bog’liq holda mehnat qiymati atrofida teb-ranib turadi. Bu qonunning
amal qilishi kishilarning xohishiga bog’liq bo’lmaydi va shuning uchun
yollanma ishchilarning ahvolini yaxshilash uchun yo’naltirilgan har
qanday ijtimoiy chora-tad-birlar befoyda. Ishchilarning ahvolini
yaxshilash iqtisodiyotda kapital qo’yilmasini kengaytirish (mehnatga
talab oshadi) yoki aholi o’sishini kamaytirish (mehnat taklifi qisqaradi)
bilan amalga oshirilishi mumkin. J.S.Mill dastlab ushbu tamoyil-larni
yoqlab chiqqan bo’lsa-da, ammo keyinchalik undan voz kechadi.
Sotsialistlar g’oyasining ta’siri va taqsimot qonunlarining tarixiy
xarakterini tan olishi (tarixiy bo’lganidan ularni o’zgartirish mumkin),
ingliz iqtisodchisini klassik maktabning qator qoidalaridan voz
kechishga majbur etdi. U ijtimoiy islo-hotlarning keng dasturini ilgari
surdi va o’z takliflarini bildirdi. Ular quyidagilarni o’z ichiga oladi:
1. Ishlab chiqarish kooperatsiyasini rivojlantirish yo’li bilan
yollanma mehnatni tugatish, J.S.Mill fikricha, mehnatga bo’lgan
qiziqishni yo’qotadi. Shuning uchun kapitalistik korxona-lar o’rniga
kooperativ birlashmalarni tashkil etish zarur, unda ishchilar bir vaqtning
o’zida mulk egasi ham hisoblanadi. U kasaba uyushmalarining
rivojlanishi, kapitalistik korxonalarning foydasini taqsimlashda
ishchilarning ishtirok etishi tarafdori bo’lgan.
2. Er rentasini er solig’i yordamida umumlashtirish. Renta
yollanma mehnat kabi iqtisodiy erkinlik tamoyillariga zid. Renta er
egasiga emas, balki jamoaga (qishloq kooperativlariga) yoki barcha
jamiyatga tegishli bo’lishi kerak.
3. J.S. Mill mayda er egalarini qo’llab-quvvatlaydi. Uning fikricha,
o’z erida ishlovchi ko’pchilik dehqonlar renta to’lashdan ozod, ular
mustaqil va tashabbuskor, shuningdek, yollanma ishchi-lardan farqli
ravishda haddan tashqari o’z oilasini kengay-tirishga moyil emas.
J.S. Mill o’zining ijtimoiy islohotlar dasturida «amal-dagi
individual erkinlik bilan Er sharidagi tabiiy boyliklarga egalik qilishning
umumiyligini va mehnat daromadlarida barchaning baravar ishtirok
etishini birlashtirish»ga harakat qildi. Bunda u go’yoki bir-biriga qarshi
ikki yo’nalish: iqtisodiy erkinlik printsipi bilan ijtimoiy adolat printsipini
birlash-tirmoqchi bo’lgandek tuyuladi. Ijtimoiy yo’naltirilgan bozor iq-
tisodiyoti tajribasi buning mumkin ekanligini ko’rsatib berdi.
Dostları ilə paylaş: