O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent moliya instituti



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə167/195
tarix07.01.2024
ölçüsü5,01 Kb.
#206632
1   ...   163   164   165   166   167   168   169   170   ...   195
iqtisodiy talimotlar tarixi(1)

Muqobil xarajatlar 
Vino 
Mato 
Angliya 
1/2 metr mato 
2 litr vino 
Portugaliya 
1/8 metr mato 
8 litr vino 
Biz 14.2. jadvalning ma‘lumotlaridan foydalanib ikki mamlakatdagi 
mazkur ikki tovarning muqobil xarajatlarini hisoblab beruvchi 14.3. 
jadvalni tuzamiz. Rikardoning to‗la ish bilan bandlik farazini hisobga 
olgan holda, agar xohlagan tovarni ko‗p ishlab chiqaradigan bo‗lsak, 
uning qiymati yo‗qotilgan mahsulotning qiymati bilan o‗lchanadi, bunda 
mehnat resurslari shartnoma tuzib ishlab chiqarishni kengaytirishgacha 
bo‗lgan davrda mazkur mahsulotlar hajmini qisqartirish kerak bo‗ladi. 
Bizning ikki tovarga asoslangan oddiy modelimiz iqtisodiyotdagi 
boshqa tovar nuqtayi nazaridan muqobil xarajatlarni hisoblashga imkon 
beradi. Angliyada matoning muqobil xarajatlari (2 litr vino) 
Portugaliyadagi matoning muqobil xarajatlaridan (8 litr vino) kamdir va 
Portugaliyadagi vinoning muqobil xarajatlari (1/8 metr mato) 
Angliyadagi vinoning muqobil xarajatlaridan (1/2 metr mato) kam 
hisoblanadi. Shunday qilib, Angliya mato ishlab chiqarib va 
Portugaliyada ishlab chiqarilgan vino bilan savdo qilsa, jahon 
mahsulotining hajmi ko‗payadi va ikkala mamlakat ham bundan samara 
oladi. 
Muqobil 
xarajatlardagi 
farqlarning 
savdo 
uchun 
naqadar 
muhimligini namoyish etish uchun oldingi misollar ma‘lumotlarini 14.4. 
jadvaldagi ma‘lumotlariga o‗zgartiramiz. Angliyada endi vino va mato 
ishlab chiqarishda mutlaq ustunlik mavjud, lekin unda ikki holatda ham 


296 
qiyosiy ustunlik mavjud emas. Har bir mamlakatda muqobil xarajatlar 
bir xil – bir metr matoning muqobil xarajatlari 2 litr vinonikiga teng va 
vinoning muqobil xarajatlari 1/2 metr matonikiga teng. Boshqacha qilib 
ayganda, har bir mamlakatda mazkur ikki tovarning nisbiy narxlari bir 
xil – 2 litr vino 1 metr matoga teng (mato narxini vinoning narxiga 
bo‗lamiz, 2 chiqadi). Qachonki, muqobil xarajatlar bir xil bo‗lsa, hech 
bir mamlakatda qiyosiy ustunlik bo‗lmaydi va savdo hech bir mamlakat 
uchun ham samarali bo‗lmaydi. 
Rikardo mamlakatlar o‗rtasida muqobil xarajatlar farqlanganida 
savdo samarali bo‗lishini asoslab berdi, lekin u muammoning boshqa 
jihatini ko‗rib chiqmadi. Vino va matoga qanday xalqaro narxlar 
o‗rnatiladi hamda savdodan olingan foyda mamlakatlar o‗rtasida qanday 
taqsimlanadi? Rikardo foydalangan misolida xalqaro savdoda mato va 
vinoning ayirboshlash narxi har bir mamlakat uchun qulay bo‗lgan 
o‗rtacha narxlar nuqtasida hisoblanadi, deb faraz qilgan: shunday qilib 
savdodan kelgan foyda bu ikki mamlakat o‗rtasida bir tekisda 
taqsimlanadi. Torrens ham bu muammoni xuddi shunday ko‗rib chiqdi, 
lekin J.Mill mazkur muammoni to‗g‗ri hal qildi, u savdoning shartlari 
yoki xalqaro narxlar savdo qiluvchi mamlakatlardagi ushbu tovarlarga 
bo‗lgan talab hajmiga bog‗liq bo‗ladi, degan xulosaga keldi. 
Rikardoning qiyosiy ustunlik nazariyasida nafaqat nazariy g‗oyalar, 
balki bundan kelib chiquvchi muhim siyosiy iqtisodiy oqibatlar ham 
atroflicha o‗rganilgan. Agar biz ikki mamlakatning tovar ishlab 
chiqarishining sodda modelini ko‗plab tovar ishlab chiqarish modeliga 
almashtirsak, qiyosiy ustunlik nazariyasi bo‗yicha muqobil xarajatlarda 
mamlakatlar o‗rtasida tafovut paydo bo‗ladi hamda ushbu mamlakatlar 
xalqaro savdosida ijobiy foydaga erishadi.
Hukumatning xalqaro savdoga aralashishiga qarshi bo‗lgan klassik 
qarash avvalambor Smit tomonidan oldinga surilgan bo‗lsa, keyin bu 
qarashni Rikardo yetarli darajagacha kengaytirdi. Chet mamlakatlarga 
tovarlar 
chiqishiga 
to‗sqinlik 
qiluvchi 
Angliya 
qonunlarining 
o‗rnatilishi, don savdosi bo‗yicha chiqarilgan qonunlar asosida 
daromadlarning kapital egalaridan yer egalariga qayta taqsimlanishi 
nafaqat Angliyadagi iqtisodiy o‗sish sur‘atlarining pasayishiga, balki 


297 
hamma mamlakatlardagi o‗rtacha statistik yashovchi insonlarning ham 
farovonligining pasayishiga olib keldi. Qiyosiy ustunlik nazariyasi 
tomonidan oldinga surilgan farazga ko‗ra tariflarning og‗irligi xorijiy 
subyektlar zimmasiga tushadi, degan xato fikr keng tarqalgan edi.
14.4. jadval 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   163   164   165   166   167   168   169   170   ...   195




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin