mayda Germaniyaning Trir shahrida tug’ilgan. Uning otasi advokat,
yahudiy bo’lib, 1824 yilda protestantlikni qabul qilgan. Oilasi
davlatmand, madaniy oila bo’lgan. K.Marks Trir shahrida gimnaziyani
tamomlagandan so’ng, dastlab Bonndagi, so’ngra Berlindagi
universitetga kirdi,
yuridik fanlarni, tarix va falsafani o’rgandi. 1841
yilda Epikur falsafasi to’g’risida universitet dissertatsiyasini topshirib,
kursni bitirdi.
1842 yili K.Marks Bonnga ko’chib keldi va shu yilning oktyabrida
«Reyn gazetasi»ning bosh muxarriri bo’ldi va Bonndan Kyolnga ko’chib
o’tdi. 1843 yili birdaniga bir qancha voqea sodir bo’ldi: u muharrirlik
qilgan gazeta yopildi, nemis baronining qizi Jenni Fon Vestfalenga
uylandi, Parijga ko’chib o’tdi.
Keyingi ikki yil (1844-1845) K.Marks
uchun iqtisodiy nazariyani,
falsafani va
ijtimoiy
ogiyani chuqur o’rganishning boshlanish davri
bo’ldi. U G.Geyne, P.Prudon, M.Bakuninlar bilan tanishdi, F.Engels
bilan do’stlashdi.
K.Marks 1845-1848 yillari Bryusselda bo’ldi. O’sha yillari
F.Engels bilan hamkorlikni davom ettirgan holda, «Nemis idealogiyasi»
va «Kommunistik partiya Manifesti»ni yozdi. U 1848 yili Germaniyaga
Kyoln shahriga keldi va «Yangi Reyn gazetasi»ga rahbarlik qildi. U
o’zining gazetasida 1849 yili «Yollanma mehnat va kapital»
asarini
chop etdi. Shundan so’ng Germaniyadan surgun qilindi va boshqa bu
erga qaytib kelmadi. K.Marks avval Parijga keldi, u erda bir oz vaqt
turgandan keyin Londonga borib, umrining oxirigacha (1850-1883) shu
erda yashadi. Aynan Londonda yashagan davrlarda K.Marks o’zining
ko’p sonli asarlarini,
jumladan, hayotining mazmunini tashkil etgan
“Kapital”ni yozdi. K.Marksning iqtisodiy kontseptsiyalari asosan uning
ushbu mashhur asarida berilgan. Uning bu asari to’rt tomdan iborat
bo’lib, birinchi tom 1867 yili nashr etildi, ikkinchi va uchinchi tomlar
K.Marks o’limidan keyin F.Engels tomonidan (ikkinchi tom 1885 yil,
uchinchi tom 1894 yil) chop etildi. To’rtinchi
tom tugallan-masdan qolib
ketdi. Unda K.Marks siyosiy iqtisod tarixini ko’rib chiqmoqchi bo’lgan.
Kapital ishlab chiqarish jarayoni «Kapital»ning birinchi tomining
mazmunini tashkil etadi. Ikkinchi tomda kapitalning muomala jarayoni
tadqiqot etiladi. Uchinchi tomda yaxlit olingan kapitalistik ishlab
chiqarish jarayoniga tavsif beriladi. To’rtinchi tom («Qo’shimcha
qiymat nazariyasi») iqtisodiy ta’limotlar tarixiga bag’ishlangan.
K.Marks «Kapital»ga yozgan so’zboshida: «Asarimning tub maq-
sadi hozirgi zamon jamiyati, ya’ni kapitalistik
jamiyati hara-katining
97
iqtisodiy qonunini ochib berishdir», – deydi. Ushbu tarixiy jihatdan
muayyan jamiyatning ishlab chiqarish munosabat-larini va bu
munosabatlarning paydo bo’lishini, taraqqiy qili-shini va tanazzulga yuz
tutishini ko’rsatib berish K.Marks iqti-sodiy ta’limotining mazmunidir.
Kapitalistik jamiyatda tovar ishlab chiqarish umumiy tus olgan, shu
sababli K.Marksning tadqiqoti ham tovarni tahlil qilishdan boshlanadi.
Qiymat nazariyasi.
Marks ta’limotiga binoan, har bir tovarning
qiymati uni ishlab
chiqarishga sarflangan
ijtimoiy zaruriy mehnat bilan
o’lchanadi
. Bir turdagi tovarni ishlab chiqa-rish uchun turli miqdorda
mehnat sarflanadi. Buning natijasida tovarlar har xil individual qiymatga
ega bo’ladi. Lekin qiymat o’zida ijtimoiy mehnatni
mujassamlashtirganligi sababli, uning miqdori individual mehnat sarflari
bilan emas, balki ijtimoiy zarur mehnat bilan o’lchanadi,
ijtimoiy zarur
ish vaqti bilan belgilanadi. «Iste’mol qiymatiga ega bo’lgan qiymat
miqdori, – deb yozadi K.Marks, – uni ishlab chiqarish uchun kerak
bo’lgan
Dostları ilə paylaş: