O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti biznes moliyasi


Futbol sharhlovchilari tomonidan o„yinlar natijalarini prognozlash samaradorligi



Yüklə 0,77 Mb.
səhifə89/216
tarix13.12.2023
ölçüsü0,77 Mb.
#175928
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   216
Toshkent moliya instituti biznes moliyasi-fayllar.org

Futbol sharhlovchilari tomonidan o„yinlar natijalarini prognozlash samaradorligi12




1966 yil


1967 yil


1968 yil

Prognozlar soni (jumladan konsensus baho)


15

15

16

Bir sharhlovchi uchun prognozlar soni

180

220

219

Etakchi sharhlovchilar reytingi:







J.Karmaykl


1 (durang)


8

16

A. Biondo


1 (durang)


11

5

X. Dak

8

10

1

Konsensus baho reytingi


1

2

2


Qayd etish kerakki, konsensus baho uch yil uchun barcha kuzatuvchilarning individual baholari va har bir aniq yildagi aksariyat sharhlovchilarning baholariga qaraganda haqiqiy natijalarga yaxshiroq mos kelgan (1966-yilda prognoz aniqligi bo‘yicha ikki sharhlovchi umumiy baholash ko‘rsatkichi bilan tenglashgan, 1967-1968-yillarda esa bir sharhlovchi undan oshib ketgan). Jadvaldan ko‘rinib turibdiki, to‘g‘ri prognoz qilgan alohida sharhlovchilarning natijasi barqaror emas va ba‘zi yillarda ularga omad chopganini istisno etib bo‘lmaydi.

Ehtimol, omad muvaffaqiyatning yagona sababi emasdir, chunki Biondo natijadorligi uch yil davomida o‘rtacha ko‘rsatkichdan oshib ketgan. Lekin hatto u yoki bu ekspert yuqori malakali bo‘lishiga


12 “Chicago Daily News” gazetasidan olindi. qaramay, har uch yilda ham konsensus baho barcha individual baholarni osonlikcha ortda qoldirgan.
Aftidan, ba'zi tahlilchilar boshqalardan ko‘ra mohirona prognoz qilish qobiliyatiga ega. Shuningdek, samaradorlik nuqtayi nazaridan konsensus baho eng malakali shaxsning ko‘rsatkichidan ham ustun turadi.
Bu esa qanday bo‘lishidan qat'i nazar, barcha odamlarning prognozlari birlashtirilganiga qaramay kuzatiladi. Eng kompotent tahlilchilarning individual prognozlari sifatini kamaytirmagan holda, konsensusga erishish maqsadida prognozlarni birlashtirish prognozlash sifatini yaxshilaydi. Biverning taxminicha, bu hatto eng yaxshi tahlilchilarning prognozlariga ta‘sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan o‘ziga xos omillar (masalan, futbol jamoasiga sodiqlik kabi) bilan bog‘liq. Umumiy fikrni shakllantirishda ko‘plab turli odamlar ishtirok etganda, bunday omillarning ta‘siri neytrallashadi. Shunday qilib, konsensus baho har qanday odam taklif qilayotganidan ko‘ra ko‘proq uzoqni ko‘ra oladigan, obyektiv va izchil prognoz hisoblanadi. Bu biz 7-bobda tanishgan aksiyalarga investitsiyalar portfeli samaradorligini eslatadi.
Faqatgina bir umumiy omilni (tizimli risk) qoldirgan holda,
tasodifiy omillar (investitsiyalash uchun - maxsus risk) yo‘qqa chiqadi.
Biver (Beaver, 1998), shuningdek, 30 nafar iqtisodchi tomonidan yalpi ichki mahsulot prognozini rivojlantirishda erishilgan o‘xshash natijalarga ham ishora qiladi. Bu yerda konsensus baho aniqligi bo‘yicha 29 holatda iqtisodchilarning individual baholaridan ortib ketgan va faqatgina bir holatda individual baho bilan bir xil edi.
Yana bir misolni —Kim millioner bo‘lishni xohlaydi?” televiktorinasi kontekstida ko‘rish mumkin. Surovetskiga (Surowiecki 2004) ko‘ra, —do‘stlar” (ularning layoqatidan kelib chiqqan holda ishtirokchining o‘zi tanlaydigan) 65% savollarga to‘g‘ri javob bersa, auditoriya (har safar yetarlicha ko‘p sonli odamlarning tasodifiy saralanmasi) berilgan savollarning 91 foiziga to‘g‘ri javob berishadi. Bu yana portfel ta‘siri bilan izohlanadi. Ishtirokchilar ancha oson va aniqroq savollarga javob topishda yordam berish uchun tomoshabinlarga murojaat qilishini istisno etib bo‘lmaydi, biroq shunday bo‘lsa-da, muvaffaqiyatli javoblardagi bunday tafovut hayratomuzdir.

Yüklə 0,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   216




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin