zarur ish vaqtida ») o’z qiy-matiga teng qiymat yaratadi,
keyingi 5 soat mobaynida («
qo’shimcha ish vaqtida ») esa qo’shimcha
mahsulot yoki qo’shimcha qiymat yarati-ladi. Kapitalist bu qo’shimcha
qiymatni haq to’lamasdan o’zlash-tirib oladi. K.Marks bo’yicha,
kapitalist tomonidan qo’shimcha qiymatning o’zlashtirib olinishi
mehnatning ekspluatatsiya qili-nishidir. K.Marks o’zi ishlab chiqqan
«formula» yordamida ushbu ekspluatatsiya darajasini, ya’ni
ekspluatatsiya me’yorini ko’rsatib berdi. Qo’shimcha qiymatning ishchi
kuchi qiymatiga - o’zgaruvchi kapitalga bo’lgan nisbatini (mashinalar va
99
xom ashyoda ifodalangan doimiy kapital esa o’z qiymatini faqat yangi
mahsulotga o’tkazishi mumkin, lekin qo’shimcha qiymat yaratmaydi) u
qo’shimcha qiymat me’yori deb atadi. Uning yozishicha, «qo’shimcha
qiymat me’yori ishchi kuchining kapital tomonidan, yoki ishchining
kapitalist tomonidan eksplutatsiya qilinish darajasining aniq ifodasidir».
Qo’shimcha qiymat me’yori yangidan yaratilgan qiymatning kapitalist
bilan yollanma mehnat o’rtasida qanday taqsimlanishini, shuningdek, ish
kunining qancha qismida ishchi o’zi uchun va qancha qismida kapi-talist
uchun ishlashini ko’rsatib beradi.
Yuqorida qayd qilib o’tilganidek, ishchi «zarur ish vaqti»da o’z
ishchi kuchi qiymatiga teng qiymat yaratadi, «qo’shimcha ish vaq-ti»da
esa qo’shimcha qiymat yaratadi, ya’ni kapitalist uchun ish-laydi:
kapitalist qo’shimcha ish vaqtini uzaytirishga harakat qiladi. Unga
erishishning ikki yo’li mavjud: ish kunini uzay-tirish va zarur ish
vaqtini qisqartirish. Ish kunini mutlaq uzay-tirish yo’li bilan olinadigan
qo’shimcha qiymatni K.Marks
«absolyut qo’shimcha qiymat» deb atadi.
«Absolyut qo’shimcha qiymat hosil qilish, – deb yozadi u, – ish kunini
ishchi faqat o’z ishchi qiy-matining ekvivalentini ishlab chiqara oladigan
chegaradan nariga uzaytirishdan va bu qo’shimcha mehnatni
kapitalning o’zlashtirib olishdan iborat».
Zarur ish vaqtini qisqartirish va shunga muvofiq qo’shimcha ish
vaqtini uzaytirish yo’li bilan olinadigan qo’shimcha qiymatni K.Marks
“nisbiy qo’shimcha qiymat” deb atadi. Bu erda shu narsaga e’tibor
berish kerakki, ya’ni qiymat qonuniga xilof ish qilmaslik uchun,
ekvivalentli ayirboshlashning buzilmasligi uchun kapitalist ishchi kuchi
qiymatiga nisbatan ish haqini kamay-tirish hisobiga zarur ish vaqtini
qisqartirishi mumkin emas. Ammo ishlab chiqarishni yaxshi tashkil etish
va samarali texnika va texnologiyani qo’llash tufayli mehnat
unumdorligini oshirish yo’li bilan bunga erishish mumkin.
Kapitalist o’z foydasini ko’paytirish maqsadida fan va texnika
yutuqlaridan ishlab chiqarishda ko’proq foydalanishga harakat qiladi.
Ayrim kapitalistlar tomonidan fan-texnika taraqqiyoti natijalarini
amaliyotda qo’llash o’rtacha ishlab chiqa-rish xarajatlarini
kamaytirishga olib keladi, bu esa unga foy-dani ko’paytirish imkonini
beradi. Bu erda «
ortiqcha qo’shimcha qiymat » vujudga keladi. Ammo raqobat qonuni asosida boshqa
kapitalistlar tomonidan ham yangiliklarning ishlab chiqarishda
qo’llanilishi natijasida bozor bahosi pasayadi va ortiqcha qo’shim-cha
qiymat yo’q bo’lib ketadi. Demak, qo’shimcha qiymat ishlab chiqa-rish
100
tadbirkorlarni yangi texnika va texnologiyalarni qo’llashga undaydi.
Ish haqi. K.Marks ish haqini, klassik siyosiy iqtisod asoschilariga
o’xshab, mehnat uchun to’lanadigan haq deb emas, balki
ishchi kuchi