•
shaxsni
boshqarish
tizimi,
uning
«men-obrazi».
XX asr 20-yillarining boshlarida shveytsariyalik psixiatr K.G.Yung shaxsning psixologik
xususiyatlarini «ekstraversiya» va «introversiya» tushunchalari or qali ta'riflab
berishni taklif etdi.
Ekstraversiya (yextga — tashqari) shaxsning shunday psixologik xususiyatlarini ko‘rsatib
beradiki, bunda shaxs o‘z qiziqishlarini tashqi omilga, tashqi ob'ektlarga qaratadi, ba'zan buni
o‘z qiziqishlari hisobiga, ya'ni shaxs ahamiyatini pasaytirish hisobiga amalga oshiradi.
Ekstravertlarga xulq-atvorining ta'sirchanligi, imo-ishoralardagi faollik, samimiylik,
tashabbus ko‘rsatish (ba'zan ortiq darajada), ijtimoiy ko‘nikuvchanlik, ichki olamning ochiqligi
xos bo‘ladi.
Introversiya (intgo — ichki) shaxsning o‘z shaxsiy manfaatlariga, ichki olamiga diqqat-
e'tiborining qayd qilinishi bilan ajralib turadi.
Introvertlar o‘zlarining manfaatlarini eng muhim deb hisoblab, uni yuqori darajada
qadrlaydilar. Ular uchun odamovilik, biqiqlik, ijtimoiy passivlik, mustaqil tahlil qilishga
moyillik, yetarli darajada murakkab ijtimoiy adaptatsiya (ko‘nikuvchanlik) xosdir.
Shaxsning tavsifi uning xarakteri, ya'ni insonning xulq-atvorini, uning ishga, narsalarga,
boshqa kishilar va o‘ziga xos munosabatini belgilab beradigan barqaror psixologik xususiyatlari
yig‘indisidir.
Xarakter xususiyatlari muayyan shart-sharoitlardan, hayotning ijtimoiy muhitidan va
shaxsning faoliyat yo‘nalishi xususiyatidan kelib chiqadi va ko‘p jihatdan tabiiy belgilar
temperament bilan belgilanadi.
Tabiiy belgilar bilan bog‘liq bo‘lgan shaxsning psixologik xususiyatlari yana bir muhim
xususiyatni — qobiliyatlarni tashkil etadi.
Qobiliyatlar shaxsning bilimi, ko‘nikmalari va malakalarini hosil qilish tezligi va
uning muayyan turdagi faoliyatini bajarish imkoniyati bilan belgilanadi.
Shaxsning ikkinchi omili yoki tarkibiy qismi uning ehtiyojlari, sabablari, qiziqishlari
tizimidir, ya'ni shaxsning xulq-atvori sabablarini nimalar belgilasa, qabul qilinadigan qarorlarni
tushuntirishga o‘shalar yordam beradi.
Shaxsning ehtiyoji — insonda harakat qilishga intilishni vujudga keltiruvchi biror-bir
narsaning yo‘qligini anglashdir. Uning normal hayot kechirishi uchun ozuqa, uy-joy, ob-havo
zarur bo‘lsa, xotin-qizlar uchun esa ularning ko‘zga tashlanib turishlari uchun chiroyli bezaklar
darkor bo‘ladi.
Kishining o‘zi haqida noto‘g‘ri tasavvurga ega bo‘lishi uning boshqalar bilan
muomalasida ko‘pgina to‘siqlarni vujudga keltirishi mumkin, bu esa, uning xulq-atvorida
ziddiyatlarni keltirib chiqaradi.
Har bir kishi o‘z shaxsini himoya qilish shakllarini hosil qiladi, ba'zan bu ongsiz tarzda yuz
beradi. Mana, ulardan ayrimlari:
Proeksiya — o‘zining salbiy his-tuyg‘ularini, istaklarini, xususiyatlarini boshqa shaxsga
ongsiz ravishda to‘nkashdir. Odatda, mazkur mexanizmning ta'siri ayniqsa, o‘z kamchiliklarini
tushunishga qobiliyatsiz bo‘lgan (o‘ziga oshirilgan baho berish) shaxslarga xosdir.
Dostları ilə paylaş: