O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti biznes moliyasi


Buyuk Britaniyadagi sanoat va tijorat kompaniyalari tomonidan



Yüklə 0,77 Mb.
səhifə155/216
tarix13.12.2023
ölçüsü0,77 Mb.
#175928
1   ...   151   152   153   154   155   156   157   158   ...   216
Toshkent moliya instituti biznes moliyasi-fayllar.org

Buyuk Britaniyadagi sanoat va tijorat kompaniyalari tomonidan


Yil


Umumiy soni


O„rtacha qiymati, mln. f.st.


Pul mablag„lari, %


Oddiy aksiyalar,%


Imtiyozli aksiyalar va obligatsiyalar,%

1987

1528

10,8

35

60

5

1988

1499

15,2

70

22

8

1989

1337

20,4

82

13

5

1990

779

10,7

77

18

5

1991

506

20,6

70

29

1

1992

432

13,8

63

36

1

1993

526

13,4

81

16

3

1994

674

12,3

64

34

2

1995

505

64,5

78

20

2

1996

584

52,6

64

35

1

1997

506

53,0

41

58

1

1998

635

46,5

53

45

2

1999

439

53,1

62

37

1

2000

587

182,1

38

61

1

2001

492

58,9

_*

_*

_*

2002

430

58,7

_*

_*

_*

2003

558

33,5

_*

_*

_*

2004

694

45,0

_*

_*

_*




18


yaqinda amalga oshirilgan yutib yuborishlar va birlashishlar

* 2000 yildan keyin ma‘lumotlar chop etilmagan.


1990-yillar oxirida birlashishlarning o‘rtacha qiymati oldingidan ancha yuqori bo‘lgan. So‘nggi yillarda juda yirik kompaniyalar (masalan, etakchi banklar) bilan birlashishlar ko‘p qayd qilingan.

Birlashishni baholash
Xaridorlar tomonidan
Birlashish investitsiyalardan boshqa narsa emas, shuning uchun uni aynan shunday baholash lozim. Birlashgan kompaniyalardan kutilayotgan pul oqimlari birlashish riski, ya‘ni tizimli riskni bozor qanday qabul qilishini hisobga oluvchi kapital qiymati koeffitsiyentiga muvofiq diskontlangan va hisoblangan bo‘lishi kerak.
Baholanishi lozim bo‘lgan pul oqimlari yangi korxonaning barcha oddiy operatsion pul oqimlarini o‘z ichiga oladi. Shuningdek, biz birlashish natijasida yuzaga keladigan nishon-kompaniyaning (yoki
18 Office for National Statistics (2004). Financial Statistics, Table 6.1V dan moslashtirilgan.
xaridorning) keraksiz bo‘lmmalarini sotishdan barcha pul oqimlarini, jumladan, xodimlarni qisqartirish bo‘yicha har qanday xarajatlarni ham hisobga olishimiz kerak. Bunga nishon-kompaniyaning ustav kapitalini sotib olish uchun to‘lanadigan summani ham qo‘shishimiz kerak. Agar barcha to‘lovlar pul mablag‘lari orqali amalga oshirilmasa, unda summa aksiyadorlik kapitali va/yoki obligatsiyalar emissiyasi imkoniyatini, ya‘ni, boshqa teng shart-sharoitlarda pul mablag‘lari jalb qilish uchun aksiyalar (obligatsiyalar) chiqarish evaziga olinishi mumkin bo‘lgan pul mablag‘lari hajmini ham o‘z ichiga olishi kerak.
Agar yuqorida ko‘rsatilganlarni hisobga olgan holda hisoblangan bugungi kundagi qiymat ijobiy bo‘lsa, unda mantiqiy ravishda ushbu investitsiyani amalga oshirish kerak.
Bundan tashqari, odatda, moliyaviy bo‘lmagan omillarni hisobga olish, masalan, potentsial salohiyatga erishish uchun xodimlarni qisqartirishga ruxsat berish kerak. Qaror qabul qilishda bu omillar sof moliyaviy jihatdan muvozanatli bo‘lishi kerak.
Birlashish ob'yektlari aksiyadorlari tomonidan
Nishon-kompaniya aksiyadorlari uchun taklifni baholash xaridor uchun bo‘lgani kabi investitsiya qarori hisoblanadi. Har bir aksiyador o‘z aksiyalarini saqlab qolishdan diskontlangan pul foydasidan taklif qabul qilingan holatda kelajakda erishiladigan diskontlangan pul foydasi mos ravishda ko‘proq bo‘lish-bo‘lmasligini baholashi lozim.
Xodimlarning malaka darajasi va baholash uchun zarur bo‘lgan vazifalarning murakkabligi va u yuqorida ko‘rsatilgan tamoyillarga muvofiq amalga oshiriladimi-yo‘qmi, bular har bir alohida olingan aksiyadorga bog‘liqdir. Yirik investitsiya institutlari mantiqan va maqsadga muvofiq qaror qabul qiladi deb taxmin qilinadi. Xususiy investorlar uchun bu bunday bo‘lmasligi mumkin.
G„arazli va do„stona birlashish
Ko‘plab nishon-kompaniyalar rahbarlari har qanday birlashishga urinishlarni rad etadilar; boshqacha aytganda, birlashish ular uchun “g‘arazli” sanaladi. Buning sabablari turlicha, jumladan, quyidagicha bo‘lishi mumkin:



  • birlashishda tijoriy mantiq yo‘qligi to‘g‘risidagi fikr;



  • tavsiya etilgan narx juda past ekanligiga ishonch hosil qilish;



  • nishon-kompaniyalar direktorlarining o‘z kelajagini himoya qilishga bo‘lgan tushunarli xohish-istagi.



Ko‘plab birlashishlarning bevosita natijasi sifatida nishon- kompaniyadan aksariyat yoki barcha direktorlarning ishdan bo‘shab ketishini aytish mumkin.
G‘arazli birlashishlar keng tarqalgan, lekin ularda kamdan-kam hollarda yirik kompaniyalar ham ishtirok etadi. 2004 yilda chakana savdo sohasidagi tadbirkor British Home Stores Ltd kompaniyasi egasi Filip Grinning Marks and Spencer plc kompaniyasini g‘arazli qo‘lga kiritishga omadsiz urinishi OAV e‘tiborini tortdi.
Lekin tobora ko‘proq birlashishlar g‘arazli emas, balki do‘stona tarzda kechmoqda. Bunday hollarda har ikkala kompaniyaning direktorlari nishon-kompaniyaning aksiyadorlariga taqdim etiladigan shartlarni muhokama qiladilar. Rasmiy taklif qilinganda, nishon- kompaniya ma‘muriyati aksiyadorlarga uni qabul qilishni tavsiya etadi. Aksiyadorlarni taklifni qabul qilishga undash uchun bunday taklifning ahamiyati juda katta. Do‘stona birlashishga misol tariqasida byudjet aviakompaniyasi easyJet plc ning 2002 yil may oyida o‘z raqobatchisi Go Fly Ltd kompaniyasini o‘ziga qo‘shib olishini keltirish mumkin. Yana bir misol - 2003 yil iyul oyida pivo ishlab chiqaradigan Scottish and Newcastle plc kompaniyasi sidr ishlab chiqaruvchi HP Bulmer Holdings plc kompaniyasini yutib yuborgan.

Yüklə 0,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   151   152   153   154   155   156   157   158   ...   216




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin