bundan qat'i nazar, mohiyat jihatidan deyarli ularning barchasi mas‘uliyati cheklangan kompaniyalar (limited company) bo‘ladilar. Buyuk Britaniyada mas‘uliyati cheklangan kompaniyalar hisoblanmagan firmalar mavjud (va ular yetarlicha ko‘p). Biroq, ko‘pchilik hollarda bunday firmalar juda kichik (bir yoki ikki kishidan tashkil topadi), yoki advokatlik himoyasi va buxgalteriya hisobi kabi chuqur ixtisoslashtirilgan professional xizmatlarni taqdim etadi
Modomiki, Buyuk Britaniyaning xususiy sektorida mas‘uliyati cheklangan kompaniyalar ko‘pchilikni tashkil etadi, biz aynan ushbu kontekstda biznes moliyasini muhokama qilamiz. Ammo, kitobda sanab o‘tilgan biznes moliyasini tashkil etish prinsiplari yuridik mavqeidan qat‘i nazar barcha korxonalarga bir xilda taalluqli. Amalda jahonning barcha mamlakatlarining xususiy sektorida o‘zining xususiyatlari bilan
Buyuk Britaniyadagi mas'uliyati cheklangan kompaniyalarga o‘xshash firmalar ko‘pchilikni tashkil qiladi.
Dostları ilə paylaş: |