O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent Moliya instituti Islomov A. Egamov E



Yüklə 5,04 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə67/72
tarix07.01.2024
ölçüsü5,04 Kb.
#201716
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   72
Iqtisodiy ta\'limotlar tarixi

uchun to’lanadigan haq 
deb talqin qiladi. Uning naza-riyasiga muvofiq
ish haqi ishchining va uning oilasining hayot kechirishi uchun zarur 
bo’lgan tovarlar miqdoriga teng bo’ladi. Ish haqi darajasi mehnat 
unumdorligiga bog’liq bo’lib, u, o’z navbatida, ishlab chiqarishning 
mexanizatsiyalashuvi va texnologik jihatdan ta’minlanishi sababli ro’y 
beradi. Bu hol pirovard natijada ish haqining o’sishiga to’sqinlik qiladi, 
negaki texnik-iqtisodiy taraqqiyot ishchi kuchining doimiy ortiqchaligini 
kel-tirib chiqaradi. Ishchi kuchining ortiqchaligi esa, ishchilar bilan 
kapitalistlar o’rtasidagi munosabatda keyingisiga ustunlik beradi va 
ishchi kuchi o’z qiymatidan past bahoda sotiladi.
Demak, K.Marks bo’yicha, ishchi mehnatini emas, balki ishchi 
kuchini sotdi, bunda «haq to’lanmagan mehnat»ning (aniqlash va 
o’lchash mumkin bo’lgan) ish haqiga aloqasi bo’lmaydi, «haq 
to’lanmagan ishchi kuchi»ni esa aniqlash mumkin emas, negaki bitim 
(kelishuv) bir butun ishchi kuchi qimmatini ayirboshlash yuzasidan 
tuziladi. Kapitalist ish haqini «bitim» tuzilgandan keyin emas, balki 
mehnat jarayoni tugagandan keyin to’laydi. Ishchi o’z ishchi kuchining 
qiymatini ish haqi shaklida olishdan avval kapitalistga ma’lum miqdorda 
mehnat, shu jumladan, qo’shimcha mehnat ham qilishi kerak. Mehnat 
sarfi esa, uning nazariyasiga ko’ra, ish vaqti bilan o’lchanadi. Binobarin, 
ishchi kuchining ma’lum muddat davo-mida unumli mehnat qilishi 
uning qiymatiga haq to’lash sharti bo’lib qoladi. 
K.Marks fikri bo’yicha, real ish haqi «hech qachon mehnat unum-
dorligi kuchining oshishi bilan mutanosib tarzda o’smaydi» va natijada 
ishchilarning kambag’allik va ma’naviy qashshoqligi kelib chiqadi. 
Lekin tajriba bunday qarashlarning mutloq noto’g’-ri ekanligini 
ko’rsatib berdi. Kapitalizm nafaqat texnologiyalar darajasini 
takomillashtirib bordi (buni Marks tan olgan) balki ijtimoiy masalalar 
bo’yicha ham katta yutuqlarni qo’lga kiritdi. 
Foyda va foyda me’yori.
K.Marksning foyda nazariyasining o’ziga 
xos xususiyati shundan iboratki, daromadning bu turi, tad-birkorlarning 
har qanday daromadi singari, ishchi kuchini ekspluatatsiya qilish 
natijasida vujudga keladigan qo’shimcha qiymatning tashqi, ya’ni 
o’zgargan shakli hisoblanadi. Bu erda, D.Rikardodan farqli o’laroq, gap 
101


nafaqat foyda me’yori to’g’-risida, balki uning qo’shimcha qiymat 
me’yoridan farqi, o’ziga xosligi to’g’risida boradi. «Avanslangan butun 
kapitalning mah-suli bo’lib ko’ringan qo’shimcha qiymat foydaning 
o’zgargan shakliga kiradi». 
«Kapital» I tomining mazmuniga ko’ra, korxonalarda yoki 
iqtisodiyot tarmoqlarida o’zgaruvchi kapital va mehnatning hissasi 
qancha ko’p bo’lsa, qo’shimcha qiymat miqdori shuncha ko’p bo’ladi, 
lekin kapitalning uzviy tuzilishi qancha yuqori bo’lsa, ya’ni 
korxonalarning mexanizatsiyalashuvi yoki tarmoqlarning mashina va 
asbob-uskunalar bilan qurollanish darajasi yuqori bo’lsa, qo’shim-cha 
qiymat miqdori shuncha kam bo’ladi. «Kapital» III tomida esa, K.Marks 
«
qo’shimcha qiymat me’yori
» va «
foyda me’yori
» tushun-chalarining 
farqini bilishni tavsiya etadi. Agar birinchisi, uning tomonidan, 
qo’shimcha qiymatning o’zgaruvchi kapitalga bo’lgan nis-bati sifatida 
ko’rilsa, ikkinchisi esa (gap qo’shimcha qiymatning «o’zgargan shakli» 
to’g’risida borar ekan) qo’shimcha qiymatning ja-mi kapitalga, ya’ni 
o’zgaruvchi va doimiy kapitalga bo’lgan nisbati sifatida qaraladi. 
K.Marks ta’limotiga binoan foyda me’yori pasayishga mo-yil. 
Bunday moyillik, uningcha, Rikardo-Mill ko’rsatib berga-nidek, 
demografik omillar va tuproq unumdorligining pasayishi «qonuni» 
keltirib chiqaradigan hayotiy zaruriy mahsulotlar baho-sining oshishi 
sababli emas, balki kapitalning uzviy tuzilishi-dagi umumiy kapitalda 
o’zgaruvchi kapital hissasining pasayishi tufayli kelib chiqadi. 
Bundan tashqari, «qo’shimcha qiymat me’yori» va «foyda 
me’yori» tushunchalaridan foydalangan holda, K.Marks erkin raqobat 
sharoitidagi bozor iqtisodiyoti xo’jalik mexanizmi «sir-asrorlarini» 
yaxshi tushunganligini namoyish etdi. Masalan, qo’shimcha qiymat 
nazariyasi «mantig’i» bo’yicha, ish kuni qancha uzun bo’lsa, 
qo’shimcha qiymat massasi va ekspluatatsiya me’yori shuncha yuqori 
bo’lishi kerak. Lekin «qo’shimcha ish vaqtini» uzaytirish yo’li bilan 
qo’shimcha qiymatni ko’paytirish usulini K.Marks yaxshi va to’g’ri usul 
deb hisoblamaydi. «Absolyut qo’shimcha qiymat» olib keluvchi bunday 
usul, boshqa barcha sharoitlar bir xil bo’lganda, ortiqcha xarajatlarni 
keltirib chiqarishi, har bir ish soati unumini pasaytirishi mumkin, 
ishchilar noroziligining muqar-rarligi to’g’risida gapirmasa ham bo’ladi. 
Buning ustiga, «Kapi-tal» muallifi, ish kunining faqat oxirgi soatida 
kapitalist uchun foyda yaratiladi degan N.Seniorning «oxirgi soat 
nazariya-sini» qattiq tanqid qildi. Uning tasdiqlashicha, zaruriy ish 
vaqtining qisqarishiga qaramasdan, mehnat unumdorligining oshi-shi 
102


«nibiy qo’shimcha qiymatni» olib kelgach, bir vaqtning o’zida 
qo’shimcha qiymat me’yorining pasayish tendentsiyasini kuchay-tiradi. 
Shunday bo’lsa-da, har bir kapitalist intuitiv tarzda foyda me’yorini 
ko’paytirishga intiladi. «Foyda me’yori, – deb yozadi K.Marks, – 
kapitalistik ishlab chiqarishni harakatlanti-ruvchi kuchdir; foyda olib 
ishlab chiqarish mumkin bo’lgan narsa-gina ishlab chiqariladi». 
Foyda me’yori hamisha qo’shimcha qiymat me’yoridan kam 
bo’ladi. Buning sababi shundaki, uni hisoblaganda qo’shimcha qiy-mat 
butun kapitalga nisbatan olinadi, qo’shimcha qiymat me’yorini 
hisoblaganda esa, qo’shimcha qiymatning faqat o’zgaruvchi kapitalga 
bo’lgan nisbati olinadi. Chunki qo’shimcha qiymat, K.Marks ta’li-
motiga ko’ra, faqat o’zgaruvchi kapitalning funktsiyasi hisoblanadi. 
«Yuqori uzviy tuzilishdagi» kapital (ya’ni doimiy kapi-talning 
o’zgaruvchi kapitaldan ko’pligi o’rtacha ijtimoiy me’yordan oshiq 
bo’lsa) o’rtachadan kamroq foyda me’yori beradi. «Past uzviy 
tuzilishdagi» kapital esa o’rtachadan oshiqroq foyda me’yorini beradi. 
Kapital o’rtasidagi raqobat, kapitalning erkin sur’atda bir tarmoqdan 
ikkinchi tarmoqqa (kam foyda beradigan tarmoqdan yuqori foyda 
beradigan tarmoqqa) oqib o’tishi har ikki holda ham o’rtacha foyda 
me’yorini keltirib chiqaradi. Muayyan jamiyatdagi barcha tovarlar 
qiymati miqdori tovarlar bahosining miqdoriga to’g’ri keladi. Lekin 
ayrim vaziyatlarda tovarlar raqobat ta’siri ostida o’z qiymati bilan 
sotilmaydi, balki 

Yüklə 5,04 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   72




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin