O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti iqtisodiy ta’limotlar tarixi fanidan muammoli ma’ruza matnlari to’plami toshkent 2003


  Ijtimoiy sig’satga munosabat



Yüklə 0,56 Mb.
səhifə53/110
tarix16.12.2023
ölçüsü0,56 Mb.
#183848
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   110
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim-fayllar.org

87 




Ijtimoiy sig’satga munosabat.

«Nufus qonuni to’g’risida tajriba» asarining g’zilishiga U.Godvinning


«Ijtimoiy adolat to’g’risida» ocherki sabab bo’lgan. Unda daromadlarning adolatsiz
taqsilanishi - kambag’allikning asosiy sababidir, deb ko’rsatilgan va taqsimot
mexanizmini takomillashtirish taklif etilgan. T.Maltus esa ijtimoiy sig’satning
hukumat va boshqa jamiyat tashkilotlar tomonidan olib borilishiga qat’iy qarshi
bo’lgan. Uning fikricha, kambag’allarga bo’lgan xayrixohlik ularning ahvolini
yaxshilashga qodir emas, balki faqat vaziyatni keskinlashtiradi. Aholining quyi
tabaqalariga ko’rsatiladigan moliyaviy g’rdam qisqa muddatli samara beradi va shu
bilan aholining o’sishini rag’batlantiradi. Ammo bu unga muvofiq ravishda oziq-
ovqat mahsulotlarining ko’payishiga olib kelmaydi. Demak, umuman olganda,
jamiyat qambag’allashadi. T.Maltusning fikricha, qashshoqlikning asosiy sababi
boshqaruv g’ki notekis taqsimotga bog’liq emas, balki u «tabiiy qonunlar va inson
ehtiroslari», tabiatning xasisligi va odamlarning juda tez ko’payishi bilan bog’liqdir.
Shu boisdan «xalq o’z azob-uqubatlari uchun, birinchi navbatda, o’zini ayiblashi
kerak». Unga hech qanday inqilob va ijtimoiy islohotlar g’rdam bera olmaydi.
Shuning uchun aholining o’sishini va tekinxo’rlikni rag’batlantiruvchi ijtimoiy va
xususiy xayrixohlikdan voz kechish zarur.

Hozirgi zamon iqtisodchilari T.Maltusning ijtimoiy sig’satning ahamiyatiga


bergan bahosiga qo’shilmaydilar. Mehnatga yaroqsiz va kam ta’minlangan aholini
qo’llab-quvvatlash hozirgi zamonaviy jamiyat iqtisodiy sig’satning zarur qismidir.
Bundan tashqari, xayriya faoliyati ijtimoiy va sig’siy barqarorlikni ushlab turish
uchun ham zarur: kambag’allarning ko’payishi bunday barqarorlikka xavf solishi
mumkin. Biroq bunda faol ijtimoiy sig’satning salbiy tomonini ham hisobga olish
zarur: u mehnatga va tadbirkorlik faoliyatiga bo’lgan qiziqishni susaytiradi.

Yüklə 0,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   110




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin