Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti iqtisodiyot fakulteti



Yüklə 0,75 Mb.
səhifə15/102
tarix14.12.2023
ölçüsü0,75 Mb.
#180047
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   102
Iqtisodiyot fakulteti “Menejment” kafedrasi-fayllar.org

Intizom jamoaning o‘z oldiga qo‘yilgan vazifani uddalashida muayyan tartib bo‘lishini
ta'minlaydi, umumiy maqsadga erishishga to‘sqinlik qiluvchi tamoyillarni barham toptirishga
yordam beradi.
Intizom shaxsni mazkur jamoada qabul qilingan muayyan xulq-atvor andozasiga olib
kiradi, normal ish yuritish uchun shart-sharoit yaratadi.
Personalni boshqarish sohasidagi o‘zaro bog‘liq harakatlar zanjirida xodimni ishga
olishdan tortib, uning tashkilotdan ketishiga qadar menejerlar vaqtining 50—80%
guruhlardagi faoliyat turlariga sarflanadi. Har qanday rahbar ishining samaradorligi guruhlardagi
ishning o‘ziga xos xususiyatlarini tushunish va menejerlar guruhining a'zosi sifatida to‘g‘ri
harakat qilish va o‘zining guruhdagi ishini boshqarish bilan chambarchas bog‘liqdir. Keyingi
yillardagi tadqiqotlar guruhlarda amal qiladigan va ish ko‘rsatkichlariga ta'sir ko‘rsatadigan
ayrim kuchlarga aniqlik kiritdi.
Kishilar guruhlarda doimiy ravishda bir-birlari bilan bog‘liq ravishda yashaydilar:

bir
guruhning
odamlari
umumiy
me'yorlarga
ega
bo‘ladilar va umum e'tirof etilgan qoidalarni qo‘llaydilar;

guruhlar
bir
xil
vazifalarni
bajarmasliklari
mumkin;

shaxslar ko‘pgina guruhlarda ishtirok etadilar.
Guruh — bu, kishilarning o‘zaro harakati natijasida vujudga keladigan majmuadir. Bu
kishilarning o‘zaro keskin holatini kamaytirib, har kimga o‘z maqsadlariga erishish imkonini
beradi. Ammo, bular korxonada muayyan vazifalarni hal qilish uchun tashkil etiladigan rasmiy
guruhlarning ishida samaraga eri shish uchun yetarli bo‘lmaydi.
Tashkilotdagi guruhlarga xizmat qiladigan maqsadlar xilma-xil bo‘lishi mumkin: ishni
taqsimlash, boshqaruvni amalga oshirish, muammolarni hal qilish va qarorlar qabul qilish; ishni
nazorat qilish mas'uliyatini oshirish. Ayrim guruhlar unchalik rasmiy ahamiyatga ega bo‘lmagan
vazifalarni bajarish uchun ham tashkil etilishi mumkin.



Guruhning samaradorligi deyilganda, guruhning umumiy maqsadlarini amalga oshirish


darajasi tushuniladi:
1. Ma'lumotlarning birinchi qismi kishi diqqatini guruh ishlayotgan muhitga qaratadi.
2. Vazifaning turi guruhning talab qilinadigan hajmi va tarkibini belgilab beradi.
3. Guruhning soni yutuqlar va kamchiliklar o‘rtasidagi "o‘rta miyonalik"ni aks
ettirish ifodasidir.
4. Boshqaruvchi omillar.


Yüklə 0,75 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   102




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin