290
Marketing salohiyati (potensiali)
- 1) korxona salohiyatining ajralmas qismi;
2) tovar, narx kommunikatsiya va savdo siyosati, talabni o‘rganish sohasida samarali
marketing tadbirlarini rejalashtirish va o‘tkazish hisobiga marketing tizimining
korxonaning
doimiy raqobatbardoshligi, tovar va xizmatlarning bozordagi iqtisodiy
va ijtimoiy kon’yunkturasini ta’minlash qobiliyatlari majmui.
Marketing tadqiqoti dizayni
- 1) marketing tadqiqoti
jarayoni va modelini
loyihalashtirish va tuzish; tadqiqotni o‘tkazish, marketing axborotlarini izlab topish
uchun ratsional rejalarni ishlab chiqish 2) marketing tadqiqoti subyektlari xulq-
atvorining o‘zgarish holatlarini o‘rganish va prognoz qilish bo‘yicha ijodiy jarayon.
Marketing tizimi
- bozor muhitining mustaqil, foyda olish maqsadida tovar va
xizmatlarga talabni shakllantirish va rivojlantirish bo‘yicha o‘zaro
uzluksiz aloqada
bo‘luvchi ijtimoiy-iqtisodiy elementlar majmui. Marketing tizimi o‘z ichiga
quyidagilarni kiritadi;
ishlab chiqaruvchi firma, ta’minotchi firma, raqobatchi firma
vositachi firma, iste’molchi (bozor).
Dostları ilə paylaş: