O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti biznes moliyasi



Yüklə 0,77 Mb.
səhifə153/216
tarix13.12.2023
ölçüsü0,77 Mb.
#175928
1   ...   149   150   151   152   153   154   155   156   ...   216
Toshkent moliya instituti biznes moliyasi-fayllar.org

Sinergiya
Ko‘rib turganimizdek, nazariy jihatdan, birlashishlar
daromadlarning sezilarli darajada ortishi va/yoki risk pasayishi sababli aksiyadorlarga real foyda keltirishi mumkin. Bu ustunliklar, odatda, sinergiya yoki —ikki karra ikki - besh” sindromi sifatida belgilanadi, bularning barchasi qismlarning oddiy yig‘indisidan kattaroqdir.
Ta‘kidlash joizki, ushbu sinergiya ustunliklari xaridor kompaniya aksiyadorlari kabi nishon-kompaniya aksiyadorlariga ham bir xil darajada taalluqli sanaladi. Agar nishon-kompaniyaning aksiyadorlari o‘z aksiyalarini sotishga tayyor bo‘lsalargina, birlashish sodir bo‘lishi mumkin. Ular esa faqat ushbu aksiyalarning joriy bozor qiymatidan (odatda, birja kotirovkasi bo‘yicha) oshib ketadigan boshqa nimadir taklif etilgandagina shunday qiladilar.
Agar fond bozori va xaridor-kompaniya o‘z bahosida turli ma‘lumotlarga asoslanmasa, xaridor kompaniya ma‘muriyati tomonidan e‘tirof etilgan sinergiya ustunliklari tufayligina bunday narx oshishi yuzaga kelishi mumkin.


    1. misolga qaytsak, Target kompaniyasi aksiyalarining joriy bozor narxi 5,83 mln f.st. dan ortishi - bu sinergiya ustunligi qimmat o‘lchovidir. Agar Targetning joriy bozor qiymati faqat 5,83 million funt sterling bo‘lsa, birlashishning sinergetik ustunliklari bo‘lmaydi va moliyaviy nuqtai nazardan u amalga oshmasligi kerak. Agar birlashishdan keyin Target ning bozor qiymati 5,83 million funtdan past bo‘lsa, ammo aksiyadorlarni aksiyalarni sotishga ko‘ndirish uchun ushbu summani Bidder kompaniyasi to‘lashi kerak bo‘lsa, u holda sinergiyadan barcha ustunlik Bidder kompaniyasi aksiyadorlariga emas, balki Target aksiyadorlariga tegishli bo‘ladi. Shunday qilib, Bidder 5,83 mln. f.st. taklif qilishi ehtimoldan yiroq.



    2. Birlashishlarning amaliy jihatlari



Birlashishlarni moliyalashtirish
Birlashish bir tomon boshqa tomonga tegishli aktivlarni sotib olganda, mohiyatan, ochiq bozor operatsiyalari hisoblanishini tushunish muhim ahamiyatga ega. Xaridor kompaniya tomonidan taklif qilinayotgan narx va to‘lov tartibi - bu uning rahbariyati hal qilishi lozim bo‘lgan tanlov masalasidir. Amaliyotda bunday qarorlar ko‘pincha ekspertlardan, odatda, tijorat banklaridan konsultatsiya olgandan so‘ng qabul qilinadi. Moliyalashtirishga kelsak, xaridor nishon-kompaniya aksiyadorlari uchun jozibali va o‘zi uchun maqbul bo‘lgan usulni topishi kerak bo‘ladi.
Birlashishlarni moliyalashtirishning keng tarqalgan yondashuvlari quyida keltirilgan.
Pul mablag„lari
Pul mablag‘larida uni oluvchilar uchun o‘z jozibali jihatlari mavjud, chunki to‘lovning bu usuli oluvchiga sotib olish uchun ham, qayta investitsiyalash uchun ham qo‘shimcha xarajatlarsiz darhol foydalanish mumkin bo‘lgan narsani beradi. Nishon-kompaniya aksiyadorlari o‘z qo‘lida ushlab turishni xohlamaydigan aksiyalar yoki qarz majburiyatlarini olar ekan, ularni pulga aylantirish uchun xarajatlar qilishi kerak bo‘ladi. Boshqa tomondan, aksariyat hollarda pul mablag‘lari oluvchi amalga oshgan kapital o‘sishi uchun soliqqa tortiladi, shunday ekan, ko‘pchilik aksiyadorlar bunday to‘lovdan xursand bo‘lmaydi.
Xaridor nuqtai nazaridan, pul mablag‘lari har doim ham bo‘lmaydi, ularni aksiyalar yoki qarz majburiyatlari chiqarish yoxud boshqa ixtiyoriy shaklda qarz joylashtirish yo‘li bilan olish mumkin, ya'ni, turli sabablarga ko‘ra, jumladan, xarajatlar bois, xaridorlarni unchalik ham jalb qilmaydigan harakatlar talab etiladi.

Yüklə 0,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   149   150   151   152   153   154   155   156   ...   216




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin