sinflarning» ahvoli yaxshilanib boradi va ularning ko’pchiligi «yuqori sinf» safini
to’ldirib boradi. J.B.Sey kompensatsiya nazariyasiga asos soldi. Mashinalar dastlab
ishchilarni ishlab chiqarishdan siqib chiqaradi, keyinchalik pirovard natijada esa ish
bilan bandlikni oshiradi va mahsulot ishlab chiqarishni
arzonlashtirish hisobiga ularga katta foyda keltiradi. Uning ifoda etishicha «ishlab
chiqarishdagi texnik yangiliklardan boshqalarga nisbatan ishchilar sinfi ko’proq
manfaatdor». Umuman, iqtisodiy ta’limotlar tarixida J.B.Seyning nomi bozor
iqtisodig’ti sharoitida sinflar manfaati uyg’unligiga cheksiz
ishongan olim sifatida
tilga olinadi.
J.B.Seyning
o’tmishdoshlari
«haqiqiy» boylik yaratadigan iqtisodig’t
tarmoqlarini (merkantilistlar tashqi savdoni, fiziokratlar qishloq xo’jaligini) ajratib
ko’rsatib berishga harakat qilgan. Hatto A.Smit xizmat ko’rsatish sohasidagi
mehnatni unumsiz mehnat, sanoat va savdodagi mehnatni esa kam unumli mehnat,
qishloq xo’jaligidagi mehnatni yuqori
unumli mehnat hisoblangan, negaki unga tabiat
«g’rdam« beradi. J.B.Sey iqtisodig’tning asosiy sohalari - sanoat, qishloq xo’jaligi,
savdo va xizmat ko’rsatish o’rtasidagi «tenglikni» ko’rsatib berdi. Uning fikriga
ko’ra, to’rtta sohaning barchasida boylik yaratiladi, chunki sanoatda ham, qishloq
xo’jaligida ham, savdoda ham, xizmat ko’rsatishda ham foydalilik ishlab chiqariladi.
Hozirgi zamon g’arb iqtisodchilari o’tmishdoshlaridan, birinchi navbatda
J.B.Seydan, ishlab chiqarishning har xil, teng huquqli omillari milliy daromad
yaratadi, degan tushunchani meros qilib olgan. Bunday g’ndashuvning ma’nosi
shundan iboratki, har bir daromad oluvchi bir vaqtning o’zida uni yaratuvchi
hisoblanadi, kasbi va faoliyat sohasidan qat’iy nazar.
Dostları ilə paylaş: