Toshkent moliya instituti biznes moliyasi-fayllar.org
Aksiyalarni sotib olish va MM konsepsiyasi Kompaniya tomonidan o‘z aksiyalarining qayta sotib olinishi Buyuk Britaniyada ancha odatiy chora bo‘lib, bu tobora keng tarqalmoqda. Osvald va Yang (Oswald and Young 2002-yil) birjada 1995-2000 yillar davrida kotirovka qilingan o‘z aksiyalarining Britaniya kompaniyalari tomonidan sotib olinishini ko‘rib chiqdilar. Ular 2000-yilda aksiyalar qayta sotib olish hajmi 1995 yildagiga nisbatan etti marta ko‘proq bo‘lganini aniqlashdi. AQSHda kompaniyalar mablag‘larining aksariyat qismini dividendlar to‘lovidan ko‘ra aksiyalar sotib olishga yo‘naltirilishi ma‘lum (Grullon and Michaely, 2002). Shu nuqtayi nazardan, aksiyalarni qayta sotib olish kompaniyalar MM tamoyillariga rioya qilayotgani va aksiyadorlarga o‘zlari ularning nomidan foydali investitsiya qila olmaydigan mablag‘larni qaytarayotganiga misol sanaladi.
Ba‘zi kompaniyalar aksiyalarni sotib olishni MM g‘oyalariga yo‘naltirishga moyil. Misol uchun, Marks and Spencer plc kompaniyasi 2004-yil uchun yillik hisobotida shunday bayonot beradi: — Agar pul oqimlari imkon bersa va ayni paytda hech qanday muqobil investitsiya loyihasi mavjud bo‘lmasa, kompaniya aksiyadorlar uchun qimmatlik yaratish maqsadida aksiyalarini qayta sotib oladi” MM buni deyarli o‘zlari yozishi mumkin edi! Elektr jihozlari va axborot texnologiyalari mahsulotlarining chakana savdosi bilan shug‘ullanuvchi Dixons Group plc kompaniyasi (Dixons, Currys, PC World) 2004-yilgi hisobotida shunday xabar qiladi: “Wanadoo shares va Codic International kompaniyalari aksiyalaridan xalos bo‘lgach, Guruh aktivlar va passivlar balansini o‘zgarishsiz qoldirgan hamda kreditorlar va obligatsiya egalarini himoya qilgan holda ortiqcha pul mablag‘larini aksiyadorlarga qaytarish bo‘yicha o‘z siyosatini qayta ko‘rib chiqdi. Direktorlar kengashi bunga 200 million f. st. summaga aksiyalarni sotib olish orqali yanada samaraliroq erishish mumkin degan qarorga keldi. Ushbu qaror Guruhning lizing to‘lovlari bo‘yicha yillik majburiyatlari, uning kredit reytingi va moliyaviy manyovrchanlikni saqlab qolishni talab qiluvchi kelgusi imkoniyatlari hisobga olingan holda qabul qilindi”. Ko‘rib turganimizdek, MM tamoyillari yana amal qilmoqda.
Ayrim kompaniyalar aksiyalar sotib olinishini MM g‘oyalaridan ko‘ra ko‘proq moliyaviy leverij va aksiyalarga daromad ortishi (EPS) bilan bog‘lashadi.
Shubhasiz, aksiyalarni sotib olish o‘z kapital miqdorini kamaytiradi va qarzni qaytarishning boshqa imkoniyati bo‘lmasa, moliyaviy leverijni kuchaytiradi. Agar kompaniya soliqqa tortilgandan keyin daromad miqdoriga mutanosib ravishda ta‘sir etmagan holda ma‘lum miqdorda aksiyalarni qayta sotib olsa, bu aksiyalar daromadini muqarrar ravishda oshiradi. 2003-yilgi hisobotida Arriva plc (asosan, avtobus va temir yo‘l transporti) transport kompaniyasi o‘z aksiyalarini qayta sotib olish to‘g‘risida shunday bayonot bergan: —Kapital tuzilmasini kelgusida yanada optimallashtirish maqsadida qayta sotib olish amalga oshirildi”.
Boots Group plc (kimyoviy ishlab chiqaruvchi) kompaniyasi o‘zining 2004-yilgi hisobotida shunday xabar qiladi: —Bu yil biz moliyaviy strategiyamizni qayta ko‘rib chiqdik va aksiyalarni qayta sotib olish bo‘yicha barqaror dasturi yordamida ikki yil muddatga ortiqcha kapitalni aksiyadorlarga qaytarish orqali qarz majburiyatlarining darajasini oshirish niyatidamiz. Bu bizning balansimiz sifatini yaxshilaydi va aksiya daromadini oshiradi”. Boots kompaniyasining —ortiqcha kapital” ga ishorasi firma naqd pul mablag‘ini foydali qo‘llash yo‘lini topa olmayotganini taxmin qilishga imkon beradi.
Markaziy ko‘chalarda chakana savdo do‘konlari tarmog‘i egasi Next plc 2004-yilgi hisobotida shunday bayonot qiladi: —Bir aksiya uchun foydaning uzoq muddatli o‘sishi bizning asosiy maqsadlaridan biri bo‘lib qolaveradi. Agar bu aksiyadorlarimiz manfaatlarini javob bersa, biz aksiyalarini qayta sotib olishni davom etamiz”.