O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti biznes moliyasi



Yüklə 0,77 Mb.
səhifə151/216
tarix13.12.2023
ölçüsü0,77 Mb.
#175928
1   ...   147   148   149   150   151   152   153   154   ...   216
Toshkent moliya instituti biznes moliyasi-fayllar.org

9.1. Yutib yuborish va birlashish
Birlashishlar, shuningdek korporativ miqyosda qayta tarkiblash bugungi kun korporativ moliyaviy munosabatlarining tarkibiy qismiga aylanib ulgurdi.18 So‘nggi yillarda mavjud kompaniyalarni to‘lig‘icha sotib olish investitsiyalash va o‘sishning ommaviy usuliga aylandi. Masalan, Cadbury Schweppes plc kompaniyasining 2003 yilgi yillik hisobotida quyidagicha deyilgan: —Bir qator xaridlar (acquisitions) yordamida u [Guruh] erishgan pozitsiyasini yanada mustahkamladi va foyda me‘yorini oshirish, mahsulotlar assortimentini yanada dinamik rivojlantirish yoki o‘zining asosiy bozori geografiyasini kengaytirish bo‘yicha o‘z faoliyatini jadallashtirdi. Cadbury Schweppes hisobotining keyingi bir o‘rnida shunday deb yozilgan: —Guruh strategiyasining elementlaridan biri qiymat qo‘shadigan maqsadli xaridlarni amalga oshirishdir”. Barcha kompaniyalar ham bu tarzda rivojlanishni xohlamaydi, ba‘zilari esa zarurat tug‘ilganda yoki odat tusiga olgani uchungina birlashishni amalga oshiradi. Gazeta va jurnallarning —Shahar hayoti” rubrikasida bizga nuqul yirik bir kompaniya boshqa qandaydir kompaniyani o‘ziga qo‘shib olish uchun qilayotgan urinishlari haqida hikoya qilishadi.
Amaliyotda investitsiyalashning bunday usuliga, odatda, boshqa bir kompaniyaning aksiyalarini etarli miqdorda sotib olayotgan qandaydir kompaniya - xaridor (bidder) - murojaat qiladi. Narigi kompaniya esa nishon (yutib yuborish ob‘yekti) (target) deb ataladi, bunda uni nazorat qilish va hatto unga to‘liq egalik imkoniyatini qo‘lga kiritish maqsad qilinadi. Mazkur holat yutib yuborish/egallab olishmi (takeover) yoki birlashish (merger) hisoblanadimi - bu semantik masalasidir. Agar ikkala kompaniya hajmiga ko‘ra teng bo‘lsa va/yoki ularning boshqaruvi
o‘rtasida kerakli natijalar bo‘yicha kelishuv mavjud bo‘lsa, bu holat, odatda, birlashish deb ataladi; boshqa hollarda “egallab olish” (“yutib yuborish”) so‘zi qo‘llaniladi.
Ushbu bobda biz qulaylik uchun holatidan qat'i nazar —birlashish” atamasidan foydalanamiz. Yutib yuborish va investitsiyalashning yanada an‘anaviyroq imkoniyatlari o‘rtasida xaridor nuqtayi nazaridan ayrim yaqqol tafovutlariga qaramay, ushbu ikki instrumentni baholash uchun bir xil bazaviy tamoyillardan foydalanish lozim.
Boshqacha aytganda, agar birlashish natijasida xaridor
kompaniyaning joriy qiymatida sof o‘sish kuzatilsa (sof keltirilgan qiymatning musbat qiymatiga erishiladi), u holda gap uning moliyaviy maqsadlarga erishishi haqida ketganda, bunday birlashishga intilish kerak.

Yüklə 0,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   147   148   149   150   151   152   153   154   ...   216




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin