O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent Moliya instituti Islomov A. Egamov E



Yüklə 5,04 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə65/72
tarix07.01.2024
ölçüsü5,04 Kb.
#201716
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   72
Iqtisodiy ta\'limotlar tarixi

ijti-moiy zarur mehnat miqdori bilangina
, ya’ni 
ijtimoiy zarur 
ish vaqti bilangina belgilanadi
. Har bir ayrim tovar o’z jinsidan bo’lgan 
tovarlarning faqat o’rtacha nusxasi sifatida ahamiyatga egadir». 
Ijtimoiy 
zarur ish vaqti
me’yoriy ishlab chiqarish sharoitida va muayyan 
jamiyatdagi 
mehnat malakasi va intensiv-ligining darajasi o’rtacha 
bo’lgan sharoitda biron-bir tovar tayyorlash uchun sarflanadigan 
vaqtdir
. Ushbu tushunchalar yorda-mida qiymat qonuni shakllanadi: 
almashuv jarayonida (ekvivalent ekvivalentga singari) tovarlar o’zining 
qiymati bo’yicha ayir-boshlanadi (Ularda mujassamlashgan ijtimoiy 
zarur ish vaqti bo’yicha). K.Marksning tasdiqlashicha, har qanday 
jamiyatda qiymat qonuniga amal qilmagan ayirboshlashning bo’lishi 
mumkin emas. Qiymat esa, yuqorida qayd qilib o’tganimizdek, ayni 
jamiyatda o’rtacha mehnat sarflari bilan o’lchanadi. Bu 
ayirboshlanadigan to-varlarni taqqoslashning yagona o’lchovi mehnat 
ekanligini bildi-radi. Tovarlarning foydaliligi bunday umumiy o’lchov 
bo’la ol-maydi, negaki ular miqdor jihatidan taqqoslanmaydi. 
K.Marksning qiymat nazariyasining D.Rikardoning qiymat 
nazariyasidan farqlanishiga e’tibor berish zarur. D.Rikardo to-varlarning 
nisbiy qiymati to’g’risida so’z yuritadi: A va B tovar-lar bir-biriga 
ayirboshlanadi, chunki ularni ishlab chiqarish tax-minan bir xil mehnat 
sarflarini taqozo etadi. K.Marksda esa qiymat tovarga xos ob’ektiv 
xususiyatdir. 
Qo’shimcha qiymat nazariyasi. 
Qiymatni aniqlab va qiymat 
qonunini ta’riflab bergach, K.Marks qo’shimcha qiymatni tahlil qilishga 
98


o’tdi. Bu uning nazariyasida markaziy tushuncha hisob-lanadi. Bu erda 
asosiy savol tug’iladi: agar 
«ekvivalentli ayir-boshlash»
tamoyili 
bo’yicha barcha mahsulotlar o’z qiymatiga olinsa va sotilsa, unda 
qo’shimcha qiymat qanday hosil bo’ladi? Marks ta’limoti bo’yicha, u 
quyidagicha ishlab chiqariladi. 
Tovar ishlab chiqarish taraqqiyotining ma’lum bosqichida pul 
kapitalga aylanadi. Tovar muomalasining formulasi T-P-T (tovar-pul-
tovar), ya’ni boshqa bir tovarni sotib olish uchun tovar sotishdir. 
Kapitalning umumiy formulasi P-T-P, ya’ni sotish uchun tovarni sotib 
olishdir. T-P-T mazmuni: odamlar o’rtasida har xil foydalilik ayirbosh 
qilinadi. P-T-P doiraviy ayla-nishda maqsad foyda olish hisoblanadi. 
Demak, P’>P bo’lishi kerak. Bu o’sish qaerdan keladi? (Marks uni 
«
qo’shimcha qiymat
» deb ataydi). Qo’shimcha qiymat tovarlar 
muomalasida paydo bo’lmaydi, chunki tovar ekvivalentli 
ayirboshlanadi, qo’shimcha qiymat baho-ning ustiga qo’shib sotishdan 
ham kelib chiqmaydi, chunki bunday bo’lganda xaridor va 
sotuvchilarning o’zaro yutuq va yutqiziqlari bir-birini qoplagan bo’lar 
edi, holbuki gap ayrim hodisa ustida emas, balki ommaviy, o’rtacha, 
ijtimoiy hodisa ustida boradi. Qo’shimcha qiymat olish uchun «pul egasi 
bozordan shunday bir tovar topish baxtiga erishmog’i kerakki, bu tovar 
iste’mol qiymatining o’zi qiymat manbai bo’lishdek orginal bir 
xususiyatga ega bo’lsin», u shunday tovar bo’lishi kerakki, bu tovarni 
iste’mol qilish ja-rayoni ayni paytda qiymat yaratish jarayoni ham 
bo’lsin. Bunday tovar – ishchi kuchidir. Ishchi kuchining iste’mol 
qilinishi mehnatdir, mehnat esa qiymat yaratadi. Pul egasi ishchi kuchini 
uning o’z qiymati bo’yicha sotib oladi. Ishchi kuchi tovarining qiy-mati 
ishchining va uning oilasining yashashi uchun zarur bo’lgan tirikchilik 
vositalari qiymati bilan belgilanadi. Ishchi o’z ishchi kuchi qiymatidan 
ortiqcha qiymat yaratish xususiyatiga ega. Faraz qilaylik, ishchi kun 
bo’yi 10 soat ishlaydi. Holbuki, ishchi 5 soat mobaynida (Marks atamasi 
bo’yicha «

Yüklə 5,04 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   72




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin