O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent moliya instituti


Alohida mamlakatlarda iqtisodiy o„sish sur‟atini tashkil



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə189/195
tarix07.01.2024
ölçüsü5,01 Kb.
#206632
1   ...   185   186   187   188   189   190   191   192   ...   195
iqtisodiy talimotlar tarixi(1)

 
Alohida mamlakatlarda iqtisodiy o„sish sur‟atini tashkil
etuvchilar, % 
15.2-jadval 
O‗sish sur‘atini 
tashkil etuvchi omillar 
AQSh 1950-
1962 y. 
Yaponiya 
1953-1971y. 
GFR 
1950-1962y. 
Mehnat 
1,12 
1,85 
1,37 
Kapital 
0,83 
2,10 
1,41 
Texnik taraqqiyot 
0,76 
1,97 
0,8 
Resurslarning 
joylashishi 
0,29 
0,95 
1,01 
Ishlab chiqarish 
ko‗lami 
0,36 
1,94 
1,61 
Boshqalar 
-0,04 
0,00 
0,00 
O‗sish sur‘ati 
3,32 
8,81 
6,27 
Jadvaldan shu narsani ko‗rish mumkinki, GFR uchun ishlab 
chiqarish ko‗lamini kengaytirish muhim ahamiyat kasb etadi. Garchi bu 
yerda u yoki bu omilni ajratib ko‗rsatish qiyin bo‗lsa ham zamonaviy 
texnologiyalarga o‗tish Yaponiya iqtisodiyotida yuqori ish sur‘atini 


333 
ta‘minlashda muhim rol o‗ynagan. Haqiqatan Yaponiyada iqtisodiy 
o‗sishning yarmini ishlab chiqarish omillarining o‗sishi ta‘minlagan 
bo‗lsa, ikkinchi yarmini – texnika taraqqiyoti va texnologiya 
ta‘minlagan. Amerika iqtisodiyotida mehnat unumdorligini oshirish, 
kapitaldan foydalanish muhim hisoblangan. 
15.5. Rivojlanayotgan mamlakatlar uchun iqtisodiy o„sish modeli 
 
Ikkinchi Jahon urushidan keyin mustamlaka tuzimining yemirilishi 
bilan ―kam rivojlangan‖ atalmish mamlakatlar xo‗jaligini rivojlantirish 
muammosi iqtisodiy fanda markaziy o‗rinlardan birini egalladi. Osiyo, 
Afrikadagi bir qator bunday mamlakatlar aholisining o‗sish sur‘ati yalpi 
ichki mahsulotning o‗sish sur‘atidan ustun bo‗lgan. Jon boshiga to‗g‗ri 
keladigan yalpi ichki mahsulot ko‗paymagan, balki bir o‗rinda qolgan 
yoki pasaygan. Ba‘zi rivojlanayotgan mamlakatlarda ichki jamg‗arma 
manfiy bo‗lgan, ya‘ni mamlakat ishlab chiqarishdan ko‗ra ko‗p iste‘mol 
qilgan, demak chetdan keladigan resurslar hisobiga yashagan. 
Mutaxassislar g‗arb iqtisodiy fani yutuqlariga asoslangan holda 
rivojlanayotgan mamlakatlar iqtisodiy o‗sishini rag‗batlantirish bo‗yicha 
amaliy tavsiyalarni va modellarni ishlab chiqdilar. XX asrning 50-60- 
yillari keynschilik vakillari nazariyalari ancha keng tarzda qo‗llanildi. 
Davlat investitsiyalari - muvaffaqiyat garovi. Keynschilarning 
ta‘kidlashicha, kam rivojlangan mamlakatlarda xususiy ixtiyoriy 
jamg‗armalarning roli juda past. Aholi ishlab topgan daromadlarining 
barchasini iste‘molga sarflashni afzal ko‗radi va deyarli investitsiyani 
amalga oshirmaydi. Bunday holatning asosiy sabablaridan biri industrial 
rivojlangan mamlakatlar ―ta‘siri‖ hisoblanadi. G‗arb hayot tarzining 
kirib kelishi isrofgarchilikka yo‗l qo‗yish, zeb-ziynat buyumlariga 
bo‗lgan sarflarni ko‗paytirishni keltirib chiqardi. Shuning uchun 
daromadning oshishi jamg‗armaning tez ko‗payishiga va demak, 
investitsiyaning ko‗payishiga olib kelmagan. Shu bois, majburiy 
jamg‗armalarning roli oshib boradi (aholidan olinadigan soliq va har xil 
to‗lovlarni ko‗paytirish hisobiga) va davlat investitsiyalarining 
ahamiyati kuchayib boradi. Davlat aholining pul resurslarini 
investitsiyaga yo‗naltirish chora-tadbirlarini ko‗rishi lozim. Bunday 
chora-tadbirlardan biri foiz Me‘yorining davlat tomonidan tartiblab 
turilishi hisoblanadi. 
Chunki tadbirkorlar o‗z kapitallarini ishlab chiqarish sohasidan 
ko‗ra tez-tez savdo va moliyaviy sohalarga yo‗naltiradilar. Nega? 


334 
Birinchidan, rivojlanayotgan mamlakatlar uchun tipik hol hisoblangan 
surunkali inflyatsiya ishlab chiqarish sohasiga kapital qo‗yishni foydasiz 
qilib qo‗yadi. Ikkkinchidan, bozor infratuzilmasining va xo‗jalik 
qonunchiligining yaxshi rivojlanmaganligi xususiy tadbirkorlarga savdo, 
transport, aloqa sohalarida monopol mavqega erishish va shuning 
hisobiga monopol yuqori foyda olish imkonini beradi. 
Xususiy sektorni rivojlantirish, keynschilar fikriga ko‗ra bozor 
infratuzilmasiga va iqtisodiyotning ustuvor tarmoqlariga davlat kapital 
qo‗yilmalarini ko‗paytirish, investitsion kreditlarni kengaytirish, foiz 
stavkasini pasaytirish, mo‗tadil inflyatsiya va byudjet taqchilligini 
ta‘minlash yo‗li bilan rag‗batlantirilishi zarur. 
Amerika iqtisodchilari R.Nurske, A.Xirshman va boshqalar 
rivojlanayotgan mamlakatlar uchun iqtisodiy o‗sish modellaridan biri – 
―keskin sakrash‖ nazariyasini ishlab chiqdi. Bu nazariyaga muvofiq 
rivojlanayotgan mamlakatlar qoloqlikdan qutilish uchun ―kambag‗allik 
tuzog‗ini‖ uzib tashlashi kerak. Yaratilgan moddiy boyliklar aholining 
o‗sishi tomonidan ―yeb tashlanishi‖ tufayli kelib chiqadigan 
―kambag‗allik tuzog‗ini‖ quyidagi ko‗rinishda ifodalash mumkin. 
Iqtisodiy o‗sishga to‗sqinlik qiluvchi salbiy holatlar doiraviy 
ko‗rinishda joylashgan bo‗lib iqtisodiy o‗sish omillaridan foydalanishga 
qarshi ta‘sir ko‗rsatadi. Past darajadagi investitsiya qo‗yilmalari mehnat 
unumdorligini oshirish va daromadlarni ko‗paytirish imkonini bermaydi. 
Aholining tez o‗sishi oziq-ovqat va iste‘mol tovarlarining o‗sishini ―yeb 
tashlaydi‖. Bunday vaziyatda iqtisodiy turg‗unlik kelib chiqadi. Bu 
―tuzoqdan‖ qanday qutilish kerak? Nurske fikriga ko‗ra davlat 
Jon boshiga to‘g‘ri keladigan past darajadagi 
daromad 
Past unumdorlik 
Aholining tez 
o‘shi 
Past darajadagi 
jamg‘arma 
Past daradagi talab 
Inson kapitaliga bo‘lgan investitsiyalarning va 
kapital qo‘ilmalarning past darajasi 


335 
investitsiyalarni ko‗paytirish orqali iqtisodiy o‗sishga keskin turtki 
bo‗ladi. Bunda dastlabki investitsiya qo‗yilmalari milliy daromadning 
12-15 foizidan kam bo‗lmasligi kerak. Investitsiyalarning ko‗payishi 
mehnatga bo‗lgan talabni oshiradi, bu esa jamg‗armaning o‗sishiga va 
xususiy 
investitsiyalarning 
jonlanishiga 
olib 
keladi. 
―Keskin 
sakrashdan‖ keyin davlat aralashuvi qisqartirilishi kerak, chunki stixiyali 
bozor mexanizmi amal qila boshlaydi.
O‗z resurslariga suyanish va bozor mexanizmini faollashtirish. 
Neoklassik yo‗nalish namoyondalari keynschilarning davlatning rolini 
kuchaytirish va iqtisodiy erkinlik prinsiplariga putur yetkazish 
qoidalarini tanqid qildi. Ularning fikriga ko‗ra xo‗jalikni rivojlantirishda 
muvaffaqiyatlarga erishishni xohlovchi davlatning asosiy vazifasi – 
bozor imkoniyatlarini, bozor infratuzilmasini ro‗yobga chiqarishdan 
iborat. Jamiyat vaziyatni birdan, keskin o‗zgartira olmaydi. An‘anaviy 
institutlarni xo‗jalik yuritishning yangi sharoitlariga asta-sekin 
moslashtirib boradi. 
Agar keynschilar asosiy e‘tiborni yirik korxonalarni rivojlan-
tirishga va xorijiy kapitalni jalb qilishga qaratgan bo‗lsalar, 
neoklassiklar kichik va o‗rta biznesni rivojlantirishni zarur, deb 
hisobladilar. Ularning fikricha, asosiy muammo xususiy jamg‗arma va 
investitsiyalarning yetishmasligi emas, balki ichki bozorning torligidir. 
Xususiy tashabbuskorlikka keng yo‗l ochib berish iqtisodiyotning 
jonlanishiga, daromadlar darajasining oshishiga va demak, iste‘mol va 
jamg‗armaning o‗sishiga olib keladi. Eng asosiysi – bozor iqtisodi-
yotining me‘yorida amal qilishini ta‘minlovchi institutlarni tashkil 
etishdir. 
XX asrning 70-yillari neoklassiklarning tavsiyalari rivojlanayotgan 
mamlakatlarda keng tarqala boshladi. Buning asosiy sababi, birinchidan, 
xo‗jalik hayotini erkinlashtirish tufayli muvaffaqiyatlarga erishgan bir 
qator ―yangi industrial mamlakatlar‖ tajribasi ta‘siri bo‗lsa, ikkinchidan, 
keynschilik andozalaridan faol foydalangan mamlakatlarda vujudga 
kelgan ko‗plab muammolarning (proteksionizm siyosati tufayli xalqaro 
savdo hajmining qisqarishi, import hisobiga qoplash imkoniyatlarining 
cheklanishi, surunkali inflyatsiya, monopolizm, korrupsiya va b.) 
mavjudligi hisoblanadi. Lekin neoklassik modellarni amaliyotda 
qo‗llash anchagina tanqidiy qarashlarni keltirib chiqardi. Asosiy tanqid 
obyekti – inflyatsiyani jilovlash maqsadida qattiq monetar siyosatni olib 
borish 
zarurligi 
hisoblanadi. 
Rivojlanayotgan 
mamlakatlarda 
makroiqtisodiy 
barqarorlikning 
monetar 
metodlari 
rivojlangan 


336 
mamlakatlar iqtisodiyotidagi kabi natijalarni bermaydi, chunki ular 
o‗rtasida chuqur institutsional farq amal qiladi. Shuning uchun qattiq 
moliyaviy siyosat tez-tez iqtisodiyotning keskin qisqarishiga, turmush 
darajasining pasayishiga, ijtimoiy ziddiyatlarning keskinlashuviga olib 
keladi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   185   186   187   188   189   190   191   192   ...   195




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin