Gidrodinamik transformatorlar
Burovchi momenti va yetaklovchi valning aylanishlari soni yetaklovchi val
aylanishlari soniga nisbatan o`zgartirish yo`li bilan quvvatni yetaklovchi valdan
yetaklanuvchi valga uzatuvchi energetik mashina burovchi moment gidrotransforma-
tori deb ataladi. Yetaklovchi va yetaklanuvchi vallarning bir tomonga aylanuvchi
gidrotransformatorlar to`g`ri yo`lli karama-qarshi tomonga aylanuvchilar esa teskari
yo`li gidrotransformatorlar deyladi.
Gidrotransformatorlarning vazifasi, guruhlanishi, tuzilishi va ishlash jarayoni 1
va 2 adabiyotlarning gidrotransformatrr bo`limi aralsin.
Hajmiy gidrouzatmalar
Asosiy tushunchalar
Hajmiy gidrauzatmalar hajmiy gidromashinalar yordami bilan mexanik ener-
giyani uzatish va o`zgartirish uchun mo`ljallangandir. Hajmiy nasos gidrodvigatel-
dan tuzilgan qurilma hajmiy gidrouzatmaning prinsipial asosi hisoblanadi. Agar na-
sos va gidrodvigatel qurilishi jiiatdan bo`linmaydigan birikma tashkil qilsa, unda
bunday sodda gidrouzatma hajmiy gidrouzatma deyiladi. Agar kuch gidrosistemasi
alohida nasoslar, gidrodvigatellardan tashkil topgan bo`lib, gidroapparat elementlari,
yordamchi qurilmalarga ega bo`lsa bunday gidrosistemani ham hajmiy gidrouzatma
deb atash qabul qilingan. (Hajmiy gidrouzatma deb atash qabul qilingan) Shunday qi-
lib, hajmiy gidrouzatmalarga oddiy gidravlik sistemalar kiradi. Ular mexanik ener-
giyani uzatish va o`zgartirish uchun xizmat qiladilar.
Xajmiy gidrouzatmaning ishlash prinsipi.
Misol tariqasida nasos va gidrodvigateli porshenli hajmiy gidrouzatma va na-
sos rotorli va gidrodvigateli porshenli gidrouzatmaning ishlash prinsipini ko`raylik
(rasmga karang).
Rasmda nasos porshen (1) ning ilgarilama-qaytma harakatini kuch silindridagi
porshen (2)ning ilgarilama-qaytma harakatiga aylantiruvchi qurilmaning prinsipial
sxemasi ko`rsatilgan.
Rasm 18 Gidroldvigatel va gidrouzatmaning sxemasi
Porshen (1) strelka bilan ko`rsatilgan yo`nalishda harakat qilganda suyuqlik kanal
bo`ylab keladi, va porshen (2) ni bosib, stolni chapga strelka bilan ko`rsatilgan yo`nalishda
siljitiladi. Porshen (2) ning boshqa tomonidagi silindrga bo`lgan suyuqlik kanali (4) dan
chiqib ketadi. Porshen (1) strelka yo`nalishi bo`ylab harakat qilganda porshen (2) va u bi-
lan bog`lik bo`lgan stol teskari yunalishda harakat qiladi
Endi (rasmga qarang) nasosi rotorli va gidrodvigateli porshenli gidrouzatmaning
ishlash prinsipini ko`raylik. Nasos rotori (1) ning aylanma harakati kuch silindiri (4) dagi
porshen (2) ni to`g`ri chiziqli harakatiga o`tkazilishi misol tariqasida keltirilgan.
Taqsimlash qurilmasi (3) ning yordamida suyuqlikning kuch porsheniga o`ng va
chap tomoniga navbat bilan berilishini boshqaradi va mos ravishda porshenning ishlama-
yotgan tomondagi suyuqlikning idishga qaytadan chiqib ketishini ta'minlaydi.
Rasm 19 Gidrosistema sxemasi
Qo`yidagi rasmda nasos rotori (1) ning aylana harakatini gidrodvigatel (2) ning
aylanma harakatiga o`zgartirish sxemasi berilgan.
Bu sxemada gidrosistema ochiq
bo`ladi.
Pastdagi rasmda, hajmiy gidrouzatama ko`rsatilgan, bunda nasos rotori (1) ning
aylanma harakati gidrodvigatel rotori (2) ning aylanma harakatiga o`zgartiriladi. Bunda
gidrosistema yopiq bo`ladi.
Ilgarilama-qaytma harakat qiladigan gidrouzatmalarda suyuqlikning potensial en-
ergiyasini mexanik energiyaga aylantirishda porshenli gidrosilindr sistemasining asosiy
elementi hisoblanadi. Gidrosilindrlar bir tomonlama harakatlanuvchi ikki tomonlama va
burilma harakatlanuvchi bo`lishi mumkin.
Bir tomonli harakat qiladigan kuch silindrlari faqat bir tomondan suyuqlik bosimi
ta'sirida bo`ladi, teskari harakat rasmda ko`rsatilganidek prujina ta'sirida amalga oshadi va
bunga sxemani bir tomonlama harakatlanuvchi deb yuritiladi.
7-MA`RUZA.
MA`RUZAGA OID MAVZULAR.
1.
Gidrodvigatellar.
2.
Gidrosilindrlarni hisoblash.
3.
Rotorli gidrodvigatellar.
4.
Porshenli, plastinkali, shesternali va vintli gidrodvigatellar hamda ularni
boshqarish. Burovchi moment va valdagi quvvatni hisoblash.
MA`RUZAGA OID TAYaNCh SO`ZLAR.
Gidrodvigatel, gidrosilindr, rotor, porshen, shesterna, vint, sarf, bosim, kuch, bu-
rovchi moment, uvvat.
MA`RUZAGA OID SAVOLLAR.
1.
Gidrodvigatel deb nimaga aytiladi?
2.
Rotor nima?
3.
Porshen nimaga ishlatiladi?
4.
Gidrodvigatelni qanday boshqarish mumkin?
5.
Shesternyali dvigatellarda moment miqdori qanday topiladi?
6.
Quvvatni qanday hisoblaymiz?
Ishlatilgan adabiyotlar.
1.
K.Sh.Latipov. "Gidravlika, gidromashinalar va gidroyuritmalar". O`qituvchi
1996 y.
2.
T.M.Bashta. S.S.Rudnev. B.B.Nekrasov. "Gidravlika, gidromashini i gidro-
provoldi" izd-vo "Mashinostroenie", 1982 g.
3.
A.A.Ug`inchus. "Gidravlika, gidravlicheskie mashini". Xarkovskiy. Gosuni-
versitet im.A.M.Gorkogo. 1987g.
4.
A.A.Uchinchus Ye.A.Chuchaeva. Gidravlika g. Leningrad. 1971 g.
5.
Gidravlika asoslari. O`quv-uslubiy qo`llanma. TAYI 1999 y.
Gidrodvigatellar
Kuch gidrodvigatellarinin tuzilishi va vazifalari
Kuch gidrodvigatelining tuzilishi va ishlash prinsipini ko`raylik. Ilgarilanma-qayt-
ma va aylanma harakatga asoslangan kuch gidrosilindrlari porshen prinsipi bo`yicha ish-
laydi va bular uch turga bo`linadi: bir harakatli, ikki harakatli va burilma harakatli silindr-
lar.
Rasmda bir harakatli kuch silindrining sxemasi tasvirlangan.
Rasm 19. Bir harakatli kuch silindrning sxemasi
Bir harakatli kuch gidrosilindrining porshenga suyuqlikning bosimi faqat bir
tomondan ta'sir qiladi. Porshenning teskari tomonga harakati prujina yordamida amalga
oshadi.
Ikki harakatli kuch gidrosilindrida esa suyuqlik porshenga ikki tomondan galma-
gal ta'sir qiladi. Porshenning shtok tomonga bir tomonlama harakati vaqtida (Silindrining
ikkala bo`shlig`ida bo`lganda) suyuqlik bir xil bosim ta'sirida bo`ladi. porshenning ikkin-
chi tomonga harakati vaqtida ham bu hol saqlanadi.
Rasm 20. Gidrosilindr sxemasi
Gidrosilindrlarni hisoblash
Bir harakatli silindr porshening shtokidagi zo`riish quyidagicha aniqlanadi.
mex
p
P
bu yerda: R-zo`riish
r-suyuqlikning bosimi
ω -porshenning bosimini abul iladigan yuzasi
mex
-zўrima silindrning mexanik FIK
Porshenning siljishining tezligi uyidagicha aniqlanad
0
Q
v
bu yerda: Q-nasosning sarfi
-porshenning yuzasi
0
-kuch silindrining iajmiy FIK
Ikki harakatli gidrosilindrda shtokning mavjudligini e'tiborga olishimiz ke-
rak va siljuvchi zo`riish quyidagicha aniqlanadi.
mex
d
D
p
P
)
(
4
2
2
Bu yerda D va d-porshen va shtok diametrlari
Porshenning harakat tezligi quyidagicha topiladi;
0
2
2
)
(
185
.
0
10
d
D
Q
v
Yuqoridagilardan tashqari burilma gidrodvigatellarning hisobini adabiyot (1)
dan qarang (309 bet).
Rotorli gidrodvigatellar
Rotorli gidrodvigatellarning tuzilishi porshenli, plastinkali (shiberli), shester-
nali vintli va boshqa nasoslarni o`z ichiga olgan rotorli nasoslardan farq qilmaydi
shu sababli yuqoridagi aytilgan nasoslarining ishlash prinsipiga qarab chiqing.
Bu gidrodvigatellar va nasoslar qaytarlik xususiyatiga egadir. Yuqorida ay-
tilgan nasoslarni gidrodvigatel sifatida foydalanishimiz mumkin.
Rotorli nasoslarda chiqish qismi orqali bosim ostida suyuqlik kiritilsa, uning
rotori harakatga keladi va suyuqlik kirish qismi orqali chiqib ketadi.
Natijada biz nasosdan gidrodvigatel sifatida foydalanishimiz mumkin. Xuddi
shu yo`lda rotorli gidrodvigatelni elektr dvigatelga ulash yo`li bilan undan nasos si-
fatida foydalanishimiz mumkin.
Rotorli gidrodvigatellar unumdorligi o`zgaruvchan (ya'ni boshqariladigan
yoki o`zgarmas boshqarilmaydigan bo`lishi mumkin). Bunday mexanizmlarni
hisoblash ularda hosil bo`lgan bosim, burovchi moment va valdagi quvvatni hisob-
lashga olib keladi.
Porshenli, plastinkali, shesternali va vintli gidrodvigatellar
hamda ularni boshqrish. Burovchi moment va valdagi qvvatni hsoblash
Rotor-porshenli gidrodvigatellar tuzilishi bo`yicha ikki gruppaga: radial va
aksial silindrli va gidromotorga bo`linadi. Bularning tuzilishi xuddi radial va aksial
porshenli nasoslardan farq qilmaydi.
Porshenli gidrodvigatellarning burovchi momenti
M
quyidagicha aniqla-
nadi, ya'ni so`rish bo`shlig`ida porshenlar hosil qilgan momentlarning yig`indisi
sifatida hisoblanadi.
n
k
k
k
m
M
0
Bu yerda m
k
- bitta porshenning momenti n+1 - porshenlar soni.
Har bir porshenga ta'sir kilayotgan bosim kuchi quyidagicha aniqlanadi.
4
2
d
p
P
Bu yerda r - haydash bo`hshlig`idagi bosim
d - porshenning diametri
R - kuchi haydash bo`shlig`ida barcha porshenlar uchun bir xil. Uni P
N
-
normal va P
T
potensial tashkil yetuvchilarga ajratish mumkin.
cos
P
P
N
P
T
- tangensial tashkil yetuvchi kuch mashina rotorining valida yelkali burovchi
moment u quyidagi formula bilan aniqlanadi.
cos
sin
4
2
K
K
T
k
r
d
p
r
P
m
bu yerda r
K
= 0, c = ecosφ + R
Yuqoridagilarga asosan gidrodvigatelning momenti quyidagiga teng buladi:
n
k
k
k
k
Z
r
R
l
d
M
0
2
)
2
sin(
4
Ya'ni ekssentrisitet qancha katta bo`lsa, radial porshenli nasosning burovchi
momenti ham o`quncha katta bo`ladi. Bundan shuni xulosa qilamizki, ekssen-
trisitetni o`zgartirish yo`li bilan (bosim o`zgarmagan holda) burovchi momentni
o`zgartirish mumkin ekan.
Qolgan gidrodvigatellarning momentini hisoblash usulini adabiyotdan [1]
qarang (311 bet).
8-MA`RUZA
MAЪRUZAGA OID MAVZULAR
1.
Gidroapparatura va gidrouzatmaning boshqa elementlari
2.
Taqsimlagich urilmalar, ularning vazifalari, asosiy turlari, guruhlanishi.
3.
Klapanlar.
4.
Gidrouzatmalarda drossel qurilmalarning vazifasi
5.
Gidrouzatmalarda ishlatiladigan suyuqliklar
6.
Gidroyuritiv chizmalari
MA`RUZAGA OID TAYaNCh SO`ZLAR
Gidroapparatura, gidrotasimlagich, gidroklapanlar, gidrosilindr, drossel.
MA`RUZAGA OID SAVOLLAR
1.
Gidroapparatura nima?
2.
Gidroyurituv nima?
3.
Gidroklapan nima?
4.
Gidrotasimlagich nima?
5.
Gidrosilindr nima?
6.
Gidrodrossel nima?
7.
Qanday ishchi suyuqliklarini bilasiz?
8.
Filtrlar nimaga hizmat qiladi?
Ishlatilgan adabiyotlar.
1.
K.Sh.Latipov. "Gidravlika, gidromashinalar va gidroyuritmalar". O`qituvchi
1996 y.
2.
T.M.Bashta. S.S.Rudnev. B.B.Nekrasov. "Gidravlika, gidromashini i gidro-
provoldi" izd-vo "Mashinostroenie", 1982 g.
3.
A.A.Ug`inchus. "Gidravlika, gidravlicheskie mashini". Xarkovskiy. Gosuni-
versitet im.A.M.Gorkogo. 1987g.
4.
A.A.Uchinchus Ye.A.Chuchaeva. Gidravlika g. Leningrad. 1971 g.
5.
Gidravlika asoslari. O`quv-uslubiy qo`llanma. TAYI 1999 y.
Gidroapparatura va gidrouzatmaning boshqa elementlari
Tasimlagich qurilmalar, ularning vazifalari, guruhlanishi, asosiy turlari
Suyuqlik oqimlarini taqsimlash va yo`nalishini o`zgartirish uchun
gidrouzatmalarda asosiy elementlardan biri taqsimlagichlar hisoblanadi.
Ularning turlari konstruktiv tuzilishiga qarab zolotnikli, kranli va klapanli
bo`ladi. Ularning belgilangan holatlariga qarab, ikki va uch va ko`p holatli taqsim-
lagichlar bo`ladi. Eng ko`p qo`llanadigan zolotnikli taqsimlagichdir (asosan hajmiy
gidrouzatmalarda).
Klapanlar
Klapanlar uch gruppaga ajraladi: tirgak, saqlagich va reduksion klapanlar.
Klapanlar yordamida gidrouzatma qismlarining galma-gal ishlashi, ularni
ehtiyot qilish, oqim yo`nalishini o`zgartirish, kerakli bosim hosil qilish, oqimni qis-
mlarga bo`lish va boshqa ishlar bajariladi.
Tirgak klapanlar suyuqlikni bir yo`nalishda o`tkazish uchun mo`ljallangan.
Saqlagich klapanlar. Saqlagich klapanlarining tirgak klapanidan farqi undagi
prujinaning qattiroq siqish kuchiga egaligidir. Bunday klapanlarning ishlashi
suyuqlik bosim kuchini prujina kuchi yoki suyuqlikning teskari bosim bilan mu-
vozanatlashga asoslangan. Gidrouzatmani yuqori bosimlardan ehtiyot qilish uchun
bosim belgilangan chegara qiymatidan oshib ketganda ochiladigan saqlagich
klapanlar ishlatiladi.
Plunjerli klapanlar gidrouzatmalarni ortiqcha zo`riqishdan ehtiyotlash va
ma'lum bir o`zgarmas bosimni saqlash uchun qo`llaniladi. Ya'ni sistemaga ulash va
moslashga bog`lik ravishda bir klapaning o`zi saqlagich quyuvchi yoki bosimni
taminlagich sifatida ishlatishi mumkin.
Suyuqlikning katta bosimlarida prujinaning zo`riqish kuchi oshirilishi zarur.
Katta kuchli prujinalar erkin tebranish chastotasini kamaytirishdan qutilish uchun
differensial klapanlarda qo`llaniladi. Differensial klapanlarda plunjerga ta'sir qila-
yotgan suyuqlikning bosim kuchi ish yuzasi Ω
1
va plunjerning muvozanatlovchi
yuzasi Ω
2
hisobiga gidravlik muvozanatlashadi (rasmga qarang).
Rasm. 21. Differensial klapan
Gidouzatmalarda drossel urilmalarning vazifasi
Suyuqliklarning sarfini chegaralash va boshqarish uchun gidrouzatmalarda
drossel qurilmalar ishlatiladi ular gidravlik qarshilik ko`rinishida bo`ladi. Drossel-
lar suyuqlik sarfini o`tkazish kesimini o`zgartirish yo`li bilan boshqarishga
mo`ljallangan. Gidrouzatmalarni droselli boshqarish kichik quvvatli gidrodviga-
tellar tezligini boshqarishning eng ko`p tarqalgan turlaridan biridir.
Suyuqlik drossel tirishidan o`tganda uning energiyasining bir qismi tirqish
qarshiligini engishga sarf bo`ladi. Natijada gidrodvigatelning tezligi kamayadi.
Boshqariladigan tirqishning shakliga qarab drossellar tirishli va ariqchali bo`ladi
(rasmga qarang).
Rasm 22.
Drossel qurilmalar boshqarilmaydigan va boshqariluvchi gidravlik qarshilik
bo`lishi mumkin (rasmga qarang).
Rasm 23. G-77 turdagi boshqariladigan drossel
Rasm 24. Zolotnikli boshqariluvchi drossel
Ish suyuqliklari
Gidrouzatmalarda ish suyuqlikligi orqali muhit sifatida o`zining asosiy vazifasini
bajaradi va shu bilan birga moylovchi modda hamdir. Ish suyuqligi asosan neft moyi sin-
tetik suyuqlikdir va h.k. bo`lishi mumkin. Gidrouzatmalarda qo`llaniladigan suyuqliklar
qovushqoqligi kam bo`lgan va yaxshi tozalangan neft moylaridir, lekin ular ham talabga
to`lik javob bera olmaydi. Shu sababli hozirgi kunda sintetik suyuqliklar va neft moylari
uchun ularning xossalarini yaxshilovchi o`shilmalarning yangi turlari yaratilgan. Uzatma-
ning uzoq ishlashiga suyuqlikning sifati katta rol o`ynaydi. Ish suyuqliklariga quyidagi ta-
lablar qo`yiladi:
1. Mexanizmlarda uzoq foydalanishi ularning beto`xtov va yuqori darajada aniqlik
bilan ishlashini ta'minlash uchun ish suyuqligi korroziyasini kamaytirish va kimyoviy
barqarorlik xususiyatlariga ega bo`lishi zarur.
2. Hjmiy uzatmadagi ish suyuqligining qovushqoqligi nisbatan kam va temperatu-
ra ta'sirida oz o`zgaradigan bo`lishi kerak. qovushqoqligi kam bo`lgan neft moylaridan
foydalanish ishqalanish qarshiligini kamaytiradi apparaturaning aniqligini va sezgirligini
oshiradi.
3. Ish suyuqliklari tig`izgichlarda mustahkam moy qatlami hosil qilishi kerak..
4. Ish suyuqliklari tig`izlash qistirmasining bukishiga va erishiga sabab bo`lmasligi
kerak va h.k
Eslatma yuqorida ko`rsatilgan talablarga javob bera oladigan neft moylarining xu-
susiyatlari ma'lumotnomalarda keltirilgan.
Filtrlar.
Bizga ma'lumki ishchi suyuqliklar ekspluatasiya jarayonida ma'lum darajada iflos-
lanadi bu esa gidrouzatmalarning normal ishlashiga to`sqinlik qiladi. Ish moylarini iflos-
lanishdan saqlash va turli aralashmalardan tozalash uchun filtrlar qo`llaniladi. Gidrouzat-
malarda asosan havo va moy filtrlari o`rnatiladi.
Havo filtri moyni atmosferadan chang tushishidan saqlaydi, moy filtri esa moyga
ish qismlarining sirtidan tushgan changsimon zarrachalardan tozalaydi. Moy filtri, odatda
sistemaning bosim chiziqida o`rnatiladi, chunki filtr so`rish chizig`iga quyilsa, gidravlik
bosimni oshirib yuboradi.
Ish suyuqligi tashqaridan tushgan aralashmalar (metall zarralar va moyning oksi-
dlanish mahsuli) bilan ifloslanishi mumkin.
Rasm. 25 Plastinkali soda filtr
Gidroakkumlyatorlar
Gidravlik sistemalarda bosim va suyuqlik sarfining ortib ketishi yoki kamayish hol-
lari bo`ladi. Bosim va sarfining normallashtirishi uchun gidroakkumlyatorlardan foydala-
niladi. Gidroakkumulyatorlarda, gidrotormozlarda, ko`targichlarda, presslar va boshqa
gidromashinalarda qo`llaniladi. Gidroakkumulyatorlar suyuqlik sarfi yoki bosim ortib
ketganda yuqori bosimli suyuqlikning bir qismini o`z ichiga olib, sistemada bosim va
sarfni kamaytirish, teskari holda o`zidagi suyuqlikni sistemaga berish yo`li bilan bosimni
va sarfini oshiradi.
Potensial energiyaning qaysi usul bilan to`planishi va qaytarib berilishiga qarab
pnevmatik, prujinali va yukli gidroakkumlyatorlarga bo`linadi. Rasmda pnevmatik gidro-
akkumlyatorning sxemasi berilgan.
Rasm. 26. Pnevmatik gidroakkumulyator
Shtuser 4 ning vazifasi gidrosistema bilan ulash uchun xizmat qiladi. Shtuser 5
gidroakkumulyatorni gaz bilan to`ldirish uchun xizmat qiladi. Shayba 3 ning vazifasi gaz-
ning rezina diafragmani korpusga bosib ezib qo`yishidan salaydi. Gidroakkumulyatorning
gidrouzatmadagi ish jarayonini ko`raylik. Gidrouzatmaning yaxshi ishlashi uchun gidro-
dvigatelning eng katta sarfiga mos nasos yoki gidroakkumulyator tanlash zarur. Agar na-
sosning so`rishi (sarfi) gidrosistema sarfidan ortqi bo`lsa, suyuqlik bosim ostida gidroak-
kumlyatorga to`planadi, agar sarf kamaysa, akkumlyator to`plagan suyuqligini sistemaga
qaytarib beradi. Gidroakkumulyatorni qo`llash nasos FIK ni oshirish, nasos hosil qilgan
bosim pulsasiyasini yo`qotib, gidrodvigatel tekis ishlashini ta'minlash uchun zarur. Gid-
roakkumlyator pnevmatik, yukli va prujinali bo`lishi mumkin. Eng ko`p taralgan gidroak-
kumlyator bu pnevmatik gidroakkumulyator hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: |