292
(1773-1836)lar joy olganlar. Qanday bo‗lmasin bu Rikardoning keyingi
iqtisodiy ta‘limotlarga ta‘sir ko‗rsatgan qarashlaridan biri edi.
Mutlaq ustunlik
Rikardoning qiyosiy ustunlik nazariyasini davom ettirishdan avval,
ikki mamlakat va ikki tovar asos qilib olingan
xalqaro savdo modelini
ko‗rib chiqamiz, bunda har bir mamlakatda tovarlardan bittasini ishlab
chiqarishda mutlaq ustunlik bo‗ladi. 14.1-jadvaldagi ma‘lumotlarga
ko‗ra Angliya Portugaliyaga nisbatan mato ishlab chiqarishda mutlaq
ustunlikka ega. Ma‘lumotlar bu ustunlikni mahsulot hajmi bo‗yicha
ifodalab berayapti, lekin bu ustunlikni qiymat jihatdan ham ko‗rib
chiqish mumkin. Shunday qilib, mehnat vaqti birligida o‗lchangan mato
ishlab chiqarish qiymati Portugaliyaga nisbatan Angliyada kam
chiqayapti. Xalqaro savdoni amalga oshirish mumkinligini ko‗rsatish
uchun
eng avvalo, bu ikki mamlakat ushbu savdodan foyda olishi
muqarrarligini ko‗rsatish zarur. Vino va matoni yalpi ishlab chiqarish
ixtisoslashuv asosida ko‗payadigan bo‗lsa
va bunda ikkala mamlakatga
ham naf keltira oladigan vino va mato xalqaro narxlariga va savdo
sharoitlariga erishiladigan bo‗lsa, xalqaro savdo uchun asos vujudga
keladi.
14.1 jadval
Dostları ilə paylaş: