Iqtisodiy tsikllar.
K.Marks tugallangan, yaxlit iqtisodiy tsikllar
nazariyasini yaratgan emas. Uningcha, inqirozlar – bu «kapitalizmning
asosiy ziddiyatlarining» namoyon bo’lishidir. Xo’jalikdagi anarxiya
ishlab chiqarish strukturasi bilan iste’mol strukturasi doimo mos
kelmasligini keltirib chiqaradi. Rivoj-lanishning tsiklli xarakterda
bo’lishi, ortiqcha ishlab chiqarish inqirozining muqarrarligi kapitalistik
iqtisodiyotga xos xis-latdir. Markscha iqtisodiy tsikllar nazariyasi uning
kapital jamg’arilishi tahlili asosida ko’rilgan. Tsiklli jarayon, K.Marks
bo’yicha, yuksalishdan boshlanadi. Yuksalish davrida mehnatga bo’lgan
talab (jamg’arish sababli) uning taklifidan oshib ketadi; ishsizlik
tugatiladi va ishchi kuchining nisbatan etishmasligi ish haqining
oshishiga olib keladi; natijada foyda kamayadi va jam-g’arish
sekinlashadi. Kapital jamg’arilishi me’yorining pasayishi yalpi talabning
kamayishiga va shunga muvofiq bozor kon’yunk-turasining pasayishiga
olib keladi. Bunday inqirozli vaziyatda kapital qimmati qadrsizlanadi,
ishsizlik esa qaytadan ko’payadi va u ish haqining pasayishini keltirib
chiqaradi. Bu hol ishlab chiqarishning foydaliligini qayta tiklaydi,
jamg’arishni qayta-dan boshlash uchun sharoit yaratib beradi; inqiroz bir
vaqtning o’zida ham buzadi, ham tuzatadi. Inqirozlar «hamma vaqt
mavjud ziddiyatlarning faqat vaqtincha zo’rma-zo’raki hal qilinishidan,
zo’rma-zo’raki portlashlardan iborat bo’lib, ular buzilgan muvo-zanatni
bir lahzada tiklaydi». Inqiroz tsiklni tugallaydi va yangi navbatdagi tsikl
boshlanadi. Bu tsikl davri mobaynida in-novatsiya va yangi ish joylarini
tashkil etish bilan birga iqtisodiyot tarkibini qayta qurish, jamg’arish
jarayonida foyda me’yorining pasayish tendentsiyasi va kapital
qimmatining qadr-sizlanishi, ishsizlar armiyasining ko’payishi va ish
haqining pasayishi qaytadan kelib chiqquncha va inqirozli vaziyat
yuzaga kelguncha davom etadi.
K.Marks Sey qonunini tanqid qiladi. Bu qonunga muvofik tovarlar
taklifi avtomatik tarzda o’ziga talabni keltirib chi-qaradi Boshqacha
106
aytganda, tovarlarni sotishdan tushgan daromad ularni sotib olish uchun
xarajatga aylanadi. K Marks tovarlarni sotish (T-P) va sotib olish (P-T)
aktlari makon va zamonda mos tushmasligini ko’rsatib berdi (tovar
qiymati pulda saqlanadi). «Hech kim zudlik bilan sotib olishga majbur
emas, chunki uning o’zi nimanidir sotgan». Demak, yalpi xarajatlar
yalpi daromad-lardan kam bo’lganda ortiqcha ishlab chiqarish inqirozi
mumkin-ligi kelib chiqadi, ya’ni tsiklli rivojlanishga olib keladi.
K.Marksning ko’rsatib berishicha, iqtisodiy tsikllarning moddiy
asosi kapitalning vaqti-vaqti bilan yangilanib turishi zarurligi
hisoblanadi (har 5-10 yilda). Bunda texnika taraqqiyoti asosiy
kapitalning ma’naviy eskirishi natijasida yangilanib turish muddatini
qisqartirishi mumkin. Texnik kashfiyotlar va innovatsiyalar
davriyligining xo’jalik jarayoniga bo’lgan ta’siri tahlili tsikllar
nazariyasining keyingi rivojlanishiga katta ta’sir ko’rsatdi.
Iqtisodiy determinizm.
K.Marksning iqtisodiy nazariyasi uning
ijtimoiy qarashlari bilan, ayniqsa, ijtimoiy rivojla-nish kontseptsiyasi
bilan bevosita bog’liq. Keyingisining shakl-lanishi jarayonida u uch
asosiy ilmiy manbaga: Smit-Rikardoning ingliz klassik siyosiy
iqtisodiga, Gegel-Feyrbaxning nemis klassik falsafasiga va frantsuz
utopik sotsializmiga asoslanadi. Markscha ijtimoiy rivojlanish
sxemasida markaziy o’rinda iq-tisodiy determinizm («tarixni
materialistik tushunchasi») tura-di. K.Marks ijtimoiy rivojlanishga va
uning tarixiga tatbiq etilgan determinizmning asosiy qoidalarini
«Siyosiy iqtisod tanqidiga doir» asarida quyidagicha aniq va to’liq
ifodalab beradi:
«Kishilar o’z hayotlarida ijtimoiy jihatdan ishlab chiqa-rishda
muayyan, zarur o’zlarining irodalariga bog’liq bo’lmagan
munosabatlarda-ishlab chiqarish munosabatlarida bo’ladilar, bu
munosabatlar ularning moddiy ishlab chiqaruvchi kuchlari
taraqqiyotining muayyan bosqichiga muvofiq keladi. Bu ishlab chiqarish
munosabatlarining yig’indisi jamiyatning iqtisodiy tuzilmasini, real
bazisini tashkil etadi, yuridik va siyosiy ustqurma shu real bazis ustiga
quriladi hamda ijtimoiy ongning muayyan shakllari shu bazisga muvofiq
keladi. Moddiy hayotni ishlab chiqarish usuli umuman hayotning
ijtimoiy, siyosiy va ruhiy jarayonlariga sababchi bo’ladi. Kishilarning
ongi ularning bor-lig’ini belgilamaydi, balki aksincha ularning ijtimoiy
borlig’i ularning ongini belgilaydi. Jamiyatning moddiy ishlab chiqa-
ruvchi kuchlari o’z taraqqiyotining ma’lum bosqichida mavjud ishlab
chiqarish munosabatlariga yoki – buning yuridik ifodasigina bo’l-gan –
107
mulkchilik munosabatlariga zid bo’lib qoladi; ular shu payt-gacha
mazkur munosabatlar bag’rida rivojlanib kelgan edi. Bu munosabatlar
ishlab chiqaruvchi kuchlarining rivojlanish shakl-laridan ularning
kishaniga aylanadi. Ana shu vaqtda ijtimoiy inqilob davri boshlanadi.
Iqtisodiy asos o’zgarishi bilan butun bir g’oyat katta ustqurmada ham
ozmi-ko’pmi tezlik bilan tub o’zgarish yuz beradi… Ayrim odam haqida
uning o’zi to’g’risidagi fikriga qarab xulosa chiqarish mumkin
bo’lmagani singari, bunday o’zgarish davri to’g’risida ham shu davrning
ongiga qarab hukm chiqarish mumkin emas. Aksincha, bu ongning
sababini moddiy hayot ziddiyatlaridan, ijtimoiy ishlab chiqaruvchi
kuchlar bilan ishlab chiqarish munosabatlari o’rtasida bo’ladigan
ixtiloflardan top-moq kerak… Burjua ishlab chiqarish munosabatlari
ijtimoiy ish-lab chiqarish jarayonining so’nggi antagonistik shakli
hisoblana-di,… lekin burjua jamiyatning bag’rida rivojlanayotgan ishlab
chiqaruvchi kuchlari shu bilan birga bu antagonizmni echish uchun
moddiy sharoit yaratadi».
Demak, K.Marksning nazariy kontseptsiyasida ishlab chiqarish
shakli o’zining maxsus xususiyatiga, o’zining ichki mantig’iga ega.
Ishlab chiqarishning rivojlanishi bilan yangi munosabatlar kelib chiqadi.
Ishlab chiqarish munosabatlari yig’indisi jamiyatning moddiy bazisini
tashkil etadi, unga jamiyat ustqurmasi: huquq, idealogiya, siyosat, din va
boshqalar bog’liq bo’ladi. Huquq, siyosat, din bazis tomonidan
boshqarilib turiladi. Ishlab chiqarish omillari yig’indisi jamiyatning
ishlab chiqaruvchi kuchlarini tashkil etadi. Industrial tizimi ishlab
chiqaruvchi kuchlarining muhim elementi deb K.Marks ishlab chiqarish
vositalarini, eng avvalo, mehnat qurollarini, mashina va asbob-
uskunalarni hisob-lagan. Jamiyatning ishlab chiqaruvchi kuchlarining
rivojlanishi (ya’ni hozirgi zamon tushunchasida iqtisodiy o’sish) ishlab
chiqarish munosabatlarining (yoki ijtimoiy-iqtisodiy tuzumning)
takomillashuvini taqozo etadi. U, o’z navbatida, ishlab chiqaruvchi
kuchlarining rivojlanishiga faol aks ta’sir ko’rsatadi, iqtiso-diy o’sishiga
imkon berishi yoki to’sqinlik qilishi mumkin. Ijti-moiy organizmning
ikki tomoni o’rtasidagi o’zaro aloqa juda murakkab, ko’p qirrali va
ziddiyatlidir. Iqtisodiyot yagona aniq-lovchi omil hisoblanmaydi.
Jamiyatda amal qiluvchi ijtimoiy qonunlar ishlab chiqa-ruvchi
kuchlar bilan ishlab chiqarish munosabatlari o’rtasidagi hamda ideologik
va siyosiy ustqurma bilan bazis o’rtasidagi muvofiqlik tamoyilni
ifodalab beradi. Bunday muvofiqlik tamoyilning amal qilishi iqtisodiy
o’sishga olib keladi, ishlab chiqarish munosabatlarining iqtisodiy
108
o’sishiga to’sqinlik qili-shi esa bunday tamoyilning buzilganligini
bildiradi. Shu bois, K.Marks fikricha, ular ijtimoiy taraqqiyot
dialektikasiga muvo-fiq o’z o’rnini boshqa progressiv ishlab chiqarish
munosabatlariga bo’shatib berishi kerak.
Dostları ilə paylaş: |