O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent Moliya instituti Islomov A. Egamov E



Yüklə 5,04 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə70/72
tarix07.01.2024
ölçüsü5,04 Kb.
#201716
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   72
Iqtisodiy ta\'limotlar tarixi

 
Ijtimoiy formatsiyalar nazariyasi. 
K.Marksning asosiy il-miy 
yutuqlaridan biri shundan iboratki, u ijtimoiy-iqtisodiy formatsiyalar, 
ularni tashkil etuvchi elementlar, formatsiyalarning almashuv sabablari 
to’g’risida ta’limot yaratdi. U uch yirik (ijti-moiy-iqtisodiy formatsiyani) 
ijtimoiy taraqqiyot bosqichini ko’rsatib berdi. 
1. Arxaik (birlamchi) formatsiya: sinfiy jamiyatgacha bo’lgan 
jamoa. 
2. Iqtisodiy (ikkilamchi) formatsiya: sinfiy jamiyat; xusu-siy 
mulkchilikka asoslangan antik, feodal va kapitalistik ishlab chiqarish 
usuli. 
3. Kommunistik formatsiya: kishining kishi tomonidan zulm va 
ekspluatatsiya qilinishi muammosini hal qiluvchi sinfsiz jamiyat. 
K.Marks ta’limotiga ko’ra, bir formatsiyadan ikkinchisiga o’tish 
ijtimoiy inqilob orqali amalga oshadi, ya’ni «kapitalizm qobig’i 
portlaydi», eski ishlab chiqarish munosabatlari emirilib, ijtimoiy 
tizimning yangi iqtisodiy bazisi shakllanadi. 
Agar industrial jamiyatning dastlabki bosqichlarida kapi-talistik 
munosabatlar iqtisodiy o’sishni rag’batlantirsa, keyin-chalik bu 
munosabatlar iqtisodiy o’sishning «kishaniga» aylanadi, zamon talabiga 
javob bera olmaydi. Uning nazariyasiga ko’ra kapitalizm halokatga yuz 
tutadi. Chunki u o’zining ichki ziddiyat-larini echishga qodir emas. 
Uningcha, kapitalizm o’rniga dolzarb muammolarni echa oladi-
gan, sanoat tsivilizatsiyasi yutuqlaridan unumli foydalanish imkonini 
beradigan yangi, ancha takomillashgan jamiyat kelishi kerak. K.Marks 
ortiqcha ishlab chiqarish, ishsizlik va kambag’al-likni stixiyali bozor 
iqtisodiyotining muqarrar hamrohi hisob-langan bo’lsa, kelajakda 
bo’ladigan ancha takomillashgan iqtiso-diyot esa, ijtimoiylik asosida 
tashkil etilgan bo’lishi, yagona reja bo’yicha ishlashi kerak. Uning 
tasdiqlashicha, bunday jamiyatda «oldindan ongli tarzda tuzilgan reja 
bo’yicha ijtimoiy ishlab chiqarishni amalga oshirish uchun imkon 
tug’iladi». 
Shu narsani qayd qilib o’tish kerakki, kapitalizmning muqar-rar 
halokati to’g’risidagi K.Marks dalillarida asosiy narsa jamiyatdagi 
sinflar o’rtasida daromadlar taqsimotining bozor tamoyili buzilganligida 
emas, balki bu tizimning to’la ish bilan bandlikni ta’minlay olmasligi, 
109


mustamlakadagi ekspluatatsiyaga va urishlarga bo’lgan moyilligi 
hisoblanadi. U, sotsializm va kommunizmni ijtimoiy jihatdan ideal 
hisobladi, ularni noantagonistik kommunistik jamiyatning fazalari deb 
atadi. K.Marks nazariyasiga binoan, kommunizm – ishlab chiqarish 
vosita-lari bir butun umumxalq mulki hisoblangan, jamiyatning barcha 
a’zolari ijtimoiy jihatdan batamom teng bo’lgan sinfsiz tuzum. 
Ammo K.Marksning sinfsiz jamiyat ideallari tantanasiga bo’lgan 
qat’iy ishonchi, eng avvalo, klassik iqtisodiy maktabning sinflar 
nazariyasiga asoslanadi. U o’zini klassiklarning davom-chisi hisoblagan 
holda, haqiqatan ham, iqtisodiy o’sish muammosi bilan, xususan, 
farovonlikning va daromadlarning o’sishi hamda daromadlarning 
mehnat, kapital va er egalari o’rtasida, ya’ni sinflar o’rtasida 
taqsimlanish muammosi bilan shug’ullandi. Le-kin uning sinflar 
nazariyasidagi markaziy g’oya sinfiy kurash hisoblanadi. «Hozirga 
qadar o’tgan hamma jamiyatlar tarixi, – deb yozadi K.Marks, – sinflar 
kurashi tarixidir. Hur va qul, patritsiy va plebey, pomeshchik va 
krepostnoy, usta va xalfa, qisqasi, zolim va mazlum o’rtasida doim 
antagonizm bo’lib keldi; ular har doim goh yashirin, goh ochiq bir-biriga 
qarshi kurash olib bordi. Bu kurash har safar butun jamiyatni inqilob 
asosda boshqatdan qurish bilan yoxud kurashuvchi sinflarning umumiy 
halokati bilan tuga-di». Markscha, o’zining kuchayib borayotgan 
ziddiyatlari bilan ka-pitalistik jamiyat ham istisno hisoblanmaydi:
turmush daraja-si muttasil pasayib borayotgan sanoat ishchilari sinfi 
kapita-lizm «go’rkoviga» aylanib boradi. K.Marksning bashorati to’g’ri 
chiqmaganligini hayotning o’zi ko’rsatdi. Kapitalizm yangi real hayotga 
moslasha bildi va ancha yuqori iqtisodiy o’sishni ta’minlay oldi. 
Umumiy xulosa qilib shuni aytish mumkinki, J.S.Mill va K.Marks 
ijodi U.Pettidan boshlangan klassik iqtisodiy maktab-ning 
yakunlanganligini bildiradi. Mazkur maktabning asosiy qoidalari 
quyidagilardan iborat: 
1.
Inson faqat o’z foydasiga, o’z ahvolini yaxshilashga in-tiluvchi 
kishi sifatida ko’riladi.
2.
Iqtisodiy bitimda ishtirok etuvchi barcha tomonlar qo-nun 
oldida ham, shuningdek, uzoqni ko’zlab ish yuritishda ham erkin va 
barobar. 
3.
Har bir iqtisodiy sub’ekt har qanday bozordagi baho, foyda, ish 
haqi va renta to’g’risida to’liq ma’lumotga ega. 
4.
Bozor resurslarning to’la harakatini ta’minlaydi: mehnat va 
kapital bir zumda kerakli joyga oqib o’tishi mumkin. 
110


5.
Ish haqi bo’yicha ishchilar sonining elastikligi birdan kam emas. 
Boshqacha qilib aytganda, ish haqining har qanday oshishi ishchi kuchi 
sonining ko’payishiga olib keladi, ish haqining har qanday kamayishi 
esa, ishchi kuchi sonining kamayishiga olib keladi. 
6.
Kapitalistning birdan bir maqsadi kapitaldan kela-digan foydani 
maksimallashtirish hisoblanadi. 
7.
Mehnat bozorida pulli ish haqi mutlaq moslashuvchan bo’ladi 
(uning miqdori faqat talab va taklif nisbati bilan aniqlanadi). 
8.
Boylikni ko’paytirishning asosiy omili kapital jam-g’arilishi 
hisoblanadi. 
9.
Raqobat takomillashgan bo’lishi, iqtisodiyot esa dav-latning 
haddan tashqari aralashuvidan erkin bo’lmog’i kerak. Bun-day sharoitda 
«ko’rinmas qo’l» resurslarning optimal taqsimla-nishini ta’minlaydi. 
10.
Kapitalizm o’rniga dolzarb muammolarni echib berishga, 
sanoat tsivilizatsiyasi yutuqlarini eng yaxshi shaklda realizatsiya 
qilishga imon beruvchi jamiyat keladi. 

Yüklə 5,04 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   72




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin