-
180 -
Korxona nominal qiymati 1000 birlikka teng, qoplash muddati 10
yil, yillik kupon stavkasi 10% va bir yilda bir marta toʻlanadigan
obligatsiya muomalaga chiqardi. Emissiya hajmi – 100 000 dona.
Obligatsiyalar
nominalga
nisbatan
93,2%
kurs
boʻyicha
joylashtirilgan. Har bir obligatsiyani muomalaga chiqarish boʻyicha
xarajatlar 50 birlikni tashkil etgan. Foyda soligʻi stavkasi 20%. Qarz
mablagʻi qiymatini aniqlang.
Masala ma’lumotlarini 1-formulaga qoʻyib chiqamiz
∑
100
(1 + 𝑅)
𝑡
+
1000
(1 + 𝑅)
10
− (932 − 50) = 0.
10
𝑡=1
Mazkur tenglikni yechish 0,1210 ga teng boʻlgan miqdorni beradi
(tekshirib koʻrish kerak). Shunda foyda soligʻini hisobga olgan holda
obligatsion qarz qiymati 2-formulaga asosan
k
D
=
0,1210
x (1 – 0,2) = 0,0968 = 9,68%.
1-formuladan va keltirilgan misoldan koʻrinib turibdiki, soliqni
hisobga olmasdan obligatsiyaning oldingi bahosi amaliy jihatdan
uning haqiqiy bahosiga va istisno ravishda aniqlanadigan pul oqimiga
bogʻliqlik kasb etmaydi. Oʻz navbatida, 2-formulaga
muvofiq
obligatsiyaning haqiqiy bahosi amaliyotda uni jalb qilishga ketgan
xarajatlarni ham hisobga olgan holda nominaldan (kapital egasi talab
qiladigan nominaldan ham) past narxda boʻlib koʻrinadi. Qarz kapitali
qiymatini pasaytirishning koʻrib chiqilayotgan ta’sir natijasi “soliq
orqali himoya” deb yuritiladi. Lekin agarda firma zarar bilan
ishlayotgan boʻlsa, qarz kapitali bahosi moliyaviy xarajatlarga
mustasno ravishda real imkoniyatlar yoʻqligi sababli oʻzgarmaydi.
Qarz mablagʻlari jalb qilish orqali moliyalashtirishda kapital
bahosini aniqlashda 1-formulaga universal
yondashuv sifatida
qaraladi. Shuning uchun lizing, veksel, kreditlar boʻyicha ham kapital
qiymatini baholashda 1-formuladan foydalanish mumkin. Qarz
mablagʻlari hisobiga moliyalashtirishning murakkab instrumentlari
hisoblangan
konversiyalanadigan
yoki
chaqirib
olinadigan
obligatsiyalar va boshqalar boʻyicha kapital qiymatini baholash
birmuncha murakkab jarayon hisoblanadi.
-
181 -
Kredit bahosi haqida soʻz yuritganda qarz oluvchi tomonidan
kredit jalb qilish va undan foydalanish uchun toʻlanadigan barcha
xarajatlarni nazarda tutish lozim.
Boshqacha aytganda, kredit bahosi
tarkibiy jihatdan kredit shartnomasida belgilangan kredit foiz stavkasi
va bank tomonidan belgilangan qoʻshimcha toʻlovlar, biznesni
rejalashtirish boʻyicha boshqa xarajatlardan tashkil topadi. Bank
tomonidan joriy etilgan kredit boʻyicha toʻlovlarga kredit
buyurtmasini koʻrib chiqish va kreditni rasmiylashtirish uchun haq,
kredit berganlik uchun vositachilik haqi, kredit hisobvaragʻini yuritish
va uni boshqarish uchun toʻlov, kredit boʻyicha oʻtkaziladigan
toʻlovlar boʻyicha
komission haq, mijoz majburiyatlari oʻz vaqtida
toʻliq bajarilmagan holatlarda toʻlanadigan penya kabilarni kiritish
mumkin. Kredit bahosiga ta’sir qiluvchi tashqi omillar sifatida
mamlakatdagi (hududdagi) ijtimoiy-siyosiy holat, Markaziy bankning
pul-kredit siyosati, qayta moliyalash stavkasining oʻzgarishi,
banklararo
raqobat muhiti, kreditga boʻlgan talab darajasi
(iqtisodiyotda kreditning tutgan oʻrni), inflyatsiya darajasi, byudjet-
soliq siyosati (soliq yuki darajasi) va boshqalarni keltirish mumkin.
Ichki omillar sifatida esa tijorat banklarining kredit siyosati, foiz
siyosati, jalb qilingan moliyaviy resurslarning
miqdori va qiymati,
qarz oluvchining moliyaviy holati va kredit tarixi, kredit ta’minoti,
risklilik darajasi, kredit muddati va toʻlash shartlari, kredit
berilayotgan valyuta, kredit miqdori va boshqa shu kabilarni keltirish
mumkin.
31
Dostları ilə paylaş: